1-ma’ruza til ijtimoiy, doim oʻzgarib, rivojlanib turuvchi hodisadir


Tilshunoslik va ijtimoiy-gumanitar fanlar


Download 374.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana28.03.2023
Hajmi374.21 Kb.
#1302297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
mavzu-1

Tilshunoslik va ijtimoiy-gumanitar fanlar. Har qanday fan falsafa 
bilan bog‘liq, chunki falsafa barcha fanlarning kelib chiqish manbasi sifatida 
1
А. Нурмонов, Б.Йўлдошев. Тилшунослик ва табиий фанлар. “Шарқ” НМАК бош таҳририяти. Т.: 2001, 11-бет.
2
А. Ҳожиев. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. “Ўзбекистон Миллий энциклопедияси” давлат илмий 
нашриёти . –Т.: 2002, 107-бет.


tan olingan. Tilshunoslik fani, birinchidan, falsafaning bilish nazariyasi bilan 
bog‘langan bo‘lsa, ikkinchidan, bu fan bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis o‘z 
tadqiqotlarida muayyan falsafiy yo‘nalishga tayanadi.
Ma’lumki, adabiyot so‘z san’ati sifatida tan olingan. Demak, 
tilshunoslikning markaziy tushunchalaridan bo‘lmish so‘z adabiyot uchun ham 
asosiy qurol bo‘lib xizmat qiladi. Shunday ekan, tilshunoslik adabiyotni 
o‘rganadigan adabiyotshunoslik fani bilan chambarchas bog‘liqdir.
Tilshunoslik tarix fani bilan bog‘liq, chunki til tarixi shu tilning egasi 
bo‘lmish millat tarixining bir qismidir.
Siz ”mantiqiy fikr”, ”bu mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan fikr” degan 
gaplarni eshitgansiz. Bu esa tilshunoslik va mantiq fanlarining o‘zaro bog‘liq 
ekanligini ko‘rsatadi. Har ikkala fanni birlashtiruvchi narsa tafakkurdir. 
Tafakkur tilda so‘z, so‘z birikmasi va gaplar orqali namoyon bo‘lsa, mantiqda 
hukm, tushuncha va xulosalar ko‘rinishida aks etadi.
Tilshunoslik va matematik fanlar.  Hozirgi paytda matematika fani 
aralashmagan fan bo‘lmasa kerak. Oddiy arifmetik amallardan tortib, 
murakkab matematik formulalar ham barcha fanlardagi hisob-kitoblarda 
qo‘llanadi. Tilshunoslikda Bir bosh bo‘lakli va ikki bosh bo‘lakli gaplar” 
degan nomlarning mavjudligi oddiy arifmetik sonlarning qo‘llanishiga misol 
bo‘ladi. Endi quyidagi parchaga e’tibor qiling: ”Vaholanki eng tor tovushni 
0 raqami bilan, eng keng tovushni 1 raqami bilan belgilasak, tovushlarning 
bu jihatdan farqi quyidagicha bo‘ladi: i – u – o – e – â – a 
0 – 0,2 – 0,3 – 0,8 – 0,9 - 1”
3
 
Bu parchada ishlatilgan ifodalar nisbatan murakkabroq formulalarga misol 
bo‘la oladi.

Download 374.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling