1-ma’ruza til ijtimoiy, doim oʻzgarib, rivojlanib turuvchi hodisadir


Download 374.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana28.03.2023
Hajmi374.21 Kb.
#1302297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
mavzu-1

3. Mehnat qiyqiriqlari nazariyasi XIX asrda yashagan fransuz 
faylasuflari L.Nuare va K.Byuxerlar tomonidan ishlab chiqilgan. Ularning 
fikricha, til odamlarning jamoa bo‘lib mehnat qilishi jarayonida chiqaradigan 
qiyqiriq ovozlari asosida paydo bo‘lgan emish. Masalan, odam yer 
chopayotganda (hah), og‘ir narsani ko‘tarayotganda (ho‘o‘p) o‘ziga yordam 
berish uchun turlicha ovozlar chiqaradi. Bu nazariya insonning beixtiyor 
chiqargan va ma’no ifodalamaydigan ovozlar asososiga qurilganligi bilan 
undov nazariyasiga o‘xshab ketadi. Bu ovozlar his-tuyg‘u ifodalamaydi, shu 
bilan bu nazariyalar o‘zaro farq qiladi. Bu nazariyaning g‘ayri-ilmiyligi esa 
quyidagilarda ko‘rinadi: 
1) mehnat qiyqiriqlarining tildagi miqdori o‘ta kamdir;
2) mehnat qiyqiriqlari, yuqorida qayd qilinganidek, his-tuyg‘u 
ifodalamaydi; 
3) bu ovozlar faqat mehnat jarayonini tartibga solish uchungina zarur. 
4. Ijtimoiy shartnoma nazariyasi XIX asrda paydo bo‘lgan. Bu 
nazariyaga ko‘ra, yer yuzidagi odamlar tushunchalarga nom berishda o‘zaro 
kelishib olishgan emish. Bunga turtki bo‘lgan narsa shuki, 1887-yilda 
taxallusi Doktor Esperanto (“umidvor shifokor” degani) bo‘lgan polyak ko‘z 


shifokori Lyudvik Zamenxof
4
tomonidan esperanto tili o‘ylab topilgan
5
. Bu 
til ko‘pgina Yevropa tillaridan olingan so‘zlar asosida shakllangan. Bundan 
tashqari, olimlar ayrim ilmiy atamalarni qo‘llashda o‘zaro kelishib olishi ham 
bunga sabab bo‘lgan. Masalan, 1892-yilda ximiklarning Jeneva shahrida 
o‘tkazilgan qurultoyida terminologiya masalasida kelishib olingan. Albatta, 
sun’iy tilning va atamalarning yaratilishi bo‘yicha kelishuv dastlabki tilning 
paydo bo‘lishini izohlay olmaydi. Buning sabablari quyidagicha oddiydir:
1) bu nazariya ijtimoiy kelishuvgacha tilning mavjudligini inkor qiladi; 
2) bu nazariya tabiiy tilning emas, balki sun’iy tilning yaratilishinigina 
tushuntira oladi. 
Ko‘rib o‘tilgan barcha nazariyalarning eng asosiy kamchiligi shundaki, 
ularda insonning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan hodisani, ya’ni tilni shu 
faoliyatdan ajratgan holda tushuntirishga harakat qilinadi.
Inson hayvonot olamidan ajralib chiqqandan keyin ijtimoiy mehnat bilan 
shug‘ullana boshlagan. Bu jarayon, albatta, juda uzoq davom etgan. Shu davr 
mobaynida odamsimon mavjudot jamoa bo‘lib yashashni va mehnat qilishni 
o‘rganadi. Mehnat jarayonida bu mavjudotlarda (ular arxeologlar tomonidan 
avstralopitek, pitekantrop, sinantrop, neandertal odami kabi nomlar bilan 
ataladi) tafakkur shakllana boradi. Buni taxminan quyidagicha tushuntirish 
mumkin. Oldiniga mehnat harakatlari mehnat predmetidan ajralmagan holda 
amalga oshirilgan. Masalan, biz nafas olish uchun o‘ylab o‘tirmaymiz, ya’ni 
miyani ishlatmaymiz. Bu instinktiv tarzda yuz beradi. Yuqoridagi jarayon 
ham shunday bo‘lgan bo‘lishi kerak. Ma’lum bir davrda mehnat harakati va 
mehnat predmeti bir-biridan ajraladi, chunki mazkur harakatlar odamsimon 
mavjudotning ibtidoiy xotirasida saqlanib qolgan edi va u endi o‘z 
tasavvurlariga taqlid qilishi mumkin bo‘ladi, natijada mehnat predmeti 
bo‘lmasa ham, u bilan qilinadigan harakatlar amalga oshirilishi mumkin 
bo‘ladi. Bu esa odamsimon mavjudotda ibtidoiy ongning dastlabki kurtaklari 
shakllanayotganidan dalolatdir. Hozirgi odamga eng yaqin turgan odamsimon 
mavjudot fanda homo sapiyens (lot. ongli odam) deb yuritiladi. Ana shu homo 
sapiyens o‘z taraqqiyotining ma’lum davrida o‘z jamoadoshiga nimanidir 
aytish istagini sezgan bo‘lishi kerak va natijada dastlabki ibtidoiy so‘zlar 
talaffuz qilingan. Albatta, ungacha homo sapiyensning nutq a’zolari muayyan 
tovushlar miqdorini talaffuz qilashga moslashgan bo‘lishi kerak edi. 
Bizningcha, ana shu tariqa dastlabki til paydo bo‘lgan. 
Kembridj universiteti professori Jorj Yulning yozishicha, tilning paydo 
boʻlishida quyidagi manbalar mavjud boʻlgan: 
4
Энциклопедик луғат. “Ўзбекистон Миллий энциклопедияси” давлат илмий нашриёти . Н-Ҳ. –Т.: 1990, 440-бет.
5
Энциклопедик луғат. “Ўзбекистон Миллий энциклопедияси” давлат илмий нашриёти . А-Н. –Т.: 1990, 289-бет.


1. Ilohiy manba (The divine source). 
2. Tabiiy tovush manbasi(The natural sound). 
3. Ijtimoiy oʻzaro ta’sir manbasi(The social interaction source).
4. Jismonan moslashish manbasi (The physical adaptation source). 
5. Instrumental manba (The tool-making source). 
6. Genetik manba (The genetic source).
6
In the biblical tradition, as described in the book of Genesis, God created 
Adam and “whatsoever Adam called every living creature, that was the 
name thereof.”Alternatively, following a Hindu tradition, language came 
from Sarasvati, wife of Brahma, creator of the universe. In most 
religions, there appears to be a divine source who provides humans with 
language. In an attempt to rediscover this original divine language, a few 
experiments have been carried out, with rather conflicting results.

Download 374.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling