1. Fanning maqsadi, vazifalari va predmeti


Jamg’arma toʻplash vazifalarni nimalarda amalga oshirish mumkin?


Download 130.4 Kb.
bet15/39
Sana16.06.2023
Hajmi130.4 Kb.
#1509071
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
Bog'liq
pul va banklar

56. Jamg’arma toʻplash vazifalarni nimalarda amalga oshirish mumkin?
Pulning bu funksiyasi sotish va sotib olish jarayoniga zarurat bo‘lmagan holda yuzaga keladi. Agar tovar ishlab chiqaruvchi tovarni sotgandan keyin uzoq vaqt davomida boshqa tovar sotib olmasa, pul muomala va to‘lov aylanmasidan chetlashadi. Yig‘ilgan pullar jamg‘arma vositasi funksiyasini bajaradi. Tovar ishlab chiqarish va muomala jarayoni pulni jamg‘arishga imkoniyat yaratadi. Jamg‘arma ikki yo‘nalishda yuzaga kelishi mumkin. Maqsadli jamg‘arish yoki umuman jamg‘arish. Shunaqa jamg‘armalar borki, aniq bir mo‘ljal bo‘lmagan holda yig‘ib boriladi, maqsadli jamg‘armada odamlar mashina, asbob-uskuna, uy-joy sotib olish yoki boshqa ma’lum maqsadni amalga oshirish uchun mablag‘ jamg‘aradilar.
Pulning jamg‘arma vositasi funksiyasi pulning pul aylanmasidan chiqib ketishiga olib keladi. Jamg‘armada pul pul aylanmasining qaysidir kanallarida turib qoladi, natijada u mavjud aylanmadan ajralib ma’lum vaqtgacha mablag‘ aylanmasiga qaytib tushmasligi mumkin.
Pulning jamg‘arma va boylik to‘lash vositasi funksiyasi pul muomalasini stixiyali ravishda boshqarib boradi. Tovar ishlab chiqarish hajmining uzluksiz o‘zgarib turishi, pul massasining doimiy almashiturishiga olib keladi. Qimmatbaho metallar, buyumlarning muomalaga kelib-ketib turishi, pul massasining hajmini ushlab turishi, pul muomalasi kanallarida pul oqimi ko‘payib ketishining oldini olishi mumkin.
Pulning muomala vositasidan chiqib, jamg‘armaga aylanishi va jamg‘armaning muomala vositasiga aylanishi pul tizimini muvozanatda ushlab turuvchi zaruriy shart hisoblanadi.
Pulni jamg‘arishga undaydigan omil – uning maxsus tovar, umumiy ekvivalentligi, ya’ni boshqa barcha tovarlarga xohlagan vaqtda almashtirish mumkinligidadir. Pulga sifat va son jihatdan yondashish mumkin. Chunki pulning sifati, soni bor. Pulning sifati cheksiz bo‘lishi, ya’ni pulni zarur bo‘lganda xohlagan tovarga aylantirish imkoniyati mumkinligida o‘lchansa, son jihatdan, albatta, pul summasi cheklangan bo‘lishi mumkin, chunki unga cheklangan miqdorda tovar sotib olish mumkin. Demak pulning sifat jihatdan cheklanganligi bilan son jihatdan cheklanmaganligi o‘rtasida qarama-qarshilik bor. Mana shu qarama-qarshilik pulni jamg‘arishga, pul qancha ko‘p bo‘lsa, uni yanada ko‘paytirishga intilishga olib keladi. Jamg‘arma funksiyasi pul muomalasida asosiy bo‘lmasada, uni olib borishda katta ahamiyatga ega.
Jamg‘arish, xazina to‘plash qiymatning qotib qolishiga olib keladi. Xazina to‘plash vositasi vazifasini tarixan oltin, keyinchalik boshqa qimmatbaho metallar, toshlar bajarib kelgan va hozirgi kunda ham shu tovarlar boylik (pul) sifatida jamg‘arilib kelinmoqda. Xazina sifatida oltin yoki boshqa qimmatbaho metall, toshlarning ahamiyati rivojlangan mamlakatlarda deyarli yuqori emas, chunki mamlakat iqtisodiy jihatdan barqaror bo‘lsa, pulni biror qimmatbaho metallda jamlab qotirib qo‘ygandan ko‘ra, unga davlat yoki korporatsiyalarning qimmatli qog‘ozlarini sotib olib, ulardan har yili daromad ko‘rgan ancha qulay hisoblanadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatganki, 100 biznesmendan faqat 4 tasi o‘z pulini to‘g‘ri jamg‘arib boyib ketar ekan. Qolganlari bo‘lsa, pulni topadi, lekin oqilona jamg‘arish yo‘lini bilmagani uchun uni yo‘qotarkan.
Bozor iqtisodiyoti yuksak rivojlangan mamlakatlarda pul mablag‘ini quyidagi aktivlarga qo‘yish afzal hisoblanadi.
Birinchidan, davlatning qimmatli qog‘ozlari, ya’ni uzoq muddatli obligatsiyalar, qisqa muddatli veksellarga qo‘yish. Davlatning qimmatli qog‘ozlari kafolatlangan bo‘ladi va ularning bahosi kamdan-kam hollarda o‘zgaradi. O‘zgarganda ham, sezilarsiz miqdorda o‘zgaradi. Shuning uchun ham, davlatning qimmatli qog‘ozlari yuqori likvidlikka ega bo‘ladi.
Ikkinchidan, sanoat korxonalari va korporatsiyalarning qimmatli qog‘ozlari, ya’ni aksiya va obligatsiyalariga qo‘yish. Korporatsiya, korxonalarning aksiya, obligatsiyalarining ishonchliligi davlatnikiga nisbatan kam bo‘lishi mumkin. Chunki ularning bahosi u yoki bu sabab bilan tushib ketsa, qo‘yilgan mablag‘ ko‘zlangan natijani bermasligi mumkin.
Agar mablag‘ iqtisodiy barqaror korxonalarning qimmatbaho qog‘oziga qo‘yilsa, u davlatning qimmatbaho qog‘oziga nisbatan yuqori daromad keltirishi mumkin.
O‘zbekiston sharoitida korporatsiya, assotsiatsiya, korxonalar- ning qimmatli qog‘ozlarini chiqarish, ularning ikkinchi sotilish bozorini vujudga keltirish va rivojlantirish bo‘yicha ancha ishlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi vaqtda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish va takomillashtirish dolzarb vazifa hisoblanadi va bu jarayon O‘zbekiston iqtisodini rivojlantirishning asosiy omillaridan biri bo‘lib qoladi.
Uchinchidan, pulni qimmatbaho, noyob buyumlarga, san’at asarlariga qo‘yish yo‘li bilan jamg‘arish.
Bu usulda iqtisodiyotning ijobiy va salbiy tomonga o‘zgarishiga qaramay, buyumda ifodalangan qiymat o‘zini yo‘qotmaydi. Agar davlat barqaror iqtisodiyotga ega bo‘lib, bozor munosabatlari yaxshi rivojlangan bo‘lsa, bu aktivlarning likvidligi uncha yuqori bo‘lmasligi mumkin.
Pul yuqori darajadagi likvidlilikka ega bo‘lgani uchun uni xohlagan vaqtda, xohlagan to‘lovni to‘lashga yo‘naltirilish mumkinligi uchun, nominalini o‘zgartirmasligi uchun pul jamg‘arma va xazina to‘plash funksiyasini bajaradi. Pul jamg‘armasi boylikning bir shakli hisoblanadi. Kishilar boylikni faqat pul shaklida emas, boshqa shakllardan, masalan uy-joy, yer, mashina, asbob-uskuna,
aksiya, obligatsiya va boshqa shaklda ham mujassamlashtirishi mumkin. Boylikning bu shakllarida likvidlilik darajasi pulga nisbatan (agar inflatsiya bo‘lmasa) past bo‘ladi va ularning narxi ham o‘zgarishi mumkin. Yer, uy-joy, asbob-uskuna, qimmatli qog‘ozlarni pulga aylantirmasdan turib biror to‘lovni qoplash uchun yo‘naltirib bo‘lmaydi. Pulni esa xohlagan paytda turli to‘lovlarni qoplash uchun yo‘naltirish mumkin.
Inflatsiya sharoitida pulni jamg‘arish xohlagan rejani amalga oshirishga imkon bermasligi mumkin. Chunki jamg‘ariladigan pullar o‘z qadrini bir necha marta yo‘qotib boradi va unga ishonch yo‘qoladi. Bu sharoitda milliy pul birliklari muomala va to‘lov vositasi hamda baholar masshtabi bo‘ladi. Lekin jamg‘arish vositasi bo‘lib barqaror biror chet el valutasi muomalaga kiradi va pul aktivlari shu valutalarga almashtiriladi. Shu holni 50-yillarda Janubiy Koreyada, 70-yillarda Isroilda, hozirgi kunlarda MDH davlatlari amaliyotida ko‘rish mumkin.
Odatda, pul barcha funksiyalarini bir vaqtda, ketma-ket bajarishi mumkin. Ba’zida mamlakatdagi iqtisodiy, siyosiy barqarorlikka qarab, pulning funksiyalari bir biridan ajralib qolishi ham mumkin. Masalan, 40-yillarda Xitoyda tovarlar bahosi AQSh dollarida aniqlangan. Hisob-kitoblarda tovar sotish va sotib olishda Xitoy valutasi qo‘llanilgan. Xuddi shunday hol giperinflatsiya davrida Isroilda, Argentina, Meksika kabi mamlakatlarda joriy qilingan. Bu mamlakatlarning milliy valutasi muomala va to‘lov vositasi sifatida ishlatilgan.

Download 130.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling