1. Fanning maqsadi, vazifalari va predmeti
Pulning funksiyalari va ularga tavsif
Download 130.4 Kb.
|
pul va banklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21. Bankirlarning oʻtmishdagi kasbdoshlari boʻlmish sarroflar qanday ishlarni amalga oshirganlar
18. Pulning funksiyalari va ularga tavsif.
Tepada aytildi 19. Pul aylanish strukturasini tahlil qilib borishdan maqsad nima? Ijod qilinadi 20. Naqd pulsiz hisob-kitoblar qanday asosiy tamoyillar (prinsiplar) asosida tashkil etiladi? Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda qator tamoyillar bajarilishi lozim. Ularning asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish maqsadga muvofiq: – naqd pulsiz hisob-kitoblar jarayonida ishtirok etayotgan har ikkala tomonning ham bankda tegishli hisobvaraqlari mavjud bo‘lishi lozim; – mijozning hisobvarag‘idan mablag‘larni boshqa manzilga o‘tkazish va kirim qilish Markaziy bank tomonidan qat’iy belgilangan to‘lov hujjatlari asosida hamda ulardagi rekvizitlarni to‘liq to‘ldirilgan holda amalga oshiriladi; – bank mijozning pul mablag‘larini o‘tkazish haqidagi topshirig‘ini uning hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lgandagina qabul qiladi. Mijozning hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmagan holatda uning hisobvarag‘idan undirish to‘g‘risida inkasso topshiriqnomasi (o‘z vaqtida to‘lanmagan soliqlar va Davlat budjetiga o‘tkaziladigan soliqdan tashqari to‘lovlar (penya, jarimalar)ni undirib olishda soliq idoralari tomonidan, budjetdan tashqari fondlar – o‘z vaqtida to‘lanmagan to‘lovlarni undirib olishda, agarda bu qonuniy hujjatlarda ko‘zda tutilgan holatlarda), to‘lov talabnomalar kartoteka 2 ga kirim qilinadi va belgilangan tartibda to‘lovlar amalga oshiriladi; – bank naqd pulsiz hisob-kitoblarni faqat mablag‘ egasining topshirig‘i asosida belgilangan maqsadlar uchun o‘tkazadi, hisobvaraq egasining hisobida mablag‘lar yetarli bo‘lmagan holatlar bundan mustasno; – mablag‘lar to‘lovchining hisobvarag‘idan o‘chirilgandan so‘ng mablag‘ oluvchining hisobvarag‘iga kirim qilinadi; – to‘lovlarni amalga oshirish Markaziy bank tomonidan belgilangan naqd pulsiz hisob-kitoblarning shakllarini qo‘llagan holda, tegishli to‘lov hujjatlari orqali amalga oshiriladi. 21. Bankirlarning oʻtmishdagi kasbdoshlari boʻlmish sarroflar qanday ishlarni amalga oshirganlar? Sarrof (arab. — pul almashtiruvchi, yirik pullarni mayda qiluvchi) — shaxdr koʻchalari va rastalarida oʻtirib, kishilarning yirik pullarini maydalab, qimmatbaho buyumlarini pulga almashlab berib foyda koʻruvchi shaxs. S.lar xorijdan kelgan savdogarlarning pullarini mahalliy pullarga almashtirib berish, qimmatbaho toshlar, oltin, kumush va boshqalarni anikdash, ularning bahosini belgilash, ayrim kishilarning omonat pullarini, buyumlarini maʼlum muddatgacha sakdab berish kabi ishlar bilan shugʻullanib, bank, omonat kassalari, garovxonalar vazifalarini bajarishgan. S.lar sudxoʻrlik ishi bilan ham shugʻullangan. S.lar xizmatlari evaziga kishilardan maʼlum miqdorda haq olgan. Ilgari har bir shaharda S.lar faoliyat yuritgan. Buxoroda S.larning alohida mahallasi va asosiy ish joyi — Toki Sarrofon mavjud edi. Hozirgi davrda Sharq mamlakatlarida S. bank egasi hisoblanadi. Download 130.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling