1. Entomologiya fànining rivîjlànish tàrixi
Download 36.33 Kb.
|
Wippi o\'simlik (1)
25Biologik preparatlar, biopreparatlar — qishloq xoʻjaligida hayvonlarning yuqumli va invazion kasalliklariga diagnoz qoʻyish, kasalliklarning oldini olish, davolash, mahsuldorligini oshirishda, shuningdek oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish, tuproqunumdorligini oshirishda qoʻllaniladigan biologik vositalar. Veterinariyada Biologik preparatlar ning quyidagi turlari mavjud: davolash uchun (maxsus giperimmunli zardoblar, gammaglobulinlar); kasalliklarning oldini olish uchun (vaksinalar, anatoksinlar); diagnostika uchun (allergenlar, antigenlar, diagnostik zardoblar, bakteriofaglar), stimulyatorlar (hayvonlar qon zardobi, boʻgʻoz biyalar qon zardobi, V12 vitamini va boshqalar Biologik preparatlar ekinlarini va daraxtzorlarni zararkunanda hasharotlar va kasalliklardan himoya qilishda spora hosil qiluvchi entomopatogen bakteriyalar (dendrobatsillin, entobakterin, dipel va boshqalar) asosida tayyorlangan bakterial preparatlar qoʻllaniladi. Dalalar, pichanzorlar, bogʻlarni, omborlarni kemiruvchilar (sichqon, kalamush va boshqalar)dan himoya qilishda bakterodensidlar ishlab chiqariladi. Tuproq unumdorligini oshirishda nitragin va boshqalardan foydalaniladi
26.. Defoliatsiya — hosilni mashinalar yordamida yigʻib-terib olishni osonlashtirish uchun oʻsimlik barglarini sunʼiy ravishda toʻktirish. D. uchun kimyoviy moddalar — defolianshlarlan foydalaniladi, ular oʻsimliklar barglarida qarish yoki tabiiy toʻkilish yuz beradigan jarayonlarga oʻxshash hodisalarni sodir etadi. Bu jarayonda barglarda xlorofill miqdori kamayadi, fotosintez keskin susayadi, organik moddalar hosil boʻlish jarayoni buziladi, suv bugʻlanishi kuchayadi, oqsil va b. birikmalar parchalanishidan hosil boʻladigan mahsulotlar koʻpayadi. Bu birikmalar barg plastinkasi orqali oqib, barg bandi ajratuvchi qavati xoʻjayralarining yakkalanib qolishiga olib keladi va barg oʻz ogʻirligi taʼsirida toʻkiladi. Barglar kimyoviy preparatlar yordamida toʻkilsa, ekin qator oralaridan shamol oʻtishi yaxshilanadi, havoning nisbiy namligi kamayadi. D.dan soʻng barglar uzogi bilan 10—12 kunda qurib toʻkiladi. D. (terimga kadar 20 sutka oldin) gʻoʻza, manzarali va mevali daraxtlar, vino olishga moʻljallangan tokzor (terimga qadar 20 sutka oldin), urugʻlik lyupin, evkomiya va b.ni D. qilish yaxshi natija beradi. Gʻoʻzani D. qilish oʻsimlik ochilgan koʻsaklar soniga qarab utkaziladi (55—60% kusaklar ochilgan bulishi kerak). Barvaqt yoki kechikib qilingan D. (kusaklar pishmasdan yoki ochilmasdan) natijasida toʻla shakllanmagan koʻsaklarga oziq moddalar yetib bormaydi, ular qurib, toʻkilib ketadi, natijada paxta hosili kamayadi, tola hamda urugʻlik chigit sifati yomonlashadi. Ayniqsa, havoning oʻrtacha sutkalik harorati 15°va undan past, kechikkan D. da barglar toʻliq toʻkilmaydi. Dori purkash normasi gʻoʻzaning turi, navi, boʻyi, hosil shoxlari soni, ularning qay darajada rivojlanganligi, koʻchat qalinligi, ishlov berish muddatlari, kuzning kelishi, xullas, barcha shartsharoitlar hisobga olingan holda aniq belgilanishi ke-rak. Bunda har bir gʻoʻza paykali uchun alohida-alohida normalar va muddatlar belgilanadi. Desikatsiya (de... va lot. siccum - quruq, quritish, suvini qochirish) — ekinlarni oʻsib turgan joyida dorilab quritish. D. hosil yetilishini tezlashtirib, yigʻim-terim ishlarini barvaqt tugallash maqsadida oʻtkaziladi. D. qilinganda oʻsimlikning hayoti butunlay toʻxtaydi, uning oʻsuv organlari, jumladan pishib yetilmagan me-valari ham tezda kurib qoladi. D. hosilni mashinalarda terishni osonlashtiradi. Qand lavlagi maydonlarida hosil terimidan 10, gʻoʻzada 15—20, tokzorlarda 20 kun ilgari oʻtkaziladi. Oʻzbekistan sharoitida, asosan, gʻoʻza, shuningdek, kartoshka, don-dukkakli va moyli ekinlar D. qilinadi. D. qilish muddatli ob-havoga, gʻoʻzada koʻsaklarning yetilishi hamda ochilish darajasiga qarab belgilanadi. Mas, respublikaning markaziy va shimoliy rayonlarida koʻsaklarning 60—65%, janubiy rayonlarida esa 70—75% ochilganda, dastlabki mashina terimidan keyin D. qilinadi. D.da kimyoviy preparatlar (desikantlar) eritmasi oʻsimlikka maxsus texnika (traktor va moslamalar) bilan purkaladi. Download 36.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling