1 Ma’ruza: Gazbeton buyumlari uchun xom ashyo materiallari
Rasm-. Qumni ochiq holatda qazib olish
Download 4.32 Mb.
|
1 Maruza Gaz. ko\'p. beton xom ashyo
Rasm-. Qumni ochiq holatda qazib olish:
pastki maydon; 2-qiyalik; 3-yuqori maydon; 4-ishlov berilayotgan maydon. Ko’p cho’michli ekskavatorlar hozirda eng ko’p ishlatiladi. Zanjirli ko’p kovshli ekskavatorlar konveyr shaklidagi to’xtovsiz harakatlanuvchi cho’michlardan iborat. CHo’michlarni bo’shatish lentali transporterga tashlash bilan bajariladi. Agar qum koni bir jinsli bo’lmay, qavatma-qavat yuzaga kelgan bo’lsa, donalari yirikligi bilan farq qilsa, u holda ko’p cho’michli ekskavatorda qazib olishda qumning donadorlik tarkibi mo’tadillashtiriladi, bu esa ijobiy faktor hisoblanadi. Zanjirli ekskavatorlar o’rniga ko’p cho’michli rotorli ekskavatorlar ham ishlatiladi, Ko’p cho’michli ekskavatorning bir cho’michlidan afzallik tomoni: qazish ishlarini uzluksiz davom ettirish, transport vositalarini bir xil to’ldirish, 1t massa uchun ishlab chiqarishning katta mahsuldorligi, energiyaning kam solishtirma sarfi. Qum koni uchun asosiy transport turi tirkamali va yarim tirkamali avtosomosvallar va avtotyagachlar hisoblanadi. Bundan tashqari elektromotorli samosval-trolleyvozlar, o’zi to’kar tirkamali traktorlar, temir-yo’l transportlari (motovozlar, elektrovozlar, qum to’kar vagonlar va platformalar), kanatli osma yo’llar kiradi. Konveyr transportini ishlatish ekskavatorlar ishlashini uzluk-sizligini ta’minlaydi, ularning mahsuldorligini 35-50% ga oshiradi, boshqarish va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish imkonini beradi. Olingan qumning tannarxini va kapital harajatlarni pasaytiradi. Kon ichida va undan tashqarida ko’p kilometrli konveyr trans-portidan foydalanish imkoniyati mavjud. Suvli konlarda mavjud suv ostidagi qumlarni qazib olish ekskavator-draglaynlarda, kanatli skreyperlarda amalga oshiriladi va eng samaralisi bu gidromex-anizatsiyalashgan qazib olish hisoblanadi. Markazdan qochma tuproq so’rgichlardan tashqari qum suvli aralashmani qazib olishda gidroelevatorlar ishlatiladi. Qum suvli aralashmalar qirg’oq bo’yidagi maxsus ombor maydonchasida yig’iladi, u yerdagi suv havzaga qaytariladi. Bunda bir vaqtning o’zida qumni chang va gilsimon qo’shimchalardan tozalash, boyitish va fraktsiyalash ishlari bajariladi. Qumni gidromexanizatsiyalashgan qazib olish faqat daryo yoki boshqa suv havzalarida emas, balki suvli tekislik konlarida ham ishlatish mumkin. Suv yuzasidan yuqorida joylashgan qum konlarini qayta ishlash gidromonitorlarda bajariladi. Gidromonitor o’zida boshqariladigan trubali stvol va ohirida tor nasadkani mujassamlashtiradi. Nasos yordamida yaqin masofadagi suv havzasidan uzatilgan suv gidromonitordan katta tezlikda tomchilab otiladi. Tog’ konlari sanoatida ishlatiladigan gidromonitorlar o’ta mustahkam tog’ jinslarini buzish xususiyatiga ham ega. Qumni olishda suvning 0,3-0,5MPa bosimi yetarli bo’ladi. Maxsus chuqurlikka suv-qumli aralashma o’z og’irligida harakatlanadi, agar qiyalik yoki tuproq so’ruvchi bo’lsa trubalar yordamida uzatiladi. Download 4.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling