Ishga yollashning zamonaviy shakllari quyidagilardan iboratdir:
—Bandlikka ko’maklashish markazlarida bo’sh ish o’rinlarini taklif etish;
—ommaviy axborot vositalari orqali reklama e’lonlari berish;
—ta’lim muassasalarini tugallaganlarni ishga jalb qilish;
—bevosita korxona (tashkilot)ga ish so’rab murojaat etganlarni tanlab olish;
—o’z personalini qo’shimcha ixtisoslik (hunar)ga o’qitish;
— korxona (tashkilot)da xizmat topshiriqlarini xodimlar o’rtasida qayta taqsimlash.
Ishga yollashning umumiy manbai aholidir.
Korxonani ishchi kuchi bilan ta’minlashda bu manbalarning roli 1- rasmdan ko’rinib turibdi.
Ishga yollashning faol va passiv turlari ham mavjuddir.
Mehnat bozorida ishchi kuchiga, ayniqsa malakali ishchi kuchiga talab taklifdan yuqori bo’lsa
faol usullar qo’llaniladi. Bu holda tashkilot ishchi kuchi vazifasini o’tashi mumkinlarni hamkorlik
qilishga qiziqtirish maqsadida ular bilan aloqa o’rnatadilar. Odatda, bu asosan ta’lim muassasalari,
bandlikka ko’maklashish markazi va bandlik xizmatlari bilan qalin hamkorliqda ish olib borishni
taqozo etadi.
1–rasm. Korxonani ishchi kuchi bilan ta’minlash jarayoni sub’ektlari.
Korxonani malakali kadrlar bilan
ta’minlash uchun asosiy talablar,
manbalar, shakllar
Kadrlar bilan ta’minlash
shakllari
Ishchi
kuchiga
talablar
Kadrlar bilan
ta’minlash
manbalari
Mehnat
shartnomasi
Personal
lizingi
Korxonaning ichki
manbalari
Yoshi, sog’ligi,
mehnat sharoiti,
kasb tayyorgarligi
bo’yicha yaroqli,
mehnatga layoqatli
ishchi kuchi
Tashqi
Iqtisodiy faol aholining ish
bilan band bo’lmagan
boshqa toifalari
Bitiruvchilar
Bandlikka ko’maklashish
markazlarida ro’yxatga
olingan ishsizlar
Do'stlaringiz bilan baham: |