1 Ma’ruza: Gazbeton buyumlari uchun xom ashyo materiallari


Maydalash chiqindilari asosidagi qum


Download 4.32 Mb.
bet9/10
Sana28.10.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1729304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 Maruza Gaz. ko\'p. beton xom ashyo

Maydalash chiqindilari asosidagi qum
Beton uchun yaroqli qum tog’ jinslarini maydalash orqali ham olish mumkin, ayniqsa talabga javob bermaydigan tabiiy qum mavjud tumanlarda ko’p ishlab chiqariladi. Maydalash chiqindilari asosidagi qum olishda otqindi, metamorfik yoki zich tog’ jinslari, hamda shag’al ishlatiladi.
Dastlabki tog’ jinslari suvda saqlagan holda mustahkamligi bo’yicha maydalash chiqindilari asosidagi qum to’rtta markaga bo’linadi (tog’ jinsi mustahkamligi chegarasi 100, 80, 60 va 40 MPa dan kam bo’lmasligi kerak).
Otqindi va metamorfik tog’ jinslarining mustahkamlik chegarasi
60MPa dan kam bo’lmasligi, cho’kindi tog’ jinslari esa 40MPa dan kam
bo’lmasligi kerak.
Dastlabki tog’ jinslarining mustahkamligidan tashqari ularning
tarkibi xam muhimdir. Izlanishlar shuni ko’rsatadiki maydalangan qum
donalarining shakli ikkita faktorlarga bog’liq: maydalangan jinslar
strukturasiga va maydalash usuliga. Eng yaxshi qum mayda va o’rta
donadorlikdagi tog’ jinslarini maydalashda olinadi. Bunday qumning
donalari yuzasi mikrorelьefining balandligi 170-190 mkm ni tashkil etadi, bu esa uning betonda sement bilan bog’lanishini ta’minlaydi. Yirik donadorli, yopiq kristall va shishasimon jinslarni maydalashda
plastinkasimon va ninasimon shakldagi qumlar olinadi. Ularning yuzasi mikrorelьefi kichik balandlikka ega.
Bundan tashqari, yirik donadorli yarim mineralli tarkibli tog’
jinslari (masalan, granit)nimaydalash orqali monomineral tarkibli (kvarts, dala shpati, slyuda) qum donalari olinadi, u esa sement toshida kichik bog’lanishi bilan farq qiladi.
Tog’ jinslarini maydalash usuli maydalash uskunalariga bog’liq. SHu narsa aniqlanganli jinslarni siqish printsipi asosida ishlaydigan
maydalash uskunalari (jag’li, konusli, valkli)da ko’p miqdorda plastin-kasimon va ninasimon shakldagi qum donalari olinadi, zarb ta’sirli maydalagichlarda esa (bolg’ali)-nisbatan kam olinadi.
O’zRST 8736-93 “Qurilish ishlari uchun qum. Texnik shartlar” talabiga ko’ra qum donalari shakli kubga yaqin bo’lsa, u holda uning bo’shliqligi ham kichik bo’ladi, o’z navbatida betonda sement sarfi ham kamayadi.
Maydalangan qumlarning donadorlik tarkibiga yuqorida kelti-rilgan talablar qo’yiladi. Agar tog’ jinsi chidamsiz ruda minerallari, kremnezemning amorf turlari va boshqa salbiy qo’shimchalardan tashkil topmasa, u holda qum olishda maydalashda faqat chang (tosh kukuni) keraksiz mahsulot sifatida chiqadi.
Qum tarkibidagi chang tabiiy qumdagi gil singari beton uchun salbiy tasiri kam, shu sababli standartga ko’ra chang 1-3%gacha ruxsat etiladi.
Maydalangan qum asosidagi betonda to’ldiruvchilarning bog’lanishi va uning mustahkamligi tabiiy kvarts qum asosidagi betonga nisbatan yuqori bo’lib, nafaqat siqilishga balki cho’zilishga ham yaxshi ishlaydi. Bunday betonlar sovuqqa chidamliligi va boshqa xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Biroq hozirgi vaqtda tosh maydalash chiqindilarining 5mm dan kichigi qurilishda kam ishlatiladi, ya’ni tosh chaqiq toshi ishlab chiqarishda bu massa katta hajmda chiqadi. Bu sanoat chiqindilaridan tosh kukunini ajratish (suvda yuvish yoki quruq boyitish ) natijasida beton uchun sifatli qum olish mumkin.
Maydalash chiqindilari asosida va boyitishda olingan qum O’zRST 8736-93“Qurilish ishlari uchun qum. Texnik shartlar”da nazarda tutilgan.

Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling