1. Mantiq fanining predmeti va tarkibiy qismlari Tushuncha va uning turlari


Ta’riflar genetik, nominal va real turlarga bo‘linadi


Download 39.17 Kb.
bet9/16
Sana24.12.2022
Hajmi39.17 Kb.
#1059461
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Ta’riflar genetik, nominal va real turlarga bo‘linadi.
Genetik ta’rif. Genetik ta’riflash (yunon. «genezis.» so‘zidan kelib chiqib, «manba» degan ma’noni anglatadi) - buyumlarning paydo bo‘lishi va kelib chiqishini ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi. Masalan, «O‘zbekiston Respublikasi - Markaziy Osiyodagi, sobiq O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining hududida, 1991 yil 31 avgustda paydo bo‘lgan yangi mustaqil davlat», - deb genetik ta’riflashimiz mumkin.
Nominal ta’rif.Nominal ta’rifda tushunchani ifodalagan so‘z, nom va terminning ma’nosi bayon etiladi. Masalan, «teleskop» grekcha «tele» - uzoq, «skop» - ko‘raman, degan so‘zdan olingan bo‘lib, osmon jismlarini uzoqdan kuzatishda ishlatiladigan narsadir.
Demak, nominal ta’rif ta’riflanuvchi terminning ma’nosini ochib berish uchun qo‘llaniladi.
Real ta’rif.Tushunchada ifodalangan narsaning mohiyati va uning muhim belgilarini ochib berilishiga «real ta’rif» deyiladi. Masalan, «huquqiy davlat - o‘z faoliyatida faqat qonunga suyanib ish ko‘radigan siyosiy tashkilotdir», - desak, unda biz mazkur tushunchaning barcha mohiyatli belgilarini ochgan bo‘lamiz va bu real ta’rif bo‘ladi.
6. Ta’riflash qoidalari. Ta’riflash teng hajmli bo‘lishi kerak, ya’ni ta’riflanuvchi tushunchaning hajmi ta’riflovchi qismning hajmiga teng bo‘lishi kerak. Masalan, dogmatizm - aqidalarga asoslangan hamda qotib qolgan ta’limot (teng hajmli).
Ta’riflashda eng yaqin jins tushunchasini olish kerak. Masalan, badiiy adabiyot - voqelikni so‘z va timsollar orqali aks ettiradigan san’at. Ta’rifning tur belgisi faqat ta’riflanuvchi narsaga tegishli bo‘lishi va uning boshqa narsalardan farqini ko‘rsatib berish lozim. Masalan, falsafa - tabiat, jamiyat va inson tafakkuri rivojining eng umumiy qonunlarini o‘rganadigan ijtimoiy fandir. Ta’rif inkor shaklida bo‘lmasligi kerak.Ta’riflanuvchi tushuncha boshqa tushunchalar bilan ifodalanishi va uning mohiyatini ochib berishi lozim.Ta’riflash badiiy iboralarsiz aniq bayon qilingan bo‘lishi kerak. Masalan, hayot - bino kabi chuqur asosga va mustahkam poydevorga ega bo‘lmog‘i kerak, degan fikr to‘g‘ri, lekin so‘zning ta’rifi emas.

Download 39.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling