1. Mantiq fanining predmeti va tarkibiy qismlari Tushuncha va uning turlari


Download 39.17 Kb.
bet2/16
Sana24.12.2022
Hajmi39.17 Kb.
#1059461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Dialektik mantiq tafakkurning vujudga kelishi va taraqqiy etishining eng umumiy qonunlari va ular asosida yaratiladigan metodologik prinsiplarini o‘rganadi.
Formal mantiq tafakkurning konkret mazmunidan chetlanib e’tiborini uning tuzilishini tekshirishga qaratadi. Shu jumladan, tafakkur formalari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ham ularning tuzilishi nuqtayi nazardan o‘rganadi.
Matematik (simvolik) mantiq tafakkurni matematik metodlar yordamida tadqiq etadi. U hozirgi zamon matematikasining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, tafakkurni mantiqiy hisoblash deb ataladigan yuqori darajada abstraktlashgan va formallashgan tizimda tahlil qiladi.
Biroq yuqorida tilga olingan fanlarning har biri tafakkurga o‘z nuqtayi nazaridan yondashib, uning turli qirralarini ochib berishga qaratilgan. Mantiqning ana shu tarmoqlanib ketgan turlari orasida inson tafakkurining eng oddiy (elementar) qonun-qoidalari bilan qurollantiradigan, uni to‘g‘ri fikrlashning tamoyillari bilan tanishtiradigan muhim tarmog‘i formal mantiq bo‘lib, u tarixiy kelib chiqishi nazarda tutilib, klassik, an’anaviy mantiq, ommaviyligi nuqtayi nazardan esa umumiy mantiq deb ham yuritiladi.
Yuqorida bildirilgan fikrlardan xulosa qilib, aytishimiz mumkinki, formal mantiq tafakkur qonunlari, qoidalari, shakl va usullarini o‘rganuvchi fandir. Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, biz o‘rganayotgan formal mantiq tafakkurning shakl va qonunlarni o‘rganuvchi fan sifatida insonning tashqi olamni bilish jarayoni bilan bevosita bog‘liqdir. Shu o‘rinda insonning bilish jarayoni o‘z mohiyati va tabiati jihatidan o‘zaro tafovut qiluvchi ikki bosqichdan: birinchi quyi hissiy bilish, ikkinchi yuqori aqliy bilish bosqichlaridan iboratdir. Dastavval inson dunyoni sezgi, idrok, tasavvur kabi hissiy bilishning shakllari orqali bilishga muvofiq bo‘ladi.
Inson hissiy bilish orqali narsa va hodisalarning bevosita tashqi jihati va xususiyatlari, tashqi bog‘lanishlarini bilib oladi. Ular bizga narsalarning ichki bog‘lanishlari va rivojlanish qonunlari, mohiyati, zaruriy bog‘lanishlarini ochib bera olmaydi. Bunga biz keyingi yuqori bosqich aqliy bilish orqali erishamiz. Aqliy bilish tafakkurning tushuncha, hukm, xulosa kabi shakllarida namoyon bo‘ladi.
Tafakkur voqelikni umumlashtirib va mavhumlashtirib, muayyan mantiqiy shakllar (tushuncha, hukm va xulosalar) hamda ular o‘rtasidagi aloqada ma’lum mantiqiy qonun-qoidalarni vujudga keltiradiki, to‘g‘ri, aniq, izchil, ziddiyatlardan xoli fikrlash ana shu qonun-qoidalarga amal qilishni taqozo etadi. Mantiq fani mana shu qonunlar bilan shug‘ullanadi. Bu qonunlar amaliyoti natijasida vujudga kelgan bilimlar isbotlanadi yoki rad etiladi, ularning to‘g‘riligi yoki xatoligi tasdiqlanadi yoki inkor etiladi.
Tafakkur til bilan uzviy bog‘liq. Til fikrlarimizning bevosita mavjud bo‘lishini ta’minlaydigan va kishilar o‘rtasida aloqa o‘rnatishga xizmat qiladigan axborot belgilari tizimidan iborat.
Har qanday fikr tilda ifodalanadi, til esa o‘z navbatida fikrga ta’sir etadi, uni shakllantiradi, kengaytiradi. Til va tafakkur o‘zaro aloqada shakllanadi, namoyon bo‘ladi va rivojlanadi. Til va tafakkurning birligi nutqda o‘z ifodasini topadi. Nutq og‘zaki va yozma holda mavjud bo‘lib, unda fikrimiz moddiy shaklga, ya’ni hissiy idrok etiladigan shaklga kiradi.
Til tufayli inson tashqi olam ko‘rinishining chuqur bog‘lanishlarini oydinlashtiradi va pirovardida, eng oddiy tushunchalar vujudga keladi. Mantiqda vujudga kelgan tafakkur shakllari til bilan birikib, yangi-yangi bilimlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi hamda tafakkur o‘zining qaysi vazifalarini tilning zimmasiga yuklaydi, degan muammolarni tushuntirib beradi. Bundan tashqari, qanday hollarda ramziy (matematik) mantiq ismlar va predikatlar (kesimlar) mantig‘ida namoyon bo‘lishi masalalarni, ularning fanda muayyan vazifalarni amalga oshirish mumkinligi muammolarini ham mantiq fanining bahs mavzui doirasiga kiradi.
Shu bois mantiq fani o‘rganadigan til - barcha turdagi belgili axborot tizimi bo‘lib, mazkur tizimning vazifasi axborotni (bilimlarni) qabul qilish, saqlash, to‘plash va o‘zgalarga yetkazib berishdan iboratdir.
Tilning belgi tizimi nazariyasini o‘rganuvchi fan semiotika deb ataladi. U tilni uch nuqtayi nazardan tahlil qiladi: sintaksis, semantika va pragmatika.

Download 39.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling