1. Enzimologiya fanining rivojlanish tarixini va bosqichlarini yozing
Ingibitorlarning ishlatilishi va ahamiyatini yozing
Download 1.75 Mb.
|
Enzimologiyadan yakuniy nazorat ishi javoblari
29. Ingibitorlarning ishlatilishi va ahamiyatini yozing.
Reaksiya tezligini pasaytiruvchi moddalarga fermentlar ingibitorlari deb ataladi. Oqsil denaturatsiyasini vujudga keltiruvchi moddalar va omillar (qizdirish, kislota, ishqor, og‘ir metall tuzlari va boshqalar) fermentlarni ingibirlaydi. Qaytar va qaytmas ingibirlanish tafovut etiladi. Qaytar ingibirlanishda reaksiya tezligining pasayishi ingibitor va ferment o‘rtasidagi reaksiya tezligini qaytar pasayishi hisobiga boradi: E+I ↔ EI Fermentlarning qaytmas ingibirlanishi mustahkam ferment va ingibitor ta’sirida birikma hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi: E+ I → I EI Kompleksining hosil bo‘lishi kataliz jarayonida ishtirok etuvchi ferment funksional guruhlari bilan kovalent bog‘ hosil bo‘lishi hisobiga boradi. Ta’sir mexanizmiga ko‘ra qaytar ingibirlanish quyidagicha bo‘linadi: 1) raqobatli; 2) raqobatsiz; 3) raqobat qilmaydigan; 4) substrat; 5) allosterik. Raqobatli ingibirlanishda ingibitor fermentning substrat bilan birikadigan funksional guruhlari bilan birikadi. Raqobatli ingibitorlar odatda substrat bilan tuzilishi jihatidan o‘xshaydilar. Klassik misol bo‘lib SDGning malonat kislotasi bilan ingibirlanishi hisoblanadi, u qahrabo kislota bilan struktura jihatidan o‘xshashdir; akonitaza ftorlimon kislota bilan ingibirlanadi. Raqobatli ingibitor bilan substratning o‘xshashligi natijasida bunday ingibirlanish izosterik ingibirlanish deb ham ataladi. Raqobatsiz ingibirlanishda ingibitor ferment bilan funksional bo‘lmagan guruhlar orqali bog‘lanadi. Raqobatsiz ingibirlanishga sianid kislota, kimyoviy birikmalar, natriy ftorid, natriy azid va boshqalar ta’siri misol bo‘la oladi. Ular ferment katalitik markaziga kiruvchi SHguruhlarni bog‘lab oladi. Raqobatsiz ingibitor ta’sirini substrat miqdorini ko‘paytirib bartaraf qilish mumkin emas. Ingibitorga bog‘lovchi moddalar bilan ta’sir etish mumkin. Bunday moddalar reaktivatorlar deb yuritiladilar. Raqobat qilmaydigan ingibirlanish deb, fermentsubstrat kompleksiga ingibitorning birikishi bilan boradigan fermentativ reaksiyaning pasayishiga aytiladi. Raqobat qilmaydigan ingibitor ferment bilan substratsiz muhitda birikmaydi. Ayni vaqtda, ingibitor substratning ferment bilan bog‘lanishini yengillashtiradi, keyin esa o‘zi ferment-substrat kompleksi bilan birikib, ferment faolligini ingibirlaydi. Bu ingibirlanishning kam uchraydigan turidir. E+ S → ES +I →ESI Substrat ingibirlanish deb fermentativ reaksiyani substrat miqdori ko‘p bo‘lgan vaqtda pasayishiga aytiladi. Bunday ingibirlanish katalitik o‘zgarishga uchray olmaydigan ferment-substrat kompleksining hosil bo‘lishi bilan sodir bo‘ladi. Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling