1-ma’ruza til ijtimoiy, doim oʻzgarib, rivojlanib turuvchi hodisadir
dastlabki til fikrlovchi inson shakllangan paytda, shunday inson paydo
Download 374.21 Kb. Pdf ko'rish
|
mavzu-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Undov nazariyasi
dastlabki til fikrlovchi inson shakllangan paytda, shunday inson paydo
bo‘lishi mumkin bo‘lgan joyda va insonlarning bir-birlariga nimanidir aytish istagi yuzaga kelganligi uchun paydo bo‘lgan. Dastlabki tilning paydo bo‘lishi to‘g‘risida aniq moddiy dalillarning yo‘qligi bir qancha farazlarning (ba’zi manbalarda nazariya ham deyiladi) yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. 1. Tovushga taqlid nazariyasi qadimgi Yunonistonda antik davrda (eramizdan oldingi 1-2 asrlarda) stoiklar degan faylasuflar guruhi tomonidan shakllantirilgan bo‘lib, unga ko‘ra inson tili tabiatdagi turli tovushlarga taqlid qilish asosida paydo bo‘lgan emish. Haqiqatan ham, deyarli barcha tillarda tovushga taqlid bildiruvchi so‘zlar mavjud. Masalan, o‘zbek tilida taq-tuq, shitir-shitir; rus tilida gav-gav (it hurishiga taqlid), kva-kva (qurbaqa ovoziga taqlid), ga-ga (o‘rdak ovoziga taqlid) kabi so‘zlar bor va hatto shu so‘zlar asosida bir qancha so‘zlar ham yasalgan: shitirlamoq, taqa, kvakayet, gavknul. Bu nazariyaning g‘ayri-ilmiy nazariya ekanligi quyidalarda namoyon bo‘ladi: 1) tovushga tiqlid so‘zlar barcha tillarda ham juda ozchilikni tashkil etadi va lug‘at tarkibidagi boshqa so‘zlarning qanday kelib chiqqanligini bu nazariya asoslab bera olmaydi; 2) mantiqan fikrlaganda, rivojlangan tillarga nisbatan rivojlanmagan tillarda bunday so‘zlar ko‘p bo‘lishi kerak edi, vaholanki, tekshirishlar buning aksini ko‘rsatadi; 3) qadimgi odamning hali uncha rivojlanmagan hiqildog‘i bunday so‘zlarni talaffuz qilishga moslashmagan. 2. Undov nazariyasi eramizdan oldin yashab o‘tgan Epikur (341-270) degan faylasuf tarafdorlari bo‘lmish epikuristlar tomonidan o‘ylab topilgan nazariya bo‘lib, unga ko‘ra til insonning his-tuyg‘ularini ifodalaydigan oh, uf, dod kabi undov so‘zlar asosida yuzaga kelgan emish. To‘g‘ri, taqlid so‘zlar kabi undov so‘zlar ham har bir tilning lug‘at tarkibida mavjud va ular asosida ham yangi so‘zlar hosil qilish mumkin: uflamoq, dodlamoq kabi. Bu nazariya ham quyidagi kamchliklarga ega: 1) undov so‘zlar ham barcha tillarda juda ozchilikni tashkil etadi va bu nazariya ham lug‘at tarkibidagi boshqa so‘zlarning qanday kelib chiqqanligini asoslab bera olmaydi; 2) inson o‘z his-tuyg‘usini yolg‘iz qolganda ham ifodalashi mumkin, vaholanki, tilning asosiy vazifasi aloqa-aralashuv vositasi bo‘lishdir. 3) bu nazariya tilning paydo bo‘lishini ong bilan emas, his-tuyg‘u bilan izohlab qo‘ya qoladi. Download 374.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling