1. Fanning maqsadi, vazifalari va predmeti


Bir tovarni boshqa tovarga bevosita almashtirish deganda nimani tushunasiz?


Download 130.4 Kb.
bet3/39
Sana16.06.2023
Hajmi130.4 Kb.
#1509071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
pul va banklar

7. Bir tovarni boshqa tovarga bevosita almashtirish deganda nimani tushunasiz?
Ijod qilinadi
8. Tovar ishlab chiqarish va pulning zarurligi.
Ijod qilinadi
9. Pulning funksiyalarini sanang.
Pulning mohiyati uning funksiyalarida yanayam yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Pul iqtisodiy kategoriya sifatida nechta funksiyani
bajarishi iqtisodchi olimlar, nazariyachilar va iqtisodchilar o‘rtasida juda uzoq davrdan buyon tortishuvlarga sabab bo‘lib kelmoqda.
Iqtisodiyotni markazdan boshqarish sharoitida nashr etilgan adabiyotlarda, pul beshta, ya’ni qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi, jamg‘arma vositasi va jahon puli funksiyalarini bajarishi ta’kidlanadi.
10. Pulning qiymat oʻlchovi vazifasi nimada?
Qiymat o‘lchovi funksiyasida pul tovar ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy mehnatni ifodalaydi va shu mehnat asosida tovarning qiymatini belgilaydi. Pulning bu funksiyasida naqd pullar emas, naqdsiz pullar ishtirok qiladi. Masalan, biz savdo do‘koniga kirib, biron tovarning bahosini ko‘rib, baho shu tovarga arziydimi yoki tovarga baho yuqori aksincha past qo‘yilganmi – shu to‘g‘rida o‘zimizning xulosamizga ega bo‘lishimiz mumkin. Mana shu bizning xulosamiz asosida pulning qiymat o‘lchovi funksiyasi yotadi.
Pulning qiymat o‘lchovi funksiyasida bir tovarning qiymati ikkinchi bir tovar qiymati orqali ifoda qilinadi. Agar tarixan olib qaraydigan bo‘lsak, bu vazifani o‘z qiymatiga ega bo‘lgan tovar oltin yoki oltinni o‘zida ifodalaydigan pul birliklari bajarib kelgan.
11. Pulning muomala vositasi vazifasi nimada?
Muomala vositasi funksiyasida pul yordamida tovar o‘zining pul qiymatiga ayribosh qilinadi. Bu funksiyani bajarish uchun naqd pul bo‘lishi lozim. Bu funksiya yordamida tovarlarni bir-biriga ayriboshlash – barter usuliga chek qo‘yiladi. Tarixiy taraqqiyot ko‘rsatadiki, jamiyat rivojlanishining ilk bosqichlarida barter mehnat mahsulini ayribosh qilishning yagona yo‘li bo‘lgan. Barterning noqulayligi shundan iborat bo‘lganki, A tovar egasi, B tovarni sotib olish uchun, nafaqat B tovar ishlab chiqaruvchini, balki B tovar egasiga zarur bo‘lgan tovarni ham topa olishi kerak edi. Bu juda qiyin jarayon bo‘lib, yuzlab tovarlarni muomalaga jalb qilgan holda ko‘zlagan maqsadga erishish mumkin bo‘lgan. Oltinning pul sifatida ishlatila boshlashi natijasida barter usuli tovar ayriboshlashning usuli sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, barter usuli hozirgi kunda ham ba’zi hollarda jahon amaliyotida qo‘llanilib kelinmoqda.
Tovar defitsiti, inflatsiya sur’atlarining oshib ketishi, mamlakatda siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning yo‘qligi sharoitida barter bo‘yicha tovarlar harakatini amalga oshirish tomonlar uchun qulay hisoblanadi.
Pulning muomala vositasi funksiyasida tovar qo‘ldan qo‘lga o‘tadi va muomaladan chetlashadi, ya’ni iste’molchi egaligiga o‘tadi. Pul va tovarning harakati (TPT) qisqa vaqt ichida tugallanadi.

Download 130.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling