1. Inson resurslarining shakllanishi hususiyatlari. Inson resurslarining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar


Ishga yollash jarayonida ishtirok etuvchi xodimlar soni


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/33
Sana17.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1547340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
4-мавзу.Tashkilotda inson resurslarini shakllantirish

2. Ishga yollash jarayonida ishtirok etuvchi xodimlar soni: 
a) ommaviy ishga yollash
b) yakkama-yakka ishga yollash. 
3. Ishga qabul qilishda sinov: 
a) malaka tekshirilib ishga yollash
b) malaka tekshirilmasdan ishga yollash. 
4. Qo’llanish sohasi: 
a) xususiy ishga yollash; 
b) mehnat jamoasiga ishga yollash. 
5. Ishga yollash manbalari: 
a) dastlabki
b) ikkinchi (muvaqqat bo’linmalar va ijodiy guruhlarga ishga qabul qilish). 
6. Ish haqi to’lash usullari: 
a) ishbay haq to’lanadigan ishga yollash; 
b) vaqtbay (tarif) haq to’lanadigan ishga yollash; 
v) ishbay-progressiv haq to’lanadigan ishga yollash; 
g) vaqtbay-progressiv haq to’lanadigan ishga yollash; 
d) ishbay-mukofotli haq to’lanadigan ishga yollash; 
j) 
akkord haq to’lanadigan ishga yollash; 
z) maosh (oklad) to’lanadigan ishga yollash. 
Muddatsiz ishga yollash Osiyoning qator mamlakatlarida qo’llaniladi. Masalan, bu 
Yaponiyada ijtimoiy va ishlab chiqarish barqarorligi, ish beruvchi va xodimning o’zaro 
mas’uliyatidan iborat milliy xususiyatning juda muhim omili hisoblanadi. Ana shu usul ko’p 
jihatdan “yapon iqtisodiy mo’’jizasi”ni yalpi ichki mahsulot bo’yicha jahonda ikkinchi o’ringa 
chiqishini ta’minladi. 
Muddatli yoki shartnoma bo’yicha ishga yollash usulida mehnat shartnomasini yangi 
muddatga uzaytirish imkoni bo’ladi. 
Mehnat shartnomalari bo’yicha ishga yollash yoki akkord ishlar deganda mehnat 
munosabatlarining mavsum tugashi bilan yoki muayyan ish hajmi bajarib bo’lingandan so’ng, 
masalan, bino qurilishi nihoyasiga yetgandan keyin tugallanishi ko’zda tutiladi. 
Yakkama-yakka ishga yollashning ustuvorligiga qaramasdan, tashkiliy jihatdan hamisha ham 
buning imkoniyati bo’lmaydi, ayni vaqtda u iqtisodiy jihatdan foydali emas. CHunki, har bir 
shaxsni o’rganish, uning hujjatlarini to’g’ri rasmiylashtirish qimmatga tushadi. 
Ommaviy ishga yollash ko’proq qishloq xo’jaligidagi va mavsumiy ishlarda, masalan, 
qurilishda qo’llaniladi. 
Malaka tekshirilib yoki tekshirilmasdan ishga yollash. Odatda sinov muddati ko’p hollarda 
malakani tekshirish uslubi hisoblanadi. 
Xususiy yoki mehnat jamoasiga ishga yollash bu ishni kim: xususiy mulk egasimi yoki 
tashkilot amalga oshirishiga qarab farqlanadi. 
Ish haqi to’lashning usullari ishga yollashning eng muhim shartlaridan biridir. Ular 
xodimning mehnat natijalaridan shaxsiy manfaatdorligini oshiradigan rag’batlantiruvchi tizimdir. 
Uning turlari mehnatni tashkil etish usullariga ham bog’liqdir. Jumladan, mehnat natijalari ishlab 
chiqarilgan mahsulot miqdoriga qarab belgilanishi mumkin bo’lgan joylarda ishbay haq to’lash 
usuli qo’llaniladi. Bu usul ishchini ko’proq mahsulot ishlab chiqarishga rag’batlantiradi. 
Ish beruvchilar tomonidan ishga yollanuvchilarga qo’yiladigan talablar xizmat vazifalariga 
bog’liq bo’ladi. Xususan, bandlikka ko’maklashish markazlari ishga yollanuvchilarning quyidagi 
jihatlariga e’tibor qaratadilar: 
1. Kasbi 
2. Yoshi 
3. Ish tajribasi (ish staji) 
4. Ma’lumoti 
5. Malakasi 


6. Jinsi 
7. Qo’shimcha ixtisosliklari (hunarlari) 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling