1. Elektr ta’minoti fani to‘g‘risida


Download 155 Kb.
bet12/16
Sana19.04.2023
Hajmi155 Kb.
#1365116
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
javob

18. Elektr apparatlar
Elektr apparatlar — turli qurilmalar, mashinalar, mexanizmlar va boshqalarning elektr va noelektr parametrlarini oʻzgartirish, rostlash, oʻlchash, nazorat qilish hamda ularni ortiqcha kuchlanishlardan himoya qilish uchun moʻljallangan elektr qurilmalar. Vazifasiga koʻra, kommutatsion, ishga tushiruvchirostlovchi, rostlovchi, cheklovchi, oʻlchovchi, nazorat qiluvchi turlarga boʻlinadi. Ishi qanday fizik hodisaga asoslanganligiga qarab, Elektr apparatlarni elektromagnit, issiqlik, induksion va boshqalar turlarga ham boʻlish mumkin. Baʼzan, bir apparatning ishi bir necha fizik hodisalarga asoslangan boʻladi. Avtomatik va noavtomatik Elektr apparatlar ham farqlanadi. Elektr apparatlar jumlasiga boshqarish knopkalari, rubilniklar, ajratkichlar, viklyuchatellar (kommutatsion Elektr apparatlar), kontaktorlar, kontrollyorlar, magnitli ishga tushirgichlar, reostatlar va boshqalar (ishga tushiruvchirostlovchi Elektr apparatlar), rostlagichlar, stabilizatorlar va boshqalar (rostlovchi Elektr apparatlar), elektr reaktorlar, eruvchan saqlagichlar, razryadniklar va boshqalar (cheklovchi Elektr apparatlar), tok transformatorlari, kuchlanish transformatorlari (oʻlchovchi Elektr apparatlar) va boshqalar qurilmalar kiradi. Elektr apparatlar elektr tarmoqlarini himoya qilish tizimlarida, ishlab chiqarish jarayonlarida qoʻllaniladigan ishga tushirishrostlash qurilmalarida, transport vositalarida, avtomatika va telemexanika tizimlarida, aloqa, radio va televideniye tarmoqlari va boshqalar koʻp sohalarda ishlatiladi.

19. Kommutatsion qurilmalar
KOMMUTATSION APPARATLAR..Vazifasiga ko‘ra elektr apparatlar elektr qurilmalarni elektr tarmog‘iga ulash va o‘chirish, ishga tushirish, rejimlarini rostlash va nazorat qilish hamda ba’zi elektr ko‘rsatkichlari qiymatini cheklash kabi vazifalarni bajaradi. Past kuchlanishli, ya’ni kuchlanish qiymati 1000 Vgacha bo‘lgan elektr apparatlar turli dastgohlar, elektr texnologik qurilmalar va xilma-xil ishlab chiqaruvchi mashina va mexanizmlarning elektr zanjirlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri korxonaning ichki elektr tarmog‘iga ulab ishga tushirish, ish rejimlarini rostlash va nazorat qilish kabi vazifalarni bajaradiRele kommutatsiya qurilmasi bo‘lib, boshqarilayotgan zanjirlarning holatini berilgan elektr ta’sir qiluvchi kattaliklar (kuchlanish, tok, chastota va h. k.) ta’sirida notekis o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Qisqa tutashtirgich elektr zanjirlarida sun’iy qisqa tutashuvni yuzaga keltirish uchun xizmat qiladi. Saqlagich o‘zi himoyalayotgan elektr zanjirini, undan o‘tayotgankatta miqdordagi tokdan himoyalash maqsadida tarmoqdan uzib qo‘yadi. Buning uchun unda maxsus tok o‘tkazuvchi qismlar ko‘zda tutilgan bo‘lib, zanjirdagi tokning qiymati ruxsat etilgan qiymatidan oshib ketganida bu qismlar erib ketadi va natijada zanjirda tok uziladi.

Download 155 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling