1. Fanning maqsadi, vazifalari va predmeti
Download 130.4 Kb.
|
pul va banklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pulning muhimligi nimada Ijod qilinadi 17. Pulning jahon puli vazifasi nimada
15. Barter – nima?
Barter (ing. barter — tovar ayirboshlash), muoʼvaza — valyutasiz (pul vositalari ishtirokisiz) bevosita tovar ayirboshlash; muayyan tovar (tovarlar) miqdorining qiymati boʻyicha muqobil boʻlgan boshqa tovar miqdoriga almashtirish shartnomasi. Koʻproq rivojlanmagan tovar munosabatlari, oʻtish davri uchun xos boʻlgan kelishuv. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdagi erkin konvertirlanadigan (almashtiriladigan) valyuta kursi barqaror boʻlmagan, valyuta zaxiralari chegaralangan sharoitda jahonning koʻpgina mamlakatlarida qoʻllanildi va u xalqaro savdo hamda boshqa iqtisodiy munosabatlarda keng tarqaldi. Barterning bevosita ayirboshlash, kompensatsiyali kelishuvlar, kliring kabi shakllari mavjud. Tashqi savdoda Barter bitimi koʻproq qoʻllanadi. 90-yillar boshidan mamlakat ichkarisida ham korxonalar oʻrtasida ancha keng tarqaldi. Barter bitimiga binoan kelishgan tomonlar oʻz tovarlarini maʼlum narxda baholaydilar. Bu narx ayirboshlashning teng boʻlishini, tovarlarni yetkazib berish bilan bogʻliq boʻlgan barcha sarf-harajatlarni oʻz ichiga oladi. Bir tomon ikkinchisiga qarzdor boʻlib qolsa, u oʻz qarzini valyuta bilan emas, balki tovarlar bilan uzadi. Tovar qiymatlarining tengligi jahon bozori narxlari orqali taʼminlanadi. Barter bitimlari ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama boʻlishi mumkin. 16. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pulning muhimligi nimada? Ijod qilinadi 17. Pulning jahon puli vazifasi nimada? Adabiyotlarda1 pulning jahon puli funksiyasi to‘g‘risidagi g‘oyani ham uchratish mumkin. Bu funksiyani biror valutaga bog‘lab qo‘yish to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Agar biz tarixga e’tibor beradigan bo‘lsak, tashqi savdo, xalqaro aloqalar, xalqaro kredit munosabatlarining rivojlanishi oltinning jahon puli sifatida qo‘llanilishiga olib kelgan. 1867-yilda Parijda qabul qilingan kelishuvga asosan, oltin davlatlar o‘rtasida yagona pul (jahon puli) sifatida qabul qilingan. 1922-yilda Genuyada o‘tkazilgan konferensiyadagi valuta bitimiga asosan, AQSh dollari va Angliya funt sterlingi oltinning o‘rinbosari sifatida e’lon qilindi va xalqaro to‘lovlarda qo‘llanila boshladi. 1944-yildagi Brettonvud konferensiyasidan keyin jahon puli funksiyasi oltinda qoldirilgan holda, xalqaro to‘lovlarda AQSh dollaridan ko‘proq foydalanishga imkoniyat berildi. Dollarni oltinga almashtirish bo‘yicha dollar kursi belgilandi va 35 dollar 31,1 gr. oltinga teng deb qabul qilindi. Keyinchalik har xil valuta bloklari, valuta kliringi tashkil qilindi. XX asrning 70-yillaridan boshlab xalqaro to‘lovlarda XVF tomonidan kiritilgan maxsus hisob va to‘lov birligi SDR (Special Drawing Rights) qo‘llanila boshlagan. Download 130.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling