1-ma’ruza til ijtimoiy, doim oʻzgarib, rivojlanib turuvchi hodisadir


Download 374.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana28.03.2023
Hajmi374.21 Kb.
#1302297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
mavzu-1

 
Til ijtimoiy hodisadir 
 
Ijtimoiy hodisa deganda nimani tushunish kerak? Eng avval mana shu 
savolga javob berish lozim. “Ijtimoiy” degani yakka shaxsga emas, balki 
butun jamiyatga tegishli deganidir. Demak, nimaiki butun jamiyat uchun 
xizmat qilsa, jamiyat tomonidan rivojlantirilsa, shu narsa ijtimoiy hodisadir. 
Bunga birinchi navbatda til kiradi. Adabiyot, san’at, madaniyat ham ijtimoiy 
hodisalardir, lekin bu hodisalarning asosida baribir til turadi.
Til odamlarning bir-birlari bilan muomalada bo‘lishi uchun yordam 
bеradigan eng muhim vositadir. Odamlar til vositasida o‘z fikrlarini, his-
tuyg‘ularini ifodalaydilar. Insoniyat jamiyatining shakllanishida tilning roli 
bеqiyosdir. Til bo‘lmasa, jamiyatning bo‘lishi mumkin emas, chunki til 
insonlarni jamiyat sifatida jipslashtirib turuvchi buyuk ne’matdir. Bundan 
tashqari, til bir millatni boshqa millatdan ajratib turuvchi eng muhim 
belgilardan biridir. Til taqdiri jamiyat taqdiri bilan chambarchas bog‘liq.
 

6
George Yule. The Study of Language. CAMBRIDJE UNIVERSITY PRESS. 2010, 2-6-betlar. 




Til va tafakkur 
 
Tafakkur – bu fikrlash deganidir. Inson gapirishdan oldin o‘ylaydi, 
fikrlaydi. “Avval o‘yla, keyin so‘yla” degan maqol bejiz yaratilmagan. 
Demak, til va tafakkur o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Tafakkur borliqning 
ongda aks etishi bo‘lsa, til tafakkurning muayyan belgilar (masalan, 
tovushlar) orqali ifoda qilinishidir. Buni quyidagi chizmada aks ettirish 
mumkin: 
Yuqoridagi maqolda fikrning so‘zdan oldin kelishiga ishora qilingan. 
Borliq dastavval so‘zlovchi ongida fikr shaklida namoyon bo‘ladi, keyin bu 
fikr so‘zlar vositasida gapga aylanib, tinglovchiga yetkaziladi. Tafakkur va 
tilning o‘xshash va farqli tomonlari bor. O‘xshashligi: 
1. Til ham, tafakkur ham insonga xos.
2. Har ikkalasi ham borliqni aks ettiradi. 
3. Har ikkalasi ham bir paytda paydo bo‘lgan. 
Farqlari: 
1. Tafakkur birliklari tushuncha, hukm, xulosa hisoblansa, til birliklari 
so‘z, birikma va gapdir.
2. Tafakkurni mantiq fani o‘rgansa, tilni tilshunoslik o‘rganadi. 
3. Turli millat vakillari bir xil fikrlashlari mumkin, lekin ular o‘z 
fikrlarini har xil tillarda ifodalaydilar.
Tafakkur va til bir-birisiz mavjud bo‘la olmaydi, chunki til bo‘lmaganida 
insonning tafakkuri yuzaga chiqmagan bo‘lar edi. Xuddi shuningdek, tafakkur 
bo‘lmasa, tilga hech qanday ehtiyoj yo‘q. Biz bu o‘rinda til deganda fikrni 
ifodalovchi har qanday vositani nazarda tutyapmiz: kar-soqovlarning imo-
ishora tili, yo‘l harakati belgilari va boshqalar ham shu jumlaga kiradi.

Download 374.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling