1. Mantiq fanining predmeti va tarkibiy qismlari Tushuncha va uning turlari


Download 39.17 Kb.
bet5/16
Sana24.12.2022
Hajmi39.17 Kb.
#1059461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Mantiqiy taqqoslashnarsa va buyumlarning boshqa narsa va buyumlar bilan o‘xshashligi yoki farqini aniqlashning mantiqiy usuldir. Aynan taqqoslash usuli yordamida bir tushunchaning boshqa tushunchadan farqli tomoni aniqlanadi va narsa to‘g‘risida yaxlit tushuncha hosil qilinadi. Muayyan narsa haqida tushuncha hosil qilish uchun dastlab, ushbu narsaning boshqalar bilan o‘xshashligi yoki farqini aniqlash lozim. Aynan shu vazifani bajaruvchi mantiqiy usul taqqoslash hisoblanadi.
Tushunchani hosil qilishda foydalaniladigan yana bir muhim mantiqiy usul - bu analiz va sintezdir. Analiz va sintez fikrlashda abstrakt tushunchalarning yordamida amalga oshiriladi va bunday tushunchalarni vujudga keltirishda asosiy usullardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Bilishda u boshqa - taqqoslash, mavhumlashtirish va umumiylashtirish usullari bilan uzviy bog‘lanib qo‘llaniladi.
Mantiqiy analiz - bu tadqiq etuvchi obyektni tarkibiy qismlarga ajratib o‘rganishdir. Ma’lumki, obyektiv voqelik nihoyatda murakkab bo‘ladi, biroq u aniq narsa va hodisalardan tashkil topadi. Ular esa o‘z navbatida, xilma-xil xususiyat va sifatlarga ega. Bunday hodisa va narsalarni bilish va ular to‘g‘risidagi bilimlarimizni chuqurlashtirish uchun shu murakkab narsalarni tarkibiy qismlar, elementlar hamda bo‘laklarga fikran ajratish, ya’ni analiz qilish zarur.
Masalan, tergovchi hodisa sifatida olingan jinoyatning mohiyatiga yetib borish uchun uni turli xil versiya (tusmol)lar asosida tahlil qilib ko‘radi. Jinoyat sodir etilgan joyni ko‘zdan kechiradi, guvohlar bilan ishlaydi, har bir harakatni o‘z fikrlarida qaytadan tiklaydi. Bu holda fikriy tahlil amaliy tahlil bilan bog‘liq bo‘ladi. Lekin analiz fikrlash jarayonida alohida uchramaydi, u har doim sintez bilan birgalikda, u bilan bog‘liq holda keladi.
Sintez - bu analiz yordamida butunning bo‘laklarga ajratilgan qismlari, elementlarini yana fikran to‘plab, yaxlit holda o‘rganishdir. Bir obyektni o‘rganish jarayonida, avvalo, uni bo‘laklarga ajratib, so‘ng bu bo‘laklarni yana bir butunga to‘playmiz. Bunda sintez bevosita amaliy sintez bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi. Masalan, tergovchi jinoyat sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirayot- ganda, dastlab turli xil dalillarni guruhlariga qarab ajratadi (tahlil qiladi), so‘ng bu ma’lumotlarni yig‘adi, sintez qiladi. Sintezlashtirish jarayonida fikr yakkadan umumiyga, qismdan butunga, konkretdan abstraktga boradi. Sintez analiz (tahlil)ga asoslanadi va bilishda tushunchalarning vujudga kelishini yakunlaydi.
Tushunchaning vujudga kelishidagi muhim mantiqiy usul, umuman obyektiv reallikdagi narsa va hodisalarni ularning xususiyatlarini tafakkurda aks ettirishning eng muhim xislatlaridan biri - bu abstraksiyalash, ya’ni mavhumlashtirishdir.
Mavhumlashtirish - bu obyektiv reallikdagi narsa hodisalar- ning ikkinchi darajali, muhim bo‘lmagan alohida xususiyatlaridan uzoqlashib, mavhumlashtirish yordamida ularning eng muhim va asosiy umumiy tomonlarini aniqlashdir. Olamni ilmiy o‘rganishda hodisalarning ichki tomonlarini mohiyatini ochish va ular haqida to‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqarish uchun mavhumlashtirishning ahamiyati juda katta. Mavhumlashtirish qobiliyati - bu fikrlash qobiliyatidir. O‘quvchini mavhumlashtirishga o‘rgatish uning ilm-fanni egallash, konkret hodisalarning umumiy tomonlarini bila olishi uchun juda muhim ahamiyatga ega. Ilmiy mavhumlashtirish narsalarning konkret belgilaridan uzoqlashgan holda ularni chuqurroq bilishga xizmat qiladi. Ilm-fan ilmiy abstraksiyalarga asoslanadi.
Umumlashtirish - narsa va hodisalarning o‘xshash hamda muhim belgi yoki xususiyatlarining bog‘lanishlarini fikrda muayyan tushunchaga birlashtirish jarayoni va uning natijasidir. Umumlashtirish - ilmiy bilishning muhim vositalaridan biri.

Download 39.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling