Inflatsiyaning yuzaga chiqish shakllari.
Milliy pul birligining xarid qilish qobiliyatini pasayishi
|
|
Aholi va xo‘jalik
subyektlarida xorijiy valutaning jamg‘arilishi
|
|
Mamlakat aholisida oltinning to‘planishi
(tezavratsiya)
|
Uchinchi yo‘nalishda oltinga bo‘lgan milliy pul birligida ifodalangan narx ko‘tarilib ketadi. Buning natijasida mamlakat aholisi o‘rtasida oltinning to‘planib qolishi, ya’ni tezavratsiya amalga oshadi.
54. «Pul muomalasi» tushunchasini yoritib bering. Respublikamiz pul muomalasini mustahkamlash uchun qanday iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur?
Takror
55. K.Marks tomonidan ochilgan «Pul muomalasi qonuni»ning mazmuni nimadan iborat? Sizningcha, bu qonun hozirgi kunda amal qilyaptimi?
Qiymat qonuni va uning muomala doirasida yuzaga chiqish shakli
– pul muomalasi qonuni tovar-pul munosabati mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy tuzumlarga xosdir. Qiymat shakllari va pul muomalasi taraqqiyot yo‘lini tahlil qilayotib, K. Marks pul muomalasining qonunini ochdi. Bu qonunga asosan, muomala vositasi funksiyasini amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan pul miqdori aniqlanadi.
Metallik pul muomalasida undagi pul miqdori stixiyali tarzda, pullarning xazina funksiyasi yordamida tartibga solib turilgan. Agar pulga ehtiyoj kamaysa, ortiqcha pullar (oltin tanga) muomaladan xazinaga oqib o‘tishi kuzatilgan yoki aksincha. Shunday qilib, muomaladagi pul miqdori kerakli darajada ushlab turilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |