1-MA’RUZA
TIL IJTIMOIY, DOIM OʻZGARIB, RIVOJLANIB TURUVCHI
HODISADIR.
Tilshunoslik fani, uning vazifalari haqida ma’lumot.
Tilning ijtimoiy
mohiyati, tuzilishi. Tilning paydo bo‘lishi, taraqqiyoti.
Reja:
1. Tilshunoslik fani, uning vazifalari haqida ma'lumot.
2. Tilning ijtimoiy mohiyati, tuzilishi.
3. Tilning paydo boʻlishi, taraqqiyoti.
4. Milliy til va adabiy til.
Manbalardan ma’lumki, hozirgi zamon
fanlarini quyidagi yirik
guruhlarga ajratish mumkin:
1. Tabiiy fanlar.
2. Texnika fanlari.
3. Ijtimoiy-gumanitar fanlar.
4.
Matematika fanlari
1
.
Tilshunoslik fani ijtimoiy-gumanitar fanlar guruhiga mansub bo‘lib,
inson tili, ya’ni so‘zlashuv quroli uning o‘rganish obyektidir. “Tilshunoslik
terminlarining izohli lug‘ati”da bu fanga shunday ta’rif beriladi: “Tilshunoslik
til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati,, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi haqidagi;
muayyan tillarning ish ko‘rish (faoliyat) qonunlari
va tarixiy taraqqiyoti
haqidagi fan”
2
.
Tilshunoslik fani yuqoridagi guruh fanlarning ko‘pchiligi
bilan
aloqadordir.
Tilshunoslik va tabiiy fanlar. Har qanday
til tovush tilidir, chunki nutq
tovushlarning muayyan ketma-ketligidan iborat bo‘lgan so‘zlardan tashkil topadi.
Nutq tovushlari esa
fizika fanining
akustika bo‘limida ham o‘rganiladi. Nutq
faoliyati insonning markaziy asab
tizimi yordamida boshqariladi, demak,
tilshunoslik fani
fiziologiya fani bilan aloqada bo‘lishi lozim.
Kimyo fanida
valentlik degan tushuncha mavjud. Bu molekula
tarkibidagi atomning boshqa
atom bilan bog‘lanish xususiyatidir. Xuddi shu xususiyat tildagi so‘zlarda ham
mavjuddir. Masalan,
qizil, shirin, achchiq, yirik so‘zlari
olma so‘zi bilan bog‘lana
oladi, lekin
yupqa, aqlli, a’lochi, beg‘am, ozg‘in so‘zlari
olma so‘zi bilan bog‘lana
olmaydi.