1 Ma’ruza: Gazbeton buyumlari uchun xom ashyo materiallari
Rasm-. Og’ir beton uchun ishlatiladigan qumning donadorlik tarkibiga qo’yiladigan talablar
Download 4.32 Mb.
|
1 Maruza Gaz. ko\'p. beton xom ashyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy qumni qazib olish
Rasm-. Og’ir beton uchun ishlatiladigan qumning donadorlik tarkibiga qo’yiladigan talablar:
1- qum yirikligining ruxsat etilgan pastki chegarasi (Mk=1,5); 2 - V15(M200) va undan yuqori markali betonlar uchun ishlatiladigan qum yirikligining ruxsat etilgan pastki chegarasi (Mk=2); 3 – V25(M350) va undan yuqori markali betonlar uchun ishlatiladigan qum yirikligining ruxsat etilgan pastki chegarasi (Mk=2,5); 4- qum yirikligining ruxsat etilgan yuqori chegarasi (Mk=3,25); Tabiiy quruq kvarts qumining uyma zichligi tahminan 1500-1600 kg/m3 ni va bo’shliqligi -30-40% ni tashkil etadi. Tabiiy qumni qazib olish Tabiiy qum, qum va qum-shag’alli konlardan qazib olinadi. Qum-shag’alli aralashmani navlarga ajratishda qum olinadi. Qum konlari kelib chiqish sharoitiga qo’ra boshqa foydali qazilmalar kabi tog’ oldi, tekislik va suvda olinadigan turlarga bo’linadi. Tog’ oldi jinslari tog’ yonbag’irlarida joylashadi. Bunda qumni qazib olish joyi o’rab turgan atrof-muxit va transport yo’llaridan tepada joylashgan bo’ladi. Bu konlarda hamma vaqt quruq qum uchraydi. Tekislik konlarida qum yer yuzasidan pastda va ba’zan grunt suvlaridan pastda yuzaga keladi va yig’iladi. Bu konlar quruq yoki suvli holatda bo’ladi. Qumni qazib olish usulidan kelib chiqib, kondan suvni yo’qotish uchun quritiladi (drenajda) yoki qumni olish uchun suv bilan to’ldiriladi. Suvli konlarda qum daryo, ko’l va boshqa suv havzalaridan suv ostidan olinadi. SHunday qilib, konlarda qumlar ochiq usulda yoki yopiq usulda ishlab chiqariladi. Qumni ochiq usulda qazib olish eng ko’p tarqalgan. Konlardagi qumlar zamin, gil va boshqa jinslar ostida yig’iladi. Bu qavatni ochish qavati deyiladi va uni hajmining foydali qazilma hajmiga nisbati ochish koeffitsientini ifodalaydi. Ochish ishlari, kon chegarasidagi ochish qavatini olib tashlash, foydali qazilmalar ustini ifloslantiruvchi va boshqa zararli jinslardan tozalash uchun bajariladi. Konlarni ochishda buldozer, skreperdan foydalaniladi va ba’zan katta hajmdagi ochishda ekskovatorlarda chuqurlarga jo’natish bajariladi. Konlarda ochish ishlari bajarilgandan so’ng, transport yo’llari va ishlash pog’onalari hosil qilishda transheyalar yotqiziladi (rasm-4.4). Ishlash pog’onalari balandligi 6-10m va undan yuqorini tashkil etadi. U bevosita ekskavator cho’michi balandligiga bog’liq. Agar qum konda katta qatlamda mavjud bo’lsa, u holda uni qayta ishlash qavatma-qavat bajariladi. Qazib olish qavatining eni ekskavator cho’michi radiusiga bog’liq holda 1,2-1,3m ni tashkil etadi. Ochiq konlarda qumni qazib olishda turli tipdagi ekskavatorlar, skreperlar va boshqa mashinalar ishlatiladi. Eng ko’p bir cho’michli to’g’ri kurakli ekskavatorlar (cho’mich sig’imi 0,25-15m3) qo’llaniladi. Bunday ekskavatorlarning cho’michi balandligi 6-30m bo’lib, qazish radiusi 6-40m ni tashkil etadi. To’g’ri kurakli bunday ekskavatorlar ishlash pog’onasining pastki maydonida transport vositalari bilan bir qatorda joylashadi. Ekskavator–draglaynlar bir kovshlidan shunisi bilan farq qiladiki, ularning cho’michi katta belkurakli tipda bo’lib, o’qda kanatlarda osilgan bo’ladi. Draglayn o’zi turgan joyning pastki qismini qaziydi, shu sababli konning yuqori maydonida ishlaydi. Download 4.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling