1-ma’ruza til ijtimoiy, doim oʻzgarib, rivojlanib turuvchi hodisadir


Download 374.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana28.03.2023
Hajmi374.21 Kb.
#1302297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
mavzu-1

Tilshunoslik va texnik fanlar. Tilshunoslik va texnik fanlardan 
hisoblangan kibernetikaning o‘zaro bog‘liqligi shundaki, kibernetikaning 
mahsuli bo‘lmish EHM ham insonga o‘xshab axborot qabul qilib, uni uzatish 
vazifasini bajaradi. EHM yaratilishi uchun inson organizmi asos bo‘lib xizmat 
qilgan. EHMning paydo bo‘lishi avtomatik tarjimaning yuzaga kelishiga 
sababchi bo‘ldi.
Tilshunoslik fanining turlari. Tilshunoslik ikkita xususiyatiga ko‘ra 
turlarga bo‘linadi:
1. O‘rganish obyektining hajmiga ko‘ra: 
 
a) xususiy tilshunoslik alohida olingan tilning tovush tizimi, lug‘at 
boyligi va grammatik qurilishini o‘rganadi, shu sababli bunday tilshunoslik 
“o‘zbek tilshunosligi”, “rus tilshunosligi” kabi nomlar bilan ataladi.   
b) umumiy tilshunoslik yer yuzida mavjud bo‘lgan barcha tillarning 
umumiy xususiyatlarini, kelib chiqishini, dunyo tillarning tasiflanishini 
3
Sh.Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o`zbek tili. “Universitet” nashriyoti. –T.: 2006, 14-bet. 


o‘rganadi. U o‘z tadqiqotlarida xususiy tilshunoslik yutuqlaridan unumli 
foydalanadi. 
 
2. O‘rganish maqsadiga ko‘ra: 
a) nazariy tilshunoslik til hodisalariga nazariy jihatdan yondashadi, 
ya’ni shu hodisalar bo‘yicha umumlashma tarzida chqarilgan xulosalar
qoidalar yaratadi.
 
b) amaliy tilshunoslik  tilga amaliy nuqtai nazardan yondashadi, ya’ni 
uning insonlar hayotidagi amaliy ahamiyatini o‘rganadi. Masalan, chet tillarni 
o‘rganish, avtomatik tarjima kabi masalalar bilan shug‘ullanadi. 
 
Tilning paydo bo‘lishi 
 
 
Olimlarning taxminiga ko‘ra, til ibtidoiy jamoa tuzumi davrida paydo 
bo‘lgan. Bunga shubha qilishga o‘rin yo‘q, chunki insoniyat tarixi shu 
davrdan boshlanadi. Inson inson deb atalishi uchun u hayvonot olamidan 
ajralib chiqishi lozim edi. Tilning paydo bo‘lishi mazkur jarayonni boshlab 
berdi. Xo‘sh, eng universal aloqa vositasi bo‘lgan til qanday paydo bo‘lgan? 
Bu o‘rinda biz hozir yer yuzida mavjud bo‘lgan uch mingga yaqin tilni nazarda 
tutayotganimiz yo‘q, balki umuman dastlabki tilni nazarda tutmoqdamiz.
Dastlabki tilning paydo bo‘lishi haqida hech qanday yozma ma’lumot 
yo‘q, chunki yozuvning, ya’ni og‘zaki nutqni uzoq masofaga, uzoq davrga 
yetkazish vositasining o‘zi ancha keyin paydo bo‘ldi. Demak, dastlabki 
tilning qachon, qayerda va qanday paydo bo‘lganligini faqat taxmin qilish 
mumkin. Bu uchta savolga taxminan quyidagicha javob berish mumkin: 

Download 374.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling