1 Ma’ruza: Gazbeton buyumlari uchun xom ashyo materiallari


Download 4.32 Mb.
bet2/10
Sana28.10.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1729304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 Maruza Gaz. ko\'p. beton xom ashyo

Kvarts qumi zaxiralari

Viloyat nomi

Konlar soni, dona

Zahirasi, ming.tonna

Qoraqalpog’iston
Respublikasi

1

59

Jizzax

1

145,7

Qashkadaryo

1

2021

Navoiy

2

33576,7

Toshkent

3

19552,9

Jami:

8

55355,3

Ohakto
shAvtoklavsiz gazoblok tarkibi
Sulfat natriy
Ohak
Kaustik soda
Sement
Sement
Suv
Suv
Qum Qum
Alyuminiy pudra
Oxak
Tarkibida ko’pi bilan 6 % gacha gilli aralashmalar bo’lgan kaltsiy va magniyli karbonat tog’ jinslarini 1000-1200°S mo’tadil pishirish natijasida olingan mahsulot havoda qotadigan ohak deyiladi. Pishirish natijasida olingan mahsulot bo’lak-bo’lak oq yoki kulrangdagi kalptsiy va qisman magniy oksidlaridan iborat bo’lib u so’ndirilmagan ohak kesagi deb yuritiladi.
So’ndirilmagan ohak tarkibida magniy oksid 5% dan kam bo’lsa, kam magneziyali, 5-20 % gacha bo’lsa magneziyali, 20-40 % bo’lsa dolomitlashgan ohak deb ataladi.
Ohakni pishirish jarayoni asosan xom-ashyo tarkibidagi CaCO3 va MgCO3 larning kalptsiy oksid (CaO), magniy oksid (MgO) va karbonat angidrit gazi (CO2) ga parchalanishiga asoslangan: CaCO3 = CaO + CO2. Ohaktosh tarkibidagi magniy karbonat ham kuydirish jarayonda parchalanadi MgCO3 = MgO + CO2.
Yuqori sifatli donalar ohak olish uchun ohaktoshni tarkibidan CO2 butunlay chiqarib yuborilmaguncha, bir meoyorda kuydiriladi. Kuydirishdan keyin qolgan kalptsiy va magniy oksidlari (CaO + MgO) ohakning aktiv tashkil etuvchilari hisoblanadi; ularning miqdori materialning bog’lovchi xolidagi sifatini belgilaydi. Bundan tashqari, donador ohak tarkibida, odatda biroz chala kuygan va o’ta kuygan ohak bo’ladi. CHala kuydirish parchalanmagan kalptsiy, karbonat pechga ohaktoshning xaddan tashqari katta bo’laklari solinganda yoki kuydirish harorati yetarli darajada yuqori bo’lmaganda hosil bo’ladi. CHala kuydirlgan ohak kariyb boglash xossalariga ega bo’lmaydi va shu sababli ballast hisoblanadi. O’ta kuydirilgan ohak xaddan yuqori harorat ta’siri ostida kalptsiy oksidining aralashmalar - qum tuproq, gil tuproq va temir oksidi bilan qovushishi natijasida hosil bo’ladi. O’ta kuydirilgan ohak donalari juda sekin so’nadi. Ohakni o’ta kuydirish xavfli, chunki undagi so’ndirilmagan zarrachalar qotib qolgan ohak qorishmasida so’na boshlashi va suvoqda, silikat buyumlarda darzlar hosil qilishi mumkin.
Pechdan chiqqan so’ndirilmagan ohak kesagi yarim mahsulot hisoblanadi. Uni tegirmonlarda tuyib so’ndirilmagan ohak kukuni olinadi. U so’ndirilgan ohakdan tez tutib qolishi va qotishi bilan farq qiladi. Ohak kesagini maydalash jarayonida oxak sifatini belgilaydigan va uning narxini pasaytiradigan - shlaklar, kullar, qum, pemza, ohaktosh kiritish mumkin. SHunday usulda, masalan, 30-40 % so’ndirilmagan ohakdan va 70-60 % o’tga toblab qizdirilmagan ohaktoshdan iborat karbonat ohagi olinadi. Bu ohakdan qish sharoitlarida ishlatiladigan, o’z-o’zini isituvchi qurilish qorishmalari tayyorlash uchun foydalaniladi.

Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling