1. Fanning maqsadi, vazifalari va predmeti
Fridmenning pullarni tartibga solish taklifini yoritib bering
Download 130.4 Kb.
|
pul va banklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 48. Pul tizimining turlari va ularning evolyusiyasi.
47. Fridmenning pullarni tartibga solish taklifini yoritib bering.
Pullarni monetaristlar takror ishlab chiqarishning hal qiluvchi omilli sifatida ko‘rib chiqishadi, shuning uchun davlatning pul- kredit sohasini noto‘g‘ri tartibga solishi, ularning fikricha, iqtisodiy tanazzulni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday tanazzulning oldini olish uchun, birinchidan, pul massasining o‘sishi sur’atlarini yiliga 3-4% gacha pasaytirish zarur (bu AQSh milliy daromadining o‘rtacha o‘sish sur’atlariga to‘g‘ri keladi). Shunisi xarakterliki, bunday sur’atlar iqtisodiy konyunkturaning joriy holatidan qat’iy nazar, tavsiya etiladi, chunki, monetaristlarning fikricha, qabul qilingan qarorlarning ta’siri jiddiy kechikadi va ularning boshlang‘ich maqsadiga putur yetkazadi. Ikkinchidan, davlatning iqtisodiy funksiyalarini cheklash: davlat sektori miqdorlarini kamaytirish, davlat xarajatlarini, shu jumladan, ijtimoiy ehtiyojlarga xarajatlarni qisqartirish kerak (bu yirik biznesning manfaatlariga obyektiv xizmat qiladi). 48. Pul tizimining turlari va ularning evolyusiyasi. Pul tizimi pul muomalasini tashkil etishning tarixiy jihatdan qaror topgan va qonun bilan mustahkamlab qo‘yilgan shaklidir. Boshqacha aytganda, bu pul muomalasining aniq bir mamlakatda muayyan vaqt ichida qo‘llaniladigan qoidalari va normalari majmuidir. Milliy valuta tizimi pul tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Pul mablag‘lari iqtisodiyotda amal qiladigan shaklga qarab pul mablag‘larining ikki turi: metall pullar muomalasi tizimi va pul belgilari muomalasi tizimi farqlanadi. Metall pullar muomalasi tizimlari pullik tovar (oltin va kumush) bevosita muomalada bo‘lgan sharoitda amal qilgan. Bunda mazkur metall pullarning barcha funksiyalarini bajargan, mavjud kredit pullar esa metallga erkin almashtirilgan. Metall pul belgilarining muomalasi tizimida bimetallizm davri va monometallizm davrlari farqlanadi. Bunday holda bimetallizm iqtisodiy jarayonlarda ikkita asl metallarning bir vaqtda foydalanishi bilan tavsiflanadi, monometallizm esa umumiy ekvivalent sifatida bir metallga o‘tishni anglatadi. Bunda bimetallizm holatida quyidagicha xillar ajratib ko‘rsatiladi: 1) parallel valuta tizimi – oltin bilan kumush o‘rtasidagi o‘zaro nisbat bozorda stixiyali ravishda belgilanadi; 2) qo‘shaloq valuta tizimi – ikki metall o‘rtasidagi o‘zaro nisbat davlat tomonidan ushbu metallarga bo‘lgan talabga, shuningdek, ushbu davlatdagi iqtisodiy va siyosiy vaziyatga qarab belgilanadi; 3) nuqsonli valuta tizimi – metallar iqtisodiy tizimda mavjud bo‘ladiyu, lekin teng huquqlarga ega bo‘lmaydi. Odatda, davlat kumush valutaning zarb qilinishi va foydalanishiga cheklashlar kiritadi. Faqat bir metallning amal qilishi tizimi sifatidagi monometallizmda ham ayrim o‘zgarishlar yuz berdi: 1) oltin tangali standart – to‘laqonli oltin valutaning amal qilishi, unda tovarlarning qiymati ham ushbu valuta bilan hisoblanadi; 2) oltin yombili standart – oltin muomalada bo‘lmaydi, lekin unga katta miqdorlardagi (yombi miqdorida) almashinish amalga oshiriladi; 3) oltin valutali (oltin devizli) standart – pullarning almashinishi faqat oltin yombili standartli mamlakatlarning valutalariga amalga oshiriladi. Download 130.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling