1. Enzimologiya fanining rivojlanish tarixini va bosqichlarini yozing


Download 1.75 Mb.
bet33/36
Sana06.05.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1433617
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
Enzimologiyadan yakuniy nazorat ishi javoblari

Ishning borishi. Zamburug’ mitseliylari massasini olish uchun pix
boylagan narsadan bir parchasini Chapek muhitiga joylashtiriladi (yoki
Asperguillus niger) zamburug’ mitseliyinning toza kulturasidan
foydalaniladi. 5-6 kundan so’ng muhitning ustida qo’ziqorinning kuchli
qavati rivojlanadi va bundan amilaza ajratib olinadi.
Zamburug’ mitseliylaridan amilaza preparatini olish
Zamburug’ mitseliylari massasini muhitdan filtrlab olinadi, shishaning
ustiga kichchik parchalar bilan joylashtiriladi va 370 C haroratda quritiladi.
Quritilgan massani farfor havonchada kvars qumning 3 marotaba ko’proq
miqdorda yangilanadi. Olingan yupqa bir miyordagi kukun amilaza olish
uchun mo’ljallangan.
Zamburug’ mitseliylaridan amilazaning ta’sirini aniqlash
Zamburug’ mitseliylaridan olingan preparatning 2 g ni 370 C isitilgan
suvning 50 ml bilan qo’shiladi, 5 daqiqa aralashtiriladi va bu haroratda 2
soat to’yinadi. Kata silkitilgandan so’ng qattiq qoldiq filtrlanadi. Filtratda
qo’ziqorin amilazalar kompleksi bor. Probrkaga olingan filtaratni 5 ml
qo’yiladi, 10 ml 1% kraxmal qo’shiladi va tez silkitiladi. Tez probirkadagi
suyuqlikning bir tomchisini (shisha tayoqcha yordamida) fafor plastinka
ustida yodid kaliy eritmasida tayyorlangan yod eritmasini 1-2 tomchisi bilan
aralashtiriladi. Proba (namuna) - to’q ko’k rang hosil qiladi. Probirkani 400
C gacha qizdirilgan suv hammomiga joylashtiriladi. Har 2 daqiqadan so’ng
probirkada proba (namuna) olinib turadi. Kraxmal parchalanishi bilan yodli
probalar har xil rangda bo’ladi; ko’k siyoh rang, qizil va nihoyasida sariq
rang, chunki har xil murakkab darajadagi dekstirinlar hosil bo’ladi.
Amilaza kompleksi fermentlari kraxmal gidrolizini tezlashtiriladi, bu
jarayonda xilma-xil oraliq va oxirgi maxsulotlar paydo bo’ladi. Qo’ziqorin
amilaza preparatida asosan α-amilazadan tashkil topgan. Kraxmal
gidrolizining darajasi haqidagi tasavvurni yod bilan kraxmal va dekstrinlarni
rangi o’zgarishi bilan ifodalanadi. Kraxmaldagi amilaza yod bilan ko’k rang
beradi, amilodekstirinlar (molekulyar og’irligi taxminan ~ 10000) –ko’k
siyoh rang; eritrodekstrinlar (molekulyar og’irligi taxminan 4000 dan to
6000)-qizil g’isht rang; arxodekstrinlar (molekulyar og’irligi taxminan
3700)- deyarli rang bo’lmaydi va oxirida maltodekstirinlar (molekulyar
og’irligi taxminan 1000)-yod bilan umuman rang hosil qilmaydi.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling