1. Mantiq fanining predmeti va tarkibiy qismlari Tushuncha va uning turlari


Download 39.17 Kb.
bet14/16
Sana24.12.2022
Hajmi39.17 Kb.
#1059461
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
4. Etarli asos qonuni. Tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar bir-biri bilan bog‘liq holda rivojlanadi. Ular o‘rtasidagi sababli bog‘lanishlar eng muhim bog‘lanishdir. Narsa va hodisalardan birining mavjudligi boshqasining mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Boshqasiga nisbatan avvalroq ro‘y beradigan, boshqasini yuzaga keltiradigan hodisa sabab, undan keyin amalga oshadigan hodisa natija deb ataladi. Sabab hodisani - asos, vujudga kelgan hodisani – oqibat deymiz. Bunday bog‘liqlik inson tafakkurida yetarli asos qonuni shaklida namoyon bo‘ladi. Inson fikri boshqa oldingi bir fikr bilan taqozo qilinadi. Har bir narsa va hodisaning real asosi bo‘lgani kabi, ularni in’ikosi bo‘lgan fikrimiz ham asoslangan bo‘lishi kerak. Bu o‘z navbatida yetarli asos qonunining mazmunini tashkil qiladi. Bu qonunning talabiga binoan har qanday narsa va hodisa haqida aytilgan fikr asoslangan bo‘lishi kerak. Yetarli asos qonuni «Agar V mavjud bo‘lsa, uning asosi sifatida A ham mavjud» formulasi orqali beriladi. Masalan: «Ahmedov a’lochi tinglovchi», degan fikrning isboti uchun yetarli asoslar keltiramiz. Uning hamma fanlardan a’lo baho olganligini isbotlovchi Tafakkur qonunlari, tafakkur shakllari kabi uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyot natijasidir. Bu qonunlar aqliy faoliyatning hamma ko‘rinishida rioya qilinishi lozim bo‘lgan qonunlardir.
Mantiq fani tafakkur qonunlari bilan bir qatorda to‘g‘ri fikr yuritish qoidalarini ham o‘rganadi.
Tafakkur qilish qoidalari: muayyanlik, izchillik, ziddiyatsizlik, asoslanganlik.
1. Tafakkurning muayyanligi qoidasi. Har bir fikrning aniq va ravshan bo‘lishi zarurligi tafovutiga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri hisoblanadi va u doimo biror-bir voqea-hodisaning zaruriy in’ikosidir. Shuning uchun tushuncha, hukm, xulosa kabi mantiqiy tafakkur shakllarning qanday xususiyatlarga egaligidan qat’i nazar, eng avvalo, ular muayyan narsa va buyumlardagi mohiyatli belgilarning ifodasi bo‘ladi.
Muayyan buyumning xuddi shu buyumligi, uning o‘zga buyum emasligi har bir narsaning vaqt, jarayonlarda o‘z-o‘ziga baravar bo‘lishi mantiqdagi mavhumlikka, predmetni fikriy tahlil etishning muayyanlik talabiga mos keladi.
Nega muayyanlik talabiga shunchalik e’tibor beriladi?
Buning sababi - har bir bog‘lanishlarning murakkab halqalaridan inson o‘zi uchun zarur bo‘lgan jihatlarni ajratib o‘rganishi, hodisalarning mohiyatini tezroq tushunib yetishidir.

Download 39.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling