1. Mantiq fanining predmeti va tarkibiy qismlari Tushuncha va uning turlari


Zidlik munosabatidagi tushunchalar


Download 39.17 Kb.
bet8/16
Sana24.12.2022
Hajmi39.17 Kb.
#1059461
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Zidlik munosabatidagi tushunchalar. Zidlik munosabatidagi tushunchalar bir-birlarini inkor qiladi, lekin inkor qilingan tushuncha noaniq holda qoladi. Masalan, baland, baland emas, keng, keng emas, jinoyatchi, jinoyatchi emas o‘rniga nimaligi noaniq.
O‘zaro tobelik munosabati. Uzaro tobelik munosabatida ikki yoki undan ortiq tushunchalar bir tushunchaning hajmiga kiradi. Masalan, «chiziq» tushunchasiga «egri chiziq», «to‘g‘ri chiziq», «siniq chiziq» tushunchalari kiradi. «Jinoyat», «o‘g‘irlik», «qotillik» tushunchalarining o‘rtasida o‘zaro tobelik munosabati mavjud.Chunki «o‘g‘irlik» bilan «qotillik» tushunchalari «jinoyat» tushunchasiga tobe bo‘lib, lekin o‘zaro bir-biriga bo‘ysunmaydi.
4. Tushunchalar ustida mantiqiy amallar. Tushunchalarning ustida umumlashtirish, chegaralash, bo‘lish, ta’riflash, tasniflash kabi mantiqiy amallarni bajarish mumkin.
Tushunchalarni umumlashtirish usulining yordamida bir tushuncha hajmini tashkil etuvchi buyumlarga xos ayrim belgilarni birma-bir olib tashlash yo‘li bilan boshlang‘ich tushunchaning hajmi kengaytiriladi. Boshqacha qilib aytganda tor hajmdagi tushunchalardan keng hajmdagi tushunchaga boriladi. Masalan, «yozuvchi» tushunchasidan «aqliy mehnat egasi», «inson» tushunchalariga o‘tilganda fikr nisbatan hajmi tor tushunchadan hajmi keng tushunchaga qarab harakatlanadi.
Tushunchalarning chegaralanishi usuli yordami asosida tushunchaning hajmi toraytiriladi. Masalan, yozuvchi, o‘zbek yozuvchisi, «Navoiy» romanining muallifi.
5. Tushunchani ta’riflash. Tushunchaning mazmunini, muhim belgi- larini ochishga qaratilgan jarayon ta’riflash yoki definitsiya deb ataladi.
Buyumlarning muhim belgilari ko‘pligi sababli tushunchaning ta’rifi buyumlardagi muhim belgilarning barchasini to‘liq aks ettira olmaydi. Formal mantiqda buyumlarni to‘g‘ri ta’riflash uchun muhim belgilarni ajrata olish tartibiga katta e’tibor beriladi.
Ta’riflash tur, tur belgisi va jins tushunchasi sxemasida harakat qiladi. Masalan, idrok (tur) narsalarning yaxlit obrazini aks ettiruvchi (tur belgisi) ruhiy jarayondir (jins tushunchasi). Mazkur ta’rifning eng yaqin tur va jins belgisini ko‘rsatish orqali ta’riflashga misol sifatida ko‘rsatishimiz mumkin.

Download 39.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling