1. Fanning maqsadi, vazifalari va predmeti
Pul aylanishi haqida tushuncha bering
Download 130.4 Kb.
|
pul va banklar
49. Pul aylanishi haqida tushuncha bering.
Takror 50. Pul aylanishining asosiy shakllari? Takror 51. Pul aylanish strukturasini tahlil qilib borishdan maqsad nima? Takror 52. Naqd pullar harakati qayerdan boshlanadi va qanday harakatlanadi? Naqd pul aylanmasi muomalaga 2 kanal orqali chiqadi: 1) Markaziy Bankning zaxira vakillik tizimi orqali (Tijorat banklarining buyurtmalari asosida). Tijorat banklarida naqd pulga bo‘lgan qo‘shimcha talab yuzaga kelganda ular bu talabni qondirish uchun markaziy bankga naqd pul olish uchun buyurtma beradilar. Markaziy Bank buyurtma qilingan naqd pulni emissiya qiladi va uni inkassatsiya xizmati orqali tijorat banklariga yetkazadi. Emissiya qilingan summaga Markaziy Bank balansining passiv qismidagi “Majburiyatlar moddasi” ko‘payadi. Tijorat bankining Markaziy Bankning balansida ochilgan “Vostro” vakillik hisob raqamining qoldig‘i ana shu summaga kamayadi. 2) Davlat budjeti xarajatlarini moliyalashtirishda. Markaziy Banklarning tuman va shahar filiallari bo‘lmaydi, shu sababli ular davlat budjetining kassa ijrosini amalga oshirish maqsadida tijorat banklarining xizmatlaridan foydalanishga majbur bo‘ladilar. Moliya vazirligi budjet tashkilotlari xarajatlarini naqd pulsiz shaklda moliyalashtrib beradi. Moliyalashtrilgan summaning naqd pul ta’minoti Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. Markaziy Bank inkassatsiya xizmati orqali naqd pulni tijorat banklariga yetkazib beradi. Yetkazib berilgan naqd pulning naqd pulsiz ekvivalienti tijorat bankining hisob raqamidan yechib olinadi. Markaziy Banklar naqd pulni emissiya qilishda monopol mavqeiga ega. Ikkinchi tomondan ayrim davlatlar o‘zining milliy valutasiga ega emas. Shu sababli bu davlatlarning Markaziy banklari emissiya vazifasini bajara olmaydi. Salvador, Ekuador va Sharqiy Temorda to‘lov vositasini AQSh dollari bajaradi. Andora, Vatikan va Marakada milliy valuta vazifasini yevro bajaradi. Shimoliy Kiprda esa milliy to‘lov vositasini Turkiya lirasi bajaradi. Pul aylanmasining tarkibi quyidagi qismlardan tashkil topadi: 1. Markaziy Bank va tijorat banklari o‘rtasidagi naqd pul aylanmasi. 2. Tijorat banklari o‘rtasidagi naqd pul aylanmasi 3. Banklar va ularning mijozlari o‘rtasidagi naqd pul aylanmasi. (barcha naqd pul ko‘rinishidagi pullarini tijorat banklariga topshirishlari shart. Tijorat banklari o‘z mijozlariga naqd pul puldagi xarajatlarini moliyalashtrish uchun naqd pullar beradi: (Ish haqi, mukofot, mehnat ta’tili pullari va boshqalar.) 4. Tashkilotlar bilan tashkilotlar o‘rtasidagi naqd pul aylanmasi. 5. Tashkilotlar va ularning xodimlari o‘rtasidagi naqd pul aylanmasi. 6. Fuqarolar o‘rtasidagi naqd pul aylanmasi. Download 130.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling