1. Mantiq fanining predmeti va tarkibiy qismlari Tushuncha va uning turlari


Sintaksis ( yunoncha «qurilma», «tartib»)


Download 39.17 Kb.
bet3/16
Sana24.12.2022
Hajmi39.17 Kb.
#1059461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Sintaksis ( yunoncha «qurilma», «tartib») semiotikaning muhim bir tarmog‘i bo‘lib, tilning tuzilishini, turli belgilari o‘rtasidagi aloqa, shakllanish usullarini o‘rganadi.
Semantika (yunoncha ««ifodalaydigan») til belgilari bilan unda ifodalangan obyekt o‘rtasidagi munosabatni tahlil qiladi.
Pragmatika (yunoncha «ish», «harakat») kishilarning belgilarga munosabatini o‘rganadi. Bunda belgilar yordamida kishilar o‘rtasidagi vujudga keladigan munosabatlar ham tahlil qilinadi.
Til o‘z navbatida ikkiga, ya’ni tabiiy va sun’iy tillarga bo‘linadi.
Tabiiy til - kishilar o‘rtasida tarixan shakllangan tovushlar (nutq) va grafika (yozuv)ning axborot belgilari tizimidir. Tabiiy til kishilarning tarixan birligi asosida paydo bo‘ladigan jonli so‘zlashuvlarda, keyinchalik grafik yozuvlarda ifodalanadi. Bu esa belgi - axborot tizimini tashkil qiladi. U kishilar o‘rtasidagi aloqa vazifasini bajarish ehtiyojini qondirish uchun paydo bo‘ladi va muhim ijtimoiy va tabiiy vazifalarni bajaradi. Til orqalikishilar bir-birlariga axborot beradilar, tajriba almashishadi, ularni to‘playdi va keyingi avlodga qoldiradi.
Sun’iy til - tibbiy til negizida yaratilgan yordamchi axborot belgilari tizimidan iborat bo‘lib, u mavjud xabarlarni aniq, hamda tejamli bayon qilish va uzatish uchun xizmat qiladi. Sun’iy tilda sun’iy yo‘l bilan yaratilgan maxsus belgilar, ya’ni simvollar - ramzlar ishlatiladi. Tabiiy tildagi konkret mazmunga ega fikrlar ilmiy bilishda ana shunday simvollar bilan almashtiriladi. Demak, sun’iy til fikrimizning konkret mazmunidan chetlashgan holda faqat simvollar bilan ish olib borishni ta’minlaydi. Belgi-simvollar asosida alfabitlar tuziladi. Ular aniq ma’nolik, mantiqiy axborot jarayonlarning semantikasini ifodalaydi.
Bugungi kunda zamonaviy mantiq ilmi sun’iy til yordamida fikrlash qonun va shakllarini nazariy tahlil qilmoqda. Shuning uchun simvolik mantiq deb ham yuritiladi. Tilning semantik kategoriyalari til ifodalarining sinflaridan iborat bo‘lib, ular bir-birlaridan qanday obyektlarni aks ettirishlari bilan farq qiladi. Asosiy semantik kategoriyalar qatoriga gap va uning tarkibida nisbatan mustaqil holda mavjud bo‘lgan qismlari - deskriptiv va mantiqiy atamalar kiradi. Gap o‘z navbatida: darak gap; so‘roq gap; buyruq va undov gaplarga bo‘linadi. Hukmni ifoda qiluvchi gap narsaga birorta belgi va xususiyatning xos yoki xos emasligini tasdiqlaydi yoki inkor etadi. Hukm darak gapdan iborat bo‘ladi.
Gapda narsalarni, ularning xossa munosabatlarini aks ettiruvchi ifodalar deskreptiv atamalar deyiladi. Deskreptiv atamalar o‘z navbatida, narsaning nomi, funksional belgilari va predikatorlarga bo‘linadi.
Narsalarning nomlari ayrim so‘zlar va so‘z birikmalari bo‘lib, ular moddiy (planeta, elektr toki) va ideal (sezgi, tafakkur) narsalarni ifodalaydi. Narsa nomi belgidan iborat bo‘lganligi uchun o‘z mazmuni va ma’nosiga ega. Nomning mazmuni narsani ifoda qiladi va mantiqda denotat deb ataladi. Nomning ma’nosi esa narsaning muhim, umumiy belgilarini ifoda qiladi va konsent deb ataladi. Masalan «Aristotel», «Logika fanining asoschisi», «Topika» asarining muallifi, kabi ifodalarning mazmunini bir xil, ya’ni bitta narsani ifodalaydi, ma’nosi esa turli xil, ya’ni fikr qilinayotgan obyektning har xil belgilarini qayd qiladi.
Shuningdek, nomlar yakka (Toshkent shahar) yoki umumiy (shahar) bo‘lishi mumkin. Yakka nom bitta predmetni, umumiy nom esa narsalar sinfini aks ettiradi.
Predikatorlar gapda kesim o‘rnida kelib, o‘zi taalluqli nomning miqdoriga bog‘liq holda bir o‘rinli yoki ko‘p o‘rinli bo‘lishi mumkin. Bunda narsaning xossasini ifoda qiluvchi predikatorlar bir o‘rinli, ular o‘rtasidagi munosabatlarni ifoda qiluvchi predikatorlar ko‘p o‘rinli predikatorlar hisoblanadi. Masalan, «O‘zbekiston mustaqil respublikadir», degan mulohazada predikator bir o‘rinli, «O‘zbekiston Qozog‘iston bilan iqtisodiy shartnoma tuzdi», degan fikrda «iqtisodiy shartnoma tuzdi» predikatori ikki o‘rinli, «O‘zbekiston Sirdaryo va Amudaryo oralig‘ida joylashgan», degan fikrda «oralig‘ida joylashgan» predikatori uch o‘rinlidir.
Mantiqiy atamalar (mantiqiy konstantlar) doimiy mantiqiy qiymatga ega bo‘lib, gapda deskreptiv atamalarni bog‘lashda ishlatiladi.
Mantiqiy atamalar:
- konyunksiya (birlashtiruvchi) - (a/\v) - va, ham;
- dizyunksiya (ayiruvchi) - (a\/v) - yoki, yo, yoxud;
- implikatsiya (shartli) - (a ^ v) - agar , u holda;
- ekvivalent (tenglik) - ( a = v );
- inkor - belgilar ustiga qo‘yilgan chiziq inkorini bildiradi a (a emas).



Download 39.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling