1. Bob. Muammoni o`rganishning ilmiy nazariy asoslari


Download 50.97 Kb.
bet7/10
Sana08.02.2023
Hajmi50.97 Kb.
#1176243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sitora kurs ishi

Beshinchi qonuniyat: Nutq me’yorlarini o‘zlashtirish tilni his
etishning rivojlanishiga bog‘liq.
Bolalarning nutqini o‘zlashtirishda tinish belgilarini qo‘llash
me’yorini, eslab qolish qobiliyatini shakllantirish muhim o‘rin tutadi.
Me’yorlangan nutqda ona tili unsurlarini an’anaviy qo‘llashda inson
hayotining asosan maktabgacha katta yoshdagi davri samarali bo‘lishi
ona tili metodikasi ilmida allaqachon o‘z isbotini topgan.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish bilan
bog‘liq bo‘lgan masalalar kompleksini hal etishda quyidagilar alohida hisobga olinadi:
1. Insondagi bilish instinkti, tug‘ma qiziquvchanlik nutq vositasida amalga oshiriladi.
2. Bola nutq ishtirokida olamni bilib boradi. Psixologlarning kuzatishicha, tevarak-atrof to‘g‘risidagi bilimlar nutq orqali o‘zlashtiriladi.
Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish nutqni rivojlantirishda keng imkoniyatlar tug‘diradi.
Shunga ko‘ra tarbiyachilar maktabgacha katta yoshdagi bolalarning nutqini to‘g‘ri yo‘naltirishni tevarak-atrof bilan tanishtirish orqali amalga oshiradi.
Bolalar nutqini rivojlantirish samaradorligiga erishish uchun ularning bilim darajasi, qiziqishi va shaxsiy qobiliyati xususiyatlarini hisobga olish muhimdir.
Shu narsa aniqlanganki, maktabgacha katta yoshdagi bolalarning barcha harakat va xulqini boshqarishda bosh miya faoliyatining roli ortib boradi. Ya’ni bolalar boshqalarning xatti-harakatlarini, atrofda kechayotgan voqea-hodisalarni bilishga va baholashga intiladilar.
Shunga ko‘ra maktabgacha yoshdagi bolalar bajaradigan faoliyat turlari ham xilma-xil va mazmunli bo‘lib boradi. Demak, bolalar faoliyatining sermahsul turlari nutq o‘stirishda katta rol o‘ynaydi. Bolalar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlar tizimi birgalikda uyushtiriladigan o‘yinlarda yuqori darajada shakllanadi. Ijtimoiy foydali mehnat va o‘qish kabi faoliyat turlari tobora
ko‘proq rol o‘ynay boshlaydi. Shu bilan birga, tengdoshlariga nima bilandir ko‘mak berish, ular uchun biron-bir foyda yetkazish maqsadida namoyon
bo‘ladigan mehnatning ijtimoiy motivlari yanada ahamiyatliroq, ya’ni
sezilarli bo‘lib qoladi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar o‘z xulqlarini yanada asosliroq boshqara boshlaydilar. Bolalar tarbiyachisi tomonidan ular oldiga qo‘yilgan vazifalar ma’nosini aniq biladilar, topshiriqlarni mustaqil va
nuqsonsiz bajarish uchun astoydil intiladilar. Bularning barchasi nutqni rivojlantirishning muhim shart-sharoitlari bo‘lib xizmat qiladi.
Ma’lumki, ta’limda biror-bir yutuqqa erishish tarbiyaga bog‘liq.
Shuning uchun ham maktabgacha yoshdagi bolalarning madaniy xulq odatlarini shakllantirishga muayyan darajada e’tibor berish lozim.
Ularda yaxshilik, kamtarlik, adolatlilik, vijdonlilik to‘g‘risidagi axloqiy tasavvurlarni tarkib toptirish kerak.Nutqni samaraliroq rivojlantirish
maqsadida bolalarning tevarak-atrof obyektlari (kishilarning hayoti va mehnati, hayvonlar, o‘simliklar olami, suv osti dunyosi) to‘g‘risidagi tasavvurlarini aniqlash va izchil, rejali tarzda kengaytira borish talab etiladi.
Nutqni rivojlantirishning samaradorligini oshirish rejasida nafaqat
tevarak-atrof obyektlari ustida oddiy kuzatishlar (mushohadalar)
uchun, balki ularni o‘rganish uchun ham sayrlar, sayohatlar o‘tkazish
muhimdir.
Shu o‘rinda tevarak-atrof obyektlarini o‘rganishda nimalarga erishish mumkinligini aniqlab olishimiz lozim bo‘ladi. Buning uchun, avvalo,
Nutq o‘stirishga oid tevarak-atrof manbalarining o‘zini guruhlashtirish taqozo etiladi.
Tevarak-atrofni o‘rganishda (tarbiyachilar yoki ota-onalar tomonidan)
bolalar shunchaki kuzatmasliklari, balki predmetlarni ularning qismlari, elementlarini ko‘rib, jarayonlar, hodisalarni idrok eta borib, ular to‘g‘risida mulohaza yuritishlari ham lozim. Bunga erishish uchun tarbiyachi oldiga qiyoslash, taqqoslash, ajratish, umumlashtirish, tahlil qilish va boshqa shu
kabi usullardan foydalanish vazifasi qo‘yiladi. Bundan tashqari, o‘rganish jarayonida) maktabgacha katta yoshdagi bolalarni mehnatning ular uchun qulay bo‘lgan turlari (ariqchalarni tozalash, daraxtlar tagini yumshatish, gullarni

Download 50.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling