34. Aholi qoʻlidagi naqd pullarni qanday yoʻllar bilan tartibga solish mumkin?
35. Oʻzbekistonda joriy etilgan toʻlov tizimning afzalliklari nimalardan iborat?
Takrorlangan
36. «Pul muomalasi» tushunchasini yoritib bering. Respublikamiz pul muomalasini mustahkamlash uchun qanday iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur?
Pul muomalasi — pulning bajarilgan ish, koʻrsatilgan xizmatlar, sotib olingan tovarlar haqini toʻlash, hisobkitoblar va toʻlovlarni amalga oshirish, nafaqalar berish, qarzlarni qaytarish vositasi sifatida foydalanish jarayonidagi uzluksiz harakati. Pul muomalasi har bir mamlakat pul tizimi miqyosida amalga oshadi. Pul muomalasi naqd va nakd boʻlmagan muomalaga boʻlinadi. Naqd pul bankdan chiqqach, korxona, tashkilotlar kassasiga va aholi koʻliga oʻtadi. Oddisotdi vatoʻlov harakatlari bajarilgach, yana bankka kaytadi. Naqd boʻlmagan pul muomala-siga firma, korxona, tashkilotlarning bankdagi hisobida turgan pulning harakati kiradi va bunday muomala chek, kredit kartochkasi, veksel, obligatsiya, sertifikat va boshqa vositalar harakati shaklida olib boriladi.pul muomalasi jarayonlariga ishtirok etadigan pullar 2 ga bo'linadi. 1-aktiv pullar,2-passiv pullar.
37. Aholi qoʻlidagi naqd pullarni qanday yoʻllar bilan tartibga solish mumkin?
Takrorlangan
38. Pul agregatlari, ularga tavsifnoma va pulni tartibga solish amaliyoti va unga ta’sir qiluvchi omillar.
Pul agregatlari pul massasini o‘lchovchilardan (ko‘rsatkichlaridan) iborat. Pul agregatlari statistikada pullar harakatining muayyan sanaga bo‘lgan yoki muayyan vaqt davridagi o‘zgarishini tahlil etish uchun qo‘llaniladi.
Pul agregatlari – bu pul massasini muqobil o‘lchash imkoniyatini beruvchi ko‘rsatkichlardir.
Muomaladagi naqd pullar Mo agregatini tashkil etadi. Naqd pullar banknotalar, g‘azna pattalari (biletlari) (agar mamlakatda ikkita emissiya markazi mavjud bo‘lsa) va metall tangalardan iborat bo‘ladi. Metall tangalar naqd pullarning juda kam qismini (rivojlangan mamlakatlarda 2%-3% ni) tashkil qiladi. Ularni keyinchalik yombiga aylantirib sotishga yo‘l qo‘ymaslik uchun odatda arzon metallardan zarb qilinadi. Shuning uchun tanganing haqiqiy qiymati nominal qiymatidan birmuncha pastroq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |