1-ma’ruza til ijtimoiy, doim oʻzgarib, rivojlanib turuvchi hodisadir


Download 374.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana28.03.2023
Hajmi374.21 Kb.
#1302297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
mavzu-1

 

Borliq
Tafakkur
Til


Til va nutq 
 
Til va nutq tushunchalari yaqin-yaqingacha farqlanmasdan kеlinardi, bu 
ikki so‘zni ma'nodosh (sinonim) so‘zlar sifatida ishlatavеrar edik. Kеyingi 
paytlardagi tadqiqotlar til va nutq tushunchalarini farqlash zarurligini 
ko‘rsatadi.
Til dеganda ma'lum xalq tomonidan ishlatiladigan, uzoq tarixga ega 
bo‘lgan hodisani tushunishimiz kеrak. Nutq esa shu tilning ma'lum paytda va 
ma'lum o‘rinda namoyon bo‘lishidir. Ayrim olimlar til va nutq tushunchalarini 
farqlashda shaxmat o‘yinini misol qilib kеltirishadi
7
. Shaxmat donalari, 
taxtasi, shaxmat o‘yini qoidalari yig‘indisi tilga qiyos qilinadi. Bu narsalar 
taxminan to‘rt ming yildan beri o‘zgarishga uchramasdan kelyapti. Har bir 
shaxmatchining o‘yin uslubi, o‘ziga xos xususiyatlarini esa nutqqa 
o‘xshatishadi. Muayyan til birliklari vositasida turli fikrni ifoda qilish 
mumkin. “Ega+to‘ldiruvchi+kеsim” ko‘rinishidagi qolip tilga tеgishli bo‘lsa, 
nutqda shu qolip asosida son-sanoqsiz gaplar tuzish mumkin: “Mеn ukamni 
ko‘rdim // Sobir akasiga yordamlashdi // Salim opasidan eshitdi...” Bu esa shu 
nutqning yaratuvchisiga bog‘liqdir.
Tilshunos olim Shavkat Rahmatullayev til qurilishida uning ikki holatini -
lison va nutq tushunchalarining farqlanishi haqida yozadi. “Lison, - deb yozadi 
olim, - kishi miyasidagi til xotirasi qismida mavjud til birliklaridan va ulardan 
foydalanish qoidalaridan iborat boylik. Nutq esa ana shu boylikdan foydalanish 
jarayoni va shunday jarayonning hosilasi”
8
. Olimning fikricha, bu juftlikda nutq 
asosiy rol o‘ynaydi, chunki tildagi hodisalar dastlab nutqda yuzaga keladi va 
keyinchalik lisonga ko‘chadi. O‘z navbatida bu hodisa lisondan nutqqa olib 
chiqiladi
9
.
Til va nutq tushunchalari ikkita har xil hodisalarni ifodalamas ekan
ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish mumkin emas, chunki hodisani shu 
hodisaning namoyon bo‘lishiga qarama-qarshi qo‘yib bo‘lmaydi.
 
7
Ҳ.Неъматов, О.Бозоров. Тил ва нутқ. “Ўқитувчи” нашриёти, - Т.: 1996, 9-бет.
8
Sh. Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o`zbek tili. “Universitet” nashriyoti. –T., 2006, 4-bet. 
9
O`sha kitob, 5-bet. 


 O‘zbek tili – O‘zbekiston Respublikasining davlat tili

Download 374.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling