1. Mantiq fanining predmeti va tarkibiy qismlari Tushuncha va uning turlari


Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar


Download 39.17 Kb.
bet7/16
Sana24.12.2022
Hajmi39.17 Kb.
#1059461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
3. Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar. Tushunchalar o‘rtasida taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan munosabatlar mavjuddir.
Taqqoslanadigan (qiyoslanadigan) munosabatlar o‘zaro muhim va umumiy belgilarga ega tushunchalarning orasida sodir bo‘ladi. Masalan, tarix, adabiyot, mantiq, falsafa, kabi tushunchalar o‘rtasida muhim umumiylikning hammasi fan ekanligi, ya’ni fanning turli tarmoqlari ekanligida.
Taqqoslanmaydigan (qiyoslanmaydigan) munosabatlar - o‘zaro umumiy jihatlari bo‘lmagan buyumlarning o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Masalan, musiqa - tarvuz, yurak - traktor, qahramonlik - madaniy o‘g‘it tushunchalari o‘rtasidagi aloqadorlikda muhim umumiylik yo‘q. Shuning uchun ularni taqqoslab bo‘lmaydi. Mantiq fani faqat taqqoslanadigan tushunchalarni o‘rganadi.
Taqqoslanadigan tushunchalar hajmiga ko‘ra sig‘ishadigan va sig‘ishmaydigan tushunchalarga bo‘linadi. Sig‘ishadigan tushunchalaro‘zaro teng ma’noli, tobelik, kesishganlik munosabatda bo‘ladi.
Teng ma’noli (ayniyat) munosabatlari. Hajmlari bir-biriga to‘la teng keladigan tushunchalar ayniyat munosabatidagi teng ma’noli tushunchalardir.
Ayniyat munosabatidagi tushunchalar mazmun jihatidan aynan bir narsani turli tomondan ifodalaydi. Masalan, O‘zbekiston poytaxti va O‘rta Osiyodagi eng katta shahar tushunchalarining o‘rtasida ayniyat munosabati bor. Chunki har ikkala tushunchada ham bir narsa - «Toshkent shahri» ifodalanmoqda. Ayniyat munosabati hajmlari teng, biroq mazmuni har xil bo‘lgan tushunchalar o‘rtasidagi munosabatdir.
Tobelik (bo‘ysunish) munosabati. Bir tushunchaning hajmi boshqasining hajmini bir qismi sifatida o‘z ichiga olsa, bunday tushunchalar o‘rtasida bo‘ysunish munosabati mavjud bo‘ladi. Masalan, terak va daraxt, O‘zbekiston va Respublika, oliy o‘quv yurti va IIV Akademiyasi.
Qisman mos kelish (kesishganlik) munosabati. Qisman mos kelish munosabatida tushunchalar mazmuni jihatidan har xil bo‘lsa-da, ularning hajmlari bir-biriga qisman mos keladi. Masalan, oliy o‘quv yurti o‘qituvchilari va fan doktorlari. Bunda oliy o‘quv yurti o‘qituvchilarining bir qismi fan doktorlari yoki aksincha, fan doktorlarining bir qismi oliy o‘quv yurti o‘qituvchilaridir.
Sig‘ishmaydigan tushunchalar - deb hajmiga ko‘ra bir-birlarini umuman taqozo qilmaydigan tushunchalarga aytiladi.
Sig‘ishmaydigan tushunchalar - qarama-qarshilik, zidlik, o‘zaro tobelik munosabatlarida bo‘ladi.
Qarama-qarshi munosabatdagi tushunchalar bir-biriga hajmi jihatidan teskari va qarama-qarshidir. Masalan, «achchiq-shirin», «ijobiy-salbiy», «oq-qora», «baland-past» kabilar.

Download 39.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling