Fuqarolar uzini uzi boshqarish organlarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishdagi ishtiroki
Fuqarolarning uzini uzi boshkarish organlari: aholi punktlari, suv ta’minoti manbalari, ijtimoiy va madaniy ob’ektlarning sanitariya va ekologik holati ustidan nazorat amalga oshirilishiga yordam beradilar;
fuqarolarni favqulodda vaziyatlar okibatlarini bartaraf etishga jalb kiladilar;
qonun hujjatlariga muvofik boshka choralarni amalga oshiradilar.
Jamoat birlashmalarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishdagi ishtiroki
Jamoat birlashmalari favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etishlari mumkin.
Jamoat birlashmalari favqulodda vaziyatlar manbalari va ularni bartaraf etish choralari tugrisida davlat hokimiyat va boshkaruv organlaridan, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan belgilangan tartibda ahborot olish huquqiga ega.
Favqulodda vaziyatlar monitoringi va ularni oldindan bashorat kilish
Favqulodda vaziyatlar monitoringi va ularni oldindan bashorat kilish tabiiy ofatlarni, texnogen avariyalar va halokatlarni tekshirish va nazorat kilish maxsus xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Favqulodda vaziyatlar monitoringini o‘tkazish va ularni oldindan bashorat kilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Fuqarolarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilish sohasidagi huquqlari
Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega:
favqulodda vaziyat ruy berganda hayotlari, sogliklari va shaxsiy mol-mulklari muhofazalanishi;
umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan, mahalliy hokimiyat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarda. aholini muhofaza kilish uchun muljallangan boshka mol-mulkidan foydalanish;
mamlakat hududining muayyan joylarida bo‘lganda ular duch kelishi mumkin bo‘lgan xavf-hatar darajasi tugrisida hamda zarur xavfsizlik choralari hakida xabardor bulish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilish masalalari yuzasidan davlat hokimiyati va boshkaruv organlariga murojaat etish;
favqulodda vaziyatlar rui bergan zonalarda ishlaganligi uchun bepul tibbiy xizmat, kompensatsiyalar va boshka imtiyozlar olish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish mobaynida majburiyatlarini bajarish chogida sogligiga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiyalar hamda imtiyozlar olish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan : muhofaza k.ilish majburiyatlarini bajarish chogida orttirgan kasallygi munosabati bilan mehnat kobiliyatini yukotganda, nogironligi mehnatda mayib bulish okibatida kelib chikkan hodimlarga belgilangan tartibda pensiya olish;
bokuvchisini aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilish majburiyatlarini bajarish chogida orttirgan mayiblik yoki kasallikdan halok bo‘lganligi yoki vafot etganligi munosabati bilan yukrtganda, mehnatda mayib bulish tufayli halok bo‘lgan shahsning sila a’zolari uchun belgilangan tartibda pensiya olish.
Davlat ijtimoiy sugurtasi tartibi va shartlari, kompensatsiyalar va imtiyozlar turlari va mikdorlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |