1. Mantiq fanining predmeti va tarkibiy qismlari Tushuncha va uning turlari


Download 39.17 Kb.
bet10/16
Sana24.12.2022
Hajmi39.17 Kb.
#1059461
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
7. Tushunchalarni bo‘lish. Muayyan bo‘lish asosiga ko‘ra bo‘linuvchi tushunchaning hajmini nisbatan kichik hajmli boshqa tushunchalarga ajratish, tushunchalarni bo‘lish deb aytiladi. Masalan, «Davlat» tushunchasini muayyan asos «boshqarish» usuliga ko‘ra bo‘ladigan bo‘lsak, unda yakka hokimlikka asoslangan va Respublika tipidagi davlatlarga bo‘linadi.
Bo‘lish qoidalari:
- bo‘lish doimo bir asosga ko‘ra olib borilmog‘i lozim;
- bo‘lishning a’zolari yoki qismlari bir-birini inkor etishi lozim;
- bo‘lish mutanosib bo‘lishi lozim;
- bo‘lish uzluksiz bo‘lishi kerak.
8. Dixotomik bo‘lish. Dixotomik bo‘lish buyumlarni ma’lum belgiga ko‘ra ikki guruhga, ya’ni belgi mavjud bo‘lgan narsalar (ular odatda bo‘lish asosini tashkil qiladi) va bu belgiga ega bo‘lmagan narsalarga ajratadi. Boshqacha qilib aytganda, bir tushuncha ikki qarama-qarshi yoki zid tushunchalarga bo‘linadi. Masalan, sud hukmi adolatli yoki adolatsiz bo‘lishi mumkin. Hayvonlar - umurtqali yoki umurtqasizlarga, jismlar - organik yoki noorganik jismlarga bo‘linadi.
9. Tushunchalarni tasniflash. Tasniflash - bu narsalarni bir- biriga o‘xshashligi va farqiga qarab, ma’lum guruhlarga, turlarga, sinflarga bo‘lishdir. Bunda har bir narsa bir sinf yoki bir guruh narsaga muayyan munosabatda bo‘lgan va bu sinfdagi narsalar tuzilishida ko‘rsatilgan joydan o‘rin olgan bo‘ladi.
Tasniflashni tabiiy va sun’iy turlarga bo‘lish mumkin. Tabiiy tasniflash - bu narsalarning muhim belgilariga va ular amal qiladigan qonuniyatlarga qarab sinf, guruhlarga bo‘lishdir. U sun’iy tasniflashdan farqli o‘laroq, narsalarning qaysi guruhga mansub ekanligini aniqlashda narsadagi tegishli belgilarni hisobga oladi. Bu esa narsaning xususiyati haqida fikrlashga imkon beradi. Masalan, jinoyat o‘rganilib, u qasddan qilinganmi yoki ehtiyosizlik oqibatida, qanday sharoitda sodir bo‘lgan va uning jamoat uchun qanchalik xavfli yoki xavfsizligi ko‘rib chiqilib, shundan keyin bu ish jinoyat kodeksining qaysi modda va bandiga oidligi aniqlanadi. Tabiiy ilmiy tasniflashning mumtoz namunasini D.I. Mendeleevning kimyoviy elementlari davriy tizimining jadvalida ko‘ramiz.
Tabiiy tasniflash bilan birgalikda yordamchi sun’iy tasniflash ham mavjud. Sun’iy tasnif tashqi belgilarga asoslanadi hamda turli-tuman narsalarni va ularni aks ettiruvchi tushunchalarni tartibga solish uchun xizmat qiladi. Masalan, kutubxonadagi kitoblarning predmetiga, muallifiga qarab tartibga solish; telefon kitobchasida yoki sinf jurnalida odamlarning familiyasini alfabit tartibida ro‘yxatga olish va boshqalar. Sun’iy tasniflash muayyan tabiiy tasniflash mavjud bo‘lgan taqdirdagina ishlatiladi. Ammo u narsalarning mohiyati haqida xabar bermaydi.

Download 39.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling