1. Mantiq fanining predmeti va tarkibiy qismlari Tushuncha va uning turlari
Download 39.17 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Mantiq fanining predmeti va tarkibiy qismlari 1. Mantiq haqida tushuncha.
- Psixologiya
Mavzu: Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida Reja: 1. Mantiq fanining predmeti va tarkibiy qismlari 2. Tushuncha va uning turlari 3. Formal mantiqning asosiy qonun-qoidalari TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR: Tafakkur, mantiq, so’z, tafakkur qonunlari, formal mantiq, ayniyat, nozidlik, uchinchisi istisno, yetarli asos, tushuncha, hukm, xulosa chiqarish, sillogizm, deduktiv xulosa chiqarish 1. Mantiq fanining predmeti va tarkibiy qismlari 1. Mantiq haqida tushuncha. Odamzod o‘zining aqli, tafakkuri bilan boshqa jonzotlardan ajralib turadi. Bunda mavjud voqelikda sodir bo‘layotgan narsa, hodisa, voqea, jarayonlar haqida mustaqil tarzda to‘g‘ri fikrlash muhim ahamiyat kasb etadi. To‘g‘ri fikrlashni o‘rgatish masalasi bilan esa mantiq fani shug‘ullanadi. Mantiq (arabcha), logika(yunoncha) - nutq, til, so‘zlash, fikr, aql ma’nolarini anglatadi. «Logika» tushunchasini ilmiy atama sifatida birinchi bor yunon faylasufi Demokrit o‘zining «Mantiqiylik yoki qoidalar haqida» asarida muloqotga kiritgan. Hozirgi zamon ilmiy muloqotida «mantiq» atamasining mazmuni ancha boyigan bo‘lib, u turli ma’nolarda ishlatiladi. Agar so‘z narsalarning tartibi, bog‘lanishi, izchilligi ustida borsa - obyektiv mantiqni va aksincha, agar so‘z, fikrlar bog‘lanishi, izchilligi asoslanishi, tafakkur taraqqiyoti va qonuniyatlari haqida boradigan bo‘lsa, tafakkur mantig‘i yoki subyektiv mantiq tushuniladi. Mantiq fanining o‘rganish obyekti tafakkur hisoblanadi. Tafakkurni esa o‘z navbatida falsafa, psixologiya, fiziologiya, kibernetika kabi boshqa ko‘pgina fanlar o‘rganadi. Falsafa tafakkurning borliqqa, dunyoga bo‘lgan munosabati bilan shug‘ullanadi. Shu ma’noda falsafa inson ongi tafakkuridagi dunyo to‘g‘risidagi bilimlar, qarashlar tizimini o‘rganishi bilan kishilarning dunyoqarashi haqidagi ta’limotlarning paydo bo‘lishiga imkoniyat yaratib beradi. Fiziologiya - tafakkurning tabiiy asosini, ya’ni inson miyasi faoliyatidagi fikrlash jarayonining mexanizmini tekshiradi. Fiziologik jarayonsiz inson miyasida sezish, idrok, tasavvur, xotira, hayol, hissiyot fikrlash kabi hech qanday jarayon yuz bermaydi. Psixologiya - ruhiyat esa tafakkurning normativ rivojlanishi, uning vazifalarini boshqa ruhiy holatlar bilan (sezgi, idrok, tasavvur, xotira, xayol, diqqat va shu kabi) aloqasini inson faoliyati natijasi sifatida o‘rganadi. Ruhiyat (psixologiya) fikrlashning taraqqiyoti, uning yuzaga kelishi qonuniyatlarini, turli bosqichlardan iborat ruhiy jarayonlarning aloqasini o‘rganadi. Mantiq fani har qanday tilining tarkibiy qismi bo‘lgan grammatika bilan ham uzviy bog‘liq. Tushuncha, hukm va xulosalarning ifodalanish tuzilishini aniqlashda grammatikaning roli kattadir. Shuningdek, o‘quvchi «Mantiq» termini bir-biridan mustaqil bo‘lgan uchta fanni - formal mantiq, dialektik mantiq va matematik (simvolik) mantiqni ifoda qilishini tushunib olishi lozim. Download 39.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling