1. Fanning maqsadi, vazifalari va predmeti
Inflyasiya, uning mazmuni, kelib chiqish sabablari va shakllari
Download 130.4 Kb.
|
pul va banklar
53. Inflyasiya, uning mazmuni, kelib chiqish sabablari va shakllari
Inflatsiya XVIII asrning o‘rtalarida muomalaga ta’minlanmagan juda ko‘p miqdorda pul chiqarishi natijasida pul tizimidagi inqiroz holat asosida yuzaga chiqqan. Inflatsiya (lotincha “inflation” so‘zidan olingan va shishish, ko‘pchish, ko‘tarilish ma’nosini anglatadi) o‘z mohiyatiga asosan pulning qadrsizlanishi, tovar va xizmatlarga bo‘lgan baholarning muntazam ravishda oshib borishi jarayonini anglatadi. Shuni ta’kidlash lozimki, rivojlangan mamlakatlar tajribasi inflatsiya nisbatan me’yor darajasidagi pul massasi holatida ham yuzaga chiqishi mumkin. Hozirgi zamon inflatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan baholarni muntazam o‘sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya hamda kredit sohasidagi salbiy omillar bilan tasniflanadi. Inflatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo‘lib iqtisodiyot tarmoqlari, jamg‘arma va iste’mol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xo‘jaliklarning pul massasi va unga bo‘lgan talabi o‘rtasidagi mutanosiblik hamda Markaziy bankning kredit ekspansiya hisoblanadi. Ushbu ta’kidlab o‘tgan omillar o‘z mohiyatiga asosan inflatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta’sir etishi mumkin. Xalqaro amaliyotda iqtisodchi olimlar inflatsiyaning yuzaga chiqadigan omillarini asosan ikki guruhga: ichki va tashqi omillarga ajratadilar. Biz ushbu omillarning mohiyatini yoritishga harakat qilamiz. Ichki omillarni mohiyatiga asosan pullik (monetar) va pulsiz omillarga ajratish mumkin. Pullik omillarga davlat moliyasining inqirozi, budjetning taqchilligini mavjudligi, davlat qarzdorligini ortishi, pul emissiyasi, kredit dastaklarining aylanishini ko‘payishi, pul aylanmasining tezligi va boshqalar kiradi. Pulsiz omillarga milliy iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasidagi nomutanosiblik, tarmoqlar iqtisodiy rivojlanishdagi bir maromsiz daraja, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida monopoliyaning (oligopoliya) mavjudligi, narx shakllantirishdagi davlat monopoliyasi, markaziy bankning kredit ekspansiya va boshqa omillarni kiritish mumkin; Tashqi omillar o‘z mohiyatiga asosan biron aniq davlat rivojlanishiga ta’sir etadigan dunyoda amalga oshayotgan jarayonlarni aks ettiradi. Ushbu omillarga dunyo mamlakatlarida yuzaga chiqadigan soha inqirozlari hisoblanadigan xomashyo, energetika, neft, valuta inqirozlarni kiritish mumkin. Ushbu omillardan tashqarii biron-bir davlatning boshqa davlatlarga nisbatan olib boradigan davlat miqiyosidagi valuta siyosatini, yashirin holatda valuta, oltinni eksportini amalga oshirilishini ham kiritish mumkin. Biz quyidagi chizmada inflatsiyani yuzaga chiqish shakllarini tahlil etamiz. Ushbu chizma tahlilidan ko‘rinib turibdiki, inflatsiya asosan uch yo‘nalishda yuzaga chiqadi. Birinchi yo‘nalishda mahsulotlar, ishlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarga bo‘lgan narxlarni asossiz ravishda o‘sib ketishi tufayli pul qadrsizlana boshlaydi. Buning natijasida milliy valutaning xarid qilish qobiliyati tushib ketadi. Ikkinchi yo‘nalishda, xorijiy valutalarga nisbatan milliy valutaning kursi pasayib ketadi. Buning natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar va mamlakat aholisi erkin muomaladagi xorijiy valutalari (AQSH dollari, yevro, Shvetsariya franki va boshqalarni) jamg‘ara boshlaydi. 8.1- chizma Download 130.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling