1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari
Download 0.89 Mb.
|
geosiyosat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sharqiy Afrika.
- Markaziy Afrika.
G‘arbiy Afrika. Ushbu mintaqa o‘z ichiga 16 ta davlatni qamrab oladi. Ular qatoriga quyidagi davlatlarni qamrab oladi: Benin, Burkina – Faso, Gambiya, Gana, Gvineya, Gvineya-Bisau, Kabo-Verdi, Kotdivuar, Liberiya, Mavritaniya, Mali, Niger, Nigeriya, Senegal, Serra-Leone. Mintaqaning maydoni – 6,1 mln. km. kv. ni tashkil qiladi. Aholisi – 391 mln. kishiga (2019 y.) teng. Mintaqa davlatlarining barchasi dalat tuzumiga ko‘ra respublika boshqaruv shakliga ega.
Sharqiy Afrika. Ushbu mintaqa Afrika kontinentining sharqiy Hind okeani qirg‘og‘i va orollarida, shimoldan Somali davlatidan tortib, Mozambikkacha bo‘lgan davlatlar guruxidan tashkil topgan. U o‘z ichiga quyidagi 20 ta davlatni qamrab olgan: Burundi, Jibuti, Zambiya, Zimbabve, Keniya, Komor orollari, Mavrikiy, Madagaskar, Mayotta, Malavi, Mozambik, Reyunon, Ruanda, Seyshel orollari, Somali, Tanzaniya, Uganda, Eritreya, Efiopiya, Janubiy Sudan. Mazkur mintaqaning umumiy maydoni 6,3 mln km. kv.ni tashkil qiladi. Bu yerda jami 434 mln. kishi (2019 y.) istiqomat qilmoqda. Hudud salohiyatiga ko‘ra Efiopiya (1,1 km. kv.), Tanzaniya (945,0 ming km. kv.), Mozambik (801,6 ming km. kv.), Zambiya (752,6 ming km. kv.) alohida ajralib turadi. Shuningdek, mintaqaning 12 ta davlati, maydoni 500 ming km. kv. dan kichik. Ular orasida Mayotta va Seyshel kabi orol davlatlar bor. Demografik salohiyatiga ko‘ra Efiopiya (112,1 mln. kishi, 2019 y.), Tanzaniya (58,0 mln. kishi), Keniya (52,6 mln. kishi), Uganda (44,3 mln. kishi) davlatlari mintaqada alohida o‘rin tutadi. Shu bilan birga, Mayotta, Reyunon, Komor orollari, Djibuti, Seyshel orollarining aholisi soni juda kamchilik ekanligini aytish lozim. Ta’kidlash joizki, Sharqiy Afrika mintaqasi davlatlarining barchasi davlat tuzumiga ko‘ra respublika boshqaruviga ega davlatlar hisoblanadi. Ular orasida prezidentlik respublikalari ko‘p. Shu bilan birga, Mayotta va Reyunon Fransiyaning dengizorti departamentlari hisoblanadi. Markaziy Afrika. Bir butun olganda, Afrika kontinenti iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasiga ko‘ra jahonning eng kuchsiz rivojlangan mamlakatlarini o‘zida mujassam qilganligi bilan alohida ajralib tursa, bu borada, ayniqsa Markaziy Afrika davlatlari, nafaqat ushbu kontinentda, balki jahonda ham eng quyi o‘rinlarni egallashi bilan e’tiborni o‘ziga tortadi. Hozirgi davrda jahondagi eng qoloq davlatlar o‘ntaligi tarkibidan joy olgan davlatlarning barchasi Afrika davlatlari hisoblanib, ulardan 2 ta davlat (Markaziy Afrika Respublikasi va Kongo Demokratik Respublikasi) aynan Markaziy Afrika mintaqasida joylashgan. Markaziy Afrika mintaqasining umumiy maydoni 6,6 mln km. kv.ni tashkil qilib, bu yerda jami 174 mln. aholi (2019 y.) istiqomat qilmoqda. Siyosiy geografik tarkibiga ko‘ra Markaziy Afrika o‘z ichiga quyidagi 9 ta davlatni qamrab oladi: Angola, Gabon, Kamerun, Kongo, Kongo Demokratik Respublikasi, San Tome va Prinsipi, Markaziy Afrika Respublikasi, Chad, Ekvatorial Gvineya. Mintaqa davlatlarining barchasi davlat tuzumiga ko‘ra respublika boshqaruv shakliga ega. Ularning ko‘pchiligi prezidentlik respublikalari hisoblanadi. Markaziy Afrika mintaqasi davlatlari turlicha hudud, tabiiy resurs, demografik va iqtisodiy salohiyatga ega. Ular orasida maydoni xajmiga ko‘ra Kongo Demokratik Respublikasi (2,3 mln.kv.km), Chad (1,28 mln.kv.km), Angola (1,24 mln. kv.km) davlatlari yetakchilik qilsa, aksincha San Tome va Prinsipi (1001 kv.km.) va Ekvatorial Gvineya (28,0 ming kv.km.) hududining ancha kichik ekanligi bilan ajralib turadi. Demografik salohiyatiga ko‘ra mintaqada Kongo Demokratik Respublikasi (86,8 mln.kishi) yetakchi, undan keyingi o‘rinlarni Angola, Kamerun va Chad Respublikalari egallaydi. San Tome va Prinsipida atigi bir necha yuz ming aholi yashaydi, Ekvatorial Gvineya aholi soni esa 1,4 mln kishiga teng. Mintaqaning faqatgina ikkita davlati – Chad va Markaziy Afrika Respublikasi bevosita dengiz chegarasiga ega emas. Qolgan barcha davlatlar esa Atlantika okeaniga tutash joylashgan. Bu esa ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling