1. Bob. Muammoni o`rganishning ilmiy nazariy asoslari
Download 50.97 Kb.
|
Sitora kurs ishi
Og‘ir nutq nuqsoniga ega bo`lgan bolalarga mo`ljallangan maktablar
og'ir nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarga mo`ljallangan maktab normal eshitish va saqlangan intellektda vujudga kelgan alaliya, afaziya, rinolaliya, dizartriya, duduqlanish kabi nutq kamchiliklariga ega bo‘lgan bolalarga mo`ljallangan maxsus maktab muassasasi tipidir. Mazkur toifadagi bolalarda dasturni o‘zlashtirish , nutq shakllanishining muvaffaqiyatli bo'lishi tuzatuvchi ta ’sir ko'rsatishning o‘ziga xos sistemasi qo`llanadigan maxsus maktab sharoitidagina mumkin bo‘ladi. Defektologiya ilmiy tekshirish instituti logopediya sektorini bevosita ishtirokida 1954-yilda Leningradda birinchi maktab tashkil qilingan edi. Moskvada, 1956-yil zaif eshituvchilar maktabi qoshida agar formada nutqi rivojlanmagan bolalar uchun alohida sinflar tashkil qilindi. M aktab bazasida 1958-yil og‘ir nutq kamchiliklariga ega bo'lgan bolalar uchun o‘ziga xos rejimli maxsus maktab-internat ochildi. 1958-yildan keyin bunday maktablar boshqa shaharlarda vujudga keldi (Moskva (ikkinchi maktab), Leningrad Sverdlovsk). Dastlab bu maktablar ommaviy maktabning 4 sinfi hajmidagi ta’limni ta’minlar edi. 1961-yildan e’tiboran og‘ir nutq nuqsoniga ega bolalar uchun maxsus maktab-internatlar tarmog‘i keng rivojlana boshladi. Hozirgi vaqtda og‘ir nutq nuqsoniga ega bo`lgan bolalar uchun alohida maktab-internatlar mavjud. Bu muassasada umumta’lim maktabi vazifalari bilan birga maxsus vazifalar ham hal qilinadi: a) og‘zaki va yozma nutqdagi turli xil kamchiliklarni bartaraf etish; b) ular bilan bog‘liq psixik rivojlanishdagi o‘ziga xos kamchiliklarni o‘qish va o'qishdan tashqi tuzatish-tarbiyaviy ishlar jarayonida yo‘qotish; d) professional mehnat tayyorgarligini amalga oshirish. 1. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qonuniyatlari. Ma’lumki, bolaning nutqi til qonuniyatlariga to‘g‘ri amal qilish, kattalar nutqini idrok etish va o‘zining ijodiy faolligi natijasida rivojlanadi. Shunday qilib, til va nutq maktabgacha katta yoshdagi bolaning psixologik rivojlanishi hamda dastavval xotirasi, fikrlashi, idrok etishi, hissiyoti va ehtirosini ta’minlaydigan ikkita muhim vositadir. Birinchi qonuniyat: Ona tilidagi nutqni idrok etish qobiliyati bola nutq organlari muskullarining mashq qildirilishiga bog‘liq (shuning uchun ham so‘z, ibora va gaplarni talaffuz etishni takomillashtirish uchun nutq organlarini mashq qildirishga yetarli darajada e’tibor bermoq muhimdir). Ikkinchi qonuniyat: Nutq ma’nosini tushunish bola tomonidan nutqning leksik va grammatik qonuniyatlarining o‘zlashtirilishiga bog‘liq. Uchinchi qonuniyat: Nutq ifodaliligini o‘zlashtirish bolada fonetika, leksika va grammatikaning ifoda vositalarini tushunishga bo‘lgan moyillikka bog‘liq (maktabgacha katta yoshdagi bolalarni nutq ifodaliligini tushunishga o‘rgatish hamda bu hissiyotlarning bola tomonidan o‘zlashtirilishiga erishish lozim). To‘rtinchi qonuniyat: Nutqni boyitish, avvalo, nutq ko‘nikmalarini takomillashtirishga bog‘liq (agar oldingi yosh bosqichida maktabgacha katta yoshdagi bola nutqini shakllantirish muvaffaqiyatli bo‘lgan bo‘lsa, undan keyingi nutqni boyitish jarayoni hamda uni o‘zlashtirish oson va tez boradi. Bundan tashqari, tadqiqotchilar tomonidan nutqni boyitish jadalligi tilni his etish, bilish imkoniyatlari (sezish, xotira, idrok qilish, fikrlash), iroda kuchining rivojlanishiga ham bog‘liq. Download 50.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling