1-mavzu: 2soat
Download 440 Kb.
|
kreativ fikrlash 1-mavzu (1)
Yusuf Xos Hojib(1015—1070) o’z davrining yetuk mutafakkiri, chuqur bilimli, donishmand kishisi edi. U ―Qutadg’u bilig‖ (―Saodatga boshlovchi bilim‖) asari muallifidir.―Qutadg’u bilig‖ -baxt va saodatga eltuvchi bilim,
ta’lim degan ma’noni bildiradi. Demak, asar nomidan ham uning pand- nasixatlari, ta’lim-tarbiyaga oid, har tomonlama komil insonni tarbiyalaydigan yetuk ma’rifiy asar ekanligi yaqqol ko’rinib turibdi. ―Qutadg’u bilig‖ — XI asr so’z san’atining nodir namunasi bo’lib, unda o’z davrining ilg’or ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy masalalari badiiy talqin qilingan, turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, ilm-fani, urf-odat va an’analari, turmush tarzi, qadriyatlari xususida batafsil ma’lumot berilgan.Asarda ilgari surilgan axloqiy xislatlarni sanab o’tish olimning ta’lim-tarbiya, axloq masalalarini qay darajada chuqur bilganligi adolat, ishonch, sadoqat, xushmuomalalik, shirin so’zlik, saxovat, mardlik, xurmat va ehtirom, tadbirkorlik, aql-zakovat, xalollik, ezgulik kabi, xislatlar ulug’lanadi. ―Qutadg’u bilig‖da bosh masalalardan biri komil insonni tarbiyalashdir. Yusuf Xos Hojib bu asari orqali o’z tasavvurida eng komil, jamiyatning o’sha davrdagi talablariga javob bera oladigan insonni qanday qo’rgan bo’lsa, shu asosda o’z printsiplarini bayon etadi. Mana shunday axloqiy masalalardan biri oila va farzand tarbiyasi masalasidir. Bu umuminsoniy axloqiy normaga SHarq etikasiga ahamiyat berib kelgan. SHarq xalqining ulug’ an’anasini, oilaviy hayotini, turmush tarzi va tarbiya usullarini chuqur bilgan shoir mazkur muhim axloqiy muammoni o’ziga xos falsafiy talqin qiladi. Yusuf Xos Xojibning uqtirishicha, har bir kishi jamiyatga munosib bo’lib kamol topmog’i kerak. Buning uchun, u tug’ilgan kundan boshlab zarur tarbiyani olmog’i lozim. Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog’i shart. SHundagina ularning noo’rin xatti – harakatlariga berilishining oldi olinadi. Yusuf Xos Hojibning mazkur asari insonni har tomonlama kamolga etkazishning barcha masalalari o’zining badiiy ifodasini topgan yirik ta’limiy-axloqiy dostondir. Olim insonni kamolga yetishi uchun quyidagilarni nazarda tutadi: 1. Aqliy kamolot-bilim va zakovat. O’quvga bo’lish. 2. Axloqiy kamolot. 3. Jismoniy kamolot. Yusuf Xos Hojib insonning kamolga yetishining yo’l-yo’riqlari, usullari, chora-tadbirlarini yuksak badiiy mahorat bilan yoritib beradi. SHuning uchun ham bu asar o’zining ilmiy, ma’rifiy, tarbiyaviy ahamiyati bilan beqiyosdir. Download 440 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling