1. davlat budjeti daromadlari va pul mablag'lari hisobining ahamiyat1 va vaz1falari


Naqd pullarni qabul qilish va berish hamda kassa


Download 57.68 Kb.
bet6/11
Sana05.01.2022
Hajmi57.68 Kb.
#206193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
pul mablag'lari

Naqd pullarni qabul qilish va berish hamda kassa

hujjatlarini rasmiylashtirish

Budjet tashkilotlari kassalari tomonidan naqd pulni bosh buxgalter

yoki u vakolat bergan shaxs imzo chekkan kirim kassa orderi b o 'y ich a

qabul qilinadi. Pul qabul qilinganligi to 'g 'risid a bosh buxgalter yoki u

vakolat bergan shaxs va kassir tomonidan imzolangan, kassim ing muhri

(shtampi) bilan tasdiqlangan yoki kassa apparatining izi tushirilgan

kvitansiya beriladi.

Budjet tashkilotining kassasidan naqd pulni boshqa tashkilotlar

ehtiyojlari uchun berish man etiladi. Budjet tashkilotlarining kassalaridan

naqd pul chiqim kassa orderlari yoki tegishli ravishda rasmiylashtirilgan

boshqa hujjatlar (to 'lo v qaydnomasi, pul berish to 'g 'risid ag i arizalar,

schyotlar va boshqalar) b o 'yicha bu hujjatlarga chiqim kassa orderining

rekvizitlari tushirilgan to'rtburchak muhri bosilib beriladi. Pul berish

uchun rasmiylashtiriladigan hujjatlarga budjet tashkilotining rahbari

va bosh buxgalteri yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan imzo

chekilgan b o 'lish i kerak.

Chiqim kassa orderlariga ilova qilinadigan hujjatlar, arizalar,

to'lovnom alar va boshqalarda budjet tashkiloti rahbarining ruxsat

benivchi yozuvi b o ‘lsa, chiqim kassa orderlariga rahbar imzo chekishi

shart bo'lm aydi.

Budjet tashkilotlariga xizmat k o ‘rsatadigan markazlashtirilgan

buxgalteriyalarda beriladigan ish haqining umumiy summasiga bitta

chiqim kassa orderi tuziladi, uning sanasi va tartib raqami har bir to 'lo v

(hisob-kitob-to‘lov) vedomostiga yozib chiqiladi.

Alohida shaxsga chiqim kassa orderi yoki uning o ‘miga o'tad ig an

boshqa hujjat b o 'y ich a pul berilayotgan vaqtda kassir pul oluvchining

shaxsini tasdiqlovchi hujjat(pasport, fuqaroligi bo'lm agan shaxslam ing

yashash guvohnomalari, harbiy bilet yoki harbiy qismlar yoxud harbiy

muassasalar tomonidan beriladigan shaxsini tasdiqlovchi hujjat)ni talab

qiladi, bu hujjatning nomi va tartib raqami, kim tomonidan va qachon

berilganligini yozib qo'yadi hamda pul oluvchidan tilxat oladi. Agar

chiqim kassa orderi yoki uning o 'm ig a o 'tad ig an hujjat bir necha kishiga

pul berish uchun tuzilgan bo'lsa, bu holda ham pul oluvchilar o 'z

shaxslarini tasdiqlovchi hujjatlarini k o 'rsatad ilar va to 'lo v hujjatlarining

tegishli ustuniga imzo chekadilar.

Budjet tashkilotida pul berish mazkur tashkilot tomonidan berilgan

guvohnoma b o 'y ich a uning egasi fotosurati va shaxsiy imzosi mavjud

b o 'lg an taqdirda amalga oshirilishi mumkin.

Pul olinganligi to 'g 'risid ag i tilxat faqat oluvchi dastxati bilan siyoh

yoki sharikli m chkaning pastasida olingan s u m m a : ____ so 'm (so 'zlar

bilan) ____ tiyin (raqamlar bilan) ko 'rsatilg an holdagina yozilishi

mumkin. Pul vedomost bo'yicha olinayotgan vaqtda summa so 'zlar

bilan yozilmaydi.

Budjet tashkilotida ro 'y x at tarkibiga kirmagan shaxslarga pul har

bir shaxsga alohida yoziladigan chiqim kassa orderi yoki tuzilgan

shartnomalarga asosan alohida vedomost b o 'y ich a beriladi.

K assir pullami chiqim kassa orderi yoki uning o 'm ig a o'tad ig an

boshqa hujjatda ko'rsatilgan shaxsgagina beradi. Agar pul belgilangan

tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma b o 'y ich a berilayotgan b o 'lsa,

order matnida pul oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismidan

keyin pul olishiga ishonchnoma berilgan shaxsning familiyasi, ismi va

otasining ismi buxgalteriya tomonidan yoziladi. Pul vedomost b o ‘yicha

berilayotgan b o ‘lsa, pul olinganligi haqidagi imzodan oldin kassir

«Ishonchnoma b o ‘yicha» deb yozib q o ‘yadi. Bu ishonchnoma kassirda

qoladi va chiqim orderi yoki vedomostga biriktirib q o ‘yiladi.

Mehnat haqi to ‘lash, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik b o 'y ich a

nafaqalar, stipendiya, pensiya va mukofotlar to ‘lash kassirlar tomonidan

to 'lo v (hisob-kitob-to‘lov) vedomostlari bo 'y ich a har bir oluvchiga

chiqim kassa orderi tuzilmasdan amalga oshiriladi. T o 'lo v (hisob-kitob-

to'lov) vedomostining titul varag'ida pul berishga ruxsat etilganligi

to 'g 'risid a yozuv, pulni tarqatish muddati hamda summasi yozuvda

ko'rsatilib, budjet tashkilotining rahbari va bosh buxgalteri yoki ular

vakolat bergan shaxslaming imzosi qo'yiladi.

Xodim m ehnat ta ’tiliga ketayotgan vaqtda, kasal bo'lganida va

boshqa hollarda ish haqi to'lash uchun bir marta pul berish, shuningdek

deponentga o'tkazilgan summalami va xizmat safari bilan bo g 'liq

xarajatlami keyin hisob berish sharti bilan bir necha shaxslarga berish

ham shunday tartibda rasmiylashtirilishi mumkin.

Alohida shaxslarga ish haqi to 'lash uchun bir marta pul berish, odatda,

chiqim kassa orderlari bo 'y ich a amalga oshiriladi. Mehnat haqi to'lash,

vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari, stipendiya, pensiya va

mukofotlami berish uchun belgilangan muddat tugaganda kassir:

1. Ish haqi, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari, pensiya va

mukofotlami olmagan shaxslaming familiyalari qarshisiga «Deponent

qilindi» degan to 'rtburchak muhr bosishi yoki q o 'ld a yozib qo'yishi;

2. Deponent qilingan summalar reestrini tuzishi;

3. Vedomost oxirida ish haqi to'lash, vaqtincha mehnatga qobiliyat­

sizlik nafaqalari, pensiya va mukofotlar uchun haqiqatda to'langan summa

bilan olinmagan hamda deponent qilingan summa miqdorini yozib qo'yishi,

bu summalami to'lov vedomosti bo'yicha umumiy yakun bilan solishtirishi

va o 'z imzosi bilan tasdiqlashi kerak bo'ladi. Agar pul kassir o'm iga boshqa

shaxs tomonidan berilsa, vedomostda: «Pulni vedomost bo'yicha ..........

(imzo) berdi» degan qo'shimcha yozuv qayd etiladi. Pulning bir vedomost

bo'yicha kassir va tarqatuvchi tomonidan berilishi man etiladi;

4. Kassa daftariga haqiqatda to'langan summani yozishi va vedomostga «Chiqim kassa orderi № ____ » degan to'rtburchak muhrini

bosishi lozim.

Buxgalteriya to'lov vedomostlarida kassirlar tomonidan qayd etilgan

yozuvlami tekshiradi hamda ular bo'yicha berilgan va deponent qilingan

summalami hisoblab chiqadi.

Deponent qilingan summalar bank muassasalariga topshiriladi va

topshirilgan summalarga bitta umumiy chiqim kassa orderi tuziladi.

Kirim kassa orderlari va ulaming kvitansiyalari, shuningdek, chiqim

kassa orderlari va ulaming o'mini bosadigan hujjatlar buxgalteriya

xizmati tomonidan siyoh yoki sharikli ruchka pastasi bilan aniq va ravon

yozilib to'ldirilishi yoki yozuv mashinkasi, hisoblash mashinkasida

bosmalanishi kerak. Bu hujjatlarda ustidan o'chirib yozishga, tuzatishlar

kiritishga, izohlari bo'lgan holda ham yo'l qo'yilmaydi.

Kirim va chiqim kassa orderlarida ulami tuzish uchun asos bo'lgan

sabab ko'rsatiladi hamda ularga ilova qilingan hujjatlar ko'rsatib

o'tiladi.

Kirim va chiqim kassa orderlari yoki ulaming o'm ini bosadigan

hujjatlami pul topshirayotgan yoki pul olayotgan shaxslarga berish

taqiqlanadi.

Pulni kassa orderlari bo'yicha qabul qilish va topshirish faqat ular

tuzilgan kuni amalga oshirilishi mumkin.

Kirim va chiqim kassa orderlari yoki ulaming o'm ini bosadigan

hujjatlami olish vaqtida kassir:

1. Hujjatlarda bosh buxgalterning imzosi borligi va uning haqiqiy- ligini, chiqim kassa orderi yoki uning o'mini bosadigan hujjatda esa-b u d jet tashkilotining rahbari yoki u vakolat bergan shaxslaming ruxsat berganligi haqidagi imzosi mavjudligini;

2. Hujjatlaming to 'g 'ri rasmiylashtirilganligini;

3. Hujjatlarda ko'rsatib o'tilgan ilovalaming mavjudligini tekshirishi kerak.

Bu talablaming birortasiga rioya qilinmaganligi taqdirda, kassir

hujjatlami tegishli ravishda rasmiylashtirish uchun buxgalteriyaga

qaytaradi. Kirim va chiqim kassa orderlari yoki ulaming o ‘mini bosadigan

hujjatlar, ular asosida pul olingani yoki pul berilganidan keyin, darhol

kassir tomonidan imzolanadi, unga ilova qilingan hujjatlar ustiga esa,

«To‘landi» degan to'rtburchak muhr bosilib yoki shunday yozuv qayd

etilib, sanasi (yil, kun va oy) ko'rsatiladi.

Kirim va chiqim kassa orderlari yoki ulaming o'mini bosadigan

hujjatlar kassaga topshirilguniga qadar buxgalteriya tomonidan kirim

va chiqim kassa hujjatlarini qayd etish jumalida (KO-3a-shakl)

ro'yxatga olinadi. Ish haqini to'lashga doir to'lov (hisob-kitob-to'lov)

vedomostlariga rasmiylashtirilgan chiqim kassa orderlari u berilganidan

keyin ro'yxatga olinadi.


Download 57.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling