1 Ma’ruza: Gazbeton buyumlari uchun xom ashyo materiallari
Qumni boyitish va fraktsiyalarga ajratish
Download 4.32 Mb.
|
1 Maruza Gaz. ko\'p. beton xom ashyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasm- Spiralsimon klassifikatorning sxemasi
Qumni boyitish va fraktsiyalarga ajratish
Agar mavjud qum koni donadorlik tarkibiga ko’ra yoki xavfli qo’shimchalar miqdoriga ko’ra standart talablariga to’g’ri kelmasa va sifatli qumni olib kelish katta sarf harajatlarni talab etsa, u holda qumni boyitish, iqtisodiy samara beradi. Qumni boyitish bu 5 mm dan yirik donalarni olib tashlash, changsimon va gilsimon zarralarni yuvib tozalash va donadorlik tarkibini yaxshilashdan iborat. Qumdan shag’alni ajratish titratiladigan yassi va barabanli g’alvirlarda amalga oshiriladi. Qumdan changsimon, gilsimon va loyqa qo’shimchalarni yo’qotish uchun turli konstruktsiyali qum yuvgichlar va klassifikatorlar ishlatiladi. Bunday ikkita mashinaning sxemasi rasm-4.7 va rasm-4.8 da keltirilgan. Rasm- Spiralsimon klassifikatorning sxemasi: 1- qumni ortish; 2- ifloslangan suvni to’kish; 3- aylanuvchi spiralь; 4- suvni uzatish; 5- yuvib tozalangan qumni bo’shatish. Rasm- Qum yuvish apparati: 1- suvni uzatish; 2-yuvilgan qumni bo’shatish; 3- xalqali elevator; 4-konussimon baraban; 5-qumni ortish; 6-ifloslangan suvni to’kish. Qumni suvda yuvish, bu uni suvli muhitda aralashtirish va tozalashdan iborat bo’lib, bunda qum donasi sirtini qoplab turgan gilli qo’shimchalar va parda suv bilan birikib changlar bilan birgalikda loyqaga aylanadi, toza suv qo’yib oqiziladi. Qum yuvgichlar shu taxlidda ishlaydi. Tabiiy qum-shag’alli aralashmadan qumni navlarga ajratishda elaklardan foydalaniladi va shu elaklarning o’zida qumlar yuviladi va ifloslangan suv chiqarilib yuboriladi. Biroq bunday yuvish ishlarining sifati maxsus qum yuvgichlar ishlatganga nisbatan pastroq. Qumni yuvgandan so’ng uni qayta quritish shart bo’lib, bu ayniqsa qishki mavsumda texnologik jarayonni murakkablashtiradi. SHu sababli qumni quruq usullarda boyitishga ham e’tibor beriladi, masalan havoga uloqtirilgan qumni havo oqimida tozalash. Bunday usulda tabiiy qum donasi sirtidagi gil pardasini yo’qotib bo’lmaydi, biroq tosh maydalash chiqindilari asosidagi va maydalangan qum tarkibida mavjud chang bo’laklarini olib tashlash mumkin. Qumni boyitishdan asosiy maqsad qumning talab etilgan donadorlik tarkibini ta’minlash hisoblanadi. Respublikamizning ko’pgina tumanlarida mavjud konlardagi qum o’ta maydadir. Ularni betonda qo’llaganda sement sarfini 20-30% va ba’zan 50% gacha oshiradi. Bunday qumlarni tashib keltiriladigan tabiiy qum yoki maydalangan qum qo’shib boyitish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Sinov savollari Qurilish ashyolarining ko‘rsatkichlariga ko‘ra tasnifi. Qurilish ashyolari fani va uning nazariy asoslari. Standartlash tizimi va me’yoriy hujjatlar. Qurilish ashyolarining zichligiga, g‘ovakligiga ko‘ra xossalarini izohlang. Qurilish ashyolarining xossalari, sifati va umumiylik haqida tushuncha. Download 4.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling