1. Mantiq fanining predmeti va tarkibiy qismlari Tushuncha va uning turlari


Download 39.17 Kb.
bet4/16
Sana24.12.2022
Hajmi39.17 Kb.
#1059461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
2.Tushuncha va uning turlari
1. Tushuncha - tafakkur shakli sifatida. Inson tushunchalar vositasida fikrlaydi va o‘zaro munosabatda aynan shu tushunchalar orqali bir-biri bilan muloqotda bo‘ladi. Insonning dunyo va dunyoning qonunlari mohiyatini bilishi kundalik ong darajasidagi tushunchalar va ilmiy tushunchalar - kategoriyalar shaklida namoyon bo‘ladi.
Tushuncha - bu narsa va hodisalarning umumiy, muhim, o‘ziga xos belgi va xususiyatlarining inson ongida yaxlit aks ettiruvchi tafak kur shaklidir.
Tushuncha tafakkur shakllaridan biri sifatida insonning oddiy hissiy bilish shakllari - sezish, idrok va tasavvurdan farq qiladi.
Sezish - narsalardagi ayrim jihatlar (rang, ta’m, hid va boshqalar)- ning inson ongidagi aksidir, idrok esa narsalarning inson miyasida to‘la, yaxlit holda in’ikos etishidir. Tasavvurda inson oldindan idrok qilgan holatlarning obrazlarini ko‘z oldida tiklaydi. Demak, ko‘rib turganimizdek sezgi, idrok, tasavvur kabi hissiy bilishning shakllari bevositalik hamda ko‘rgazmalikka asoslanar ekan.
Tushunchada esa muayyan bir guruh narsalarga xos bo‘lgan muhim va zaruriy belgilar umumlashtiriladi, natijada insonning tafakkurida alohida bir xususiyatga, ya’ni shakl, rang va boshqa belgilarga ega bo‘lgan aniq bir narsa - stol yoki stul emas, balki ularning umumiy obrazi shakllanadi.
Tushuncha bir-biriga o‘xshash narsa va hodisalarning umumiy hamda muhim tomonlarini ongimizda aks ettiradi. Chunki shu belgilar narsaning mohiyatini ko‘rsatadi.
Tushunchaning belgilari deganda nima tushuniladi? Agar narsa-hodisalar biron jihati bilan bir-biriga o‘xshash yoki farqli bo‘lsa, shu o‘xshashlik yoki tafovut narsa va hodisalarning belgisi deb aytiladi. Biz ongimizda aks etgan narsa va hodisalarning belgisini «tushunchaning belgisi» deb ataymiz.
Narsa va hodisalarning belgilari juda ko‘p. Ularning narsaga bo‘lgan ahamiyati nuqtayi nazaridan muhim va nomuhim belgilarga bo‘linadi.Narsa va hodisalarning ma’lum nisbatda olingandagi tub xususiyatlarini ifodalovchi belgi «muhim belgi» deb ataladi. Narsalarning mavjudlik mohiyatiga ta’sir qilmaydigan xususiyatlarini ifodalovchi belgi «nomuhim belgi» deb ataladi.
Belgilarni muhim va nomuhim belgilarga ajratish nisbiydir. Chunki bu holat insonning faoliyati va tajribasiga bog‘liq hamda o‘zgaruvchandir. Inson bilim doirasiga binoan o‘zgarib boradi. Muhim belgi nomuhimga, nomuhimdan muhimga o‘tib boradi. Demak, tushunchada narsa va hodisalarning birinchidan, eng umumiy va ikkinchidan, muhim belgilari ifodalanar ekan.
Tushuncha narsa va hodisalarning umumiy, muhim, o‘ziga xos belgi va xususiyatlarini insonning ongida yaxlit aks ettiruvchi tafakkur shaklidir.
Tushunchaning nima ekanligi haqida dastlabki tasavvur olganimizdan so‘ng uning shakllanishi asoslarini, boshqacha qilib aytganda, tushuncha shakllanishining mantiqiy usullarini bilib olishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Mantiq ilmida tushunchaning shakllanishida taqqoslash, analiz, sintez, mavhumlashtirish va umumlashtirish kabi mantiqiy usullar muhim rol’ o‘ynaydi.

Download 39.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling