1-mavzu: 2soat
Download 440 Kb.
|
kreativ fikrlash 1-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mu h ammad Tara g’ ay Mirzo Ulu g bek
Kaykovusning (XI asr) ―Qobusnoma‖ asari SHarqda saqlanib kelayotgan an’anaga ko’ra pand-nasixattarzida yozilgan bo’lib, bir necha asrlardan beri
xalqlarni, jumladan, yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga tayyorlashda muhim qo’llanma bo’lib kelmoqda. U SHarq ma’rifatchilik fikri taraqqiyotida inson kamolotinn shakllantirishda muhim o’rinni egallaydi.U yoshlarga o’zini uch narsadan: ko’zni yomon nazardan, qo’lni yomon ishdan, tilni yomon so’zdan saqlashni tavsiya etadi. Kaykovusning ―Qobusnoma‖si XIasrda yuzaga kelgan yirik tarbiyaviy asardir. Bunda o’sha davrga xos har bir yosh egallashi zarur bo’lgan aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiya bilan bog’liq faoliyat turlari otda yurish, merganlik, suvda suzish, harbiy mashqlar, ifodali o’qish, xattotlik, she’r yozish, musiqa bilimini egallashi kabilar o’z ifodasini topgan. Kaykovusning katta xizmati shundaki, u yoshlarni har tomonlama kamolga etkazishning nazariy masalalarini amaliy faoliyat bilan bog’lab olib bordi, uning o’gitlari har qanday tuzumda ham o’z qiymatini yo’qotmadi va amaliy hayot dasturi sifatida o’z o’rniga ega bo’ldi. Muhammad Tarag’ay Mirzo Ulugbek (1394—1449)Markaziy Osiyo xalqlari ilm–fani va madaniyatini jahon miqyosiga olib chiqqan Markaziy Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotiga munosib hissa qo’shgan ulug’ siymolardan biridir. U avvalo yosh avlodning aqliy va ma’rifiy tarbiyasiga katta ahamiyat berib, ularni dunyoviy bilimlarini egallashga da’vat etdi. Faqat rivojlangan fan va madaniyat inson tafakkurining komil topishini ta’minlashga ishondi. Allomaning uqtirishicha, bolaning bilim olishga bo’lgan qiziqishi, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o’rinni egallaydi. Oilada ota – onalar ayniqsa, o’qimishli ota – onalar o’z farzandlarining haqiqiy inson bo’lib kamol topishiga alohida e’tibor berishlari lozim. Mirzo Ulug’bek o’z pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog’lom, harbiy hunarni puxta egallagan, jasur, mard bo’lib yetishuviga alohida ahamiyat beradi. Mirzo Ulug’bekning fikricha, odam sog’lom va baquvvat bo’lishi uchun yoshlik chog’idayoq jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishi, ta’lim– tarbiyada qalloblik bo’lmasligi uchun mudarrislar odil va halol bo’lishi kerak. Mirzo Ulug’bekning oila muhiti sog’lom avlodni yetishtirish haqidagi fikrlari shundan iboratki, alloma uqtirishicha, bolaning bilim olishiga bo’lgan qiziqish, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o’rinni egallaydi, ya’ni oilada ota–onalar ayniqsa o’qimishli ota – onalar o’z farzandlarining haqiqiy inson bo’lib kamol topishiga alohida e’tibor berishlari lozim. Qomusiy bilimlar soxibi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ham va san’atning turli sohalari; adabiyot, tarix, til, musiqa, xattotlik, tasviriy san’at, me’morchilik va boshqa bilimlarni rivojlantirish bilan birga ta’lim-tarbiyani takomillashtirishga ham katta e’tibor bergandi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling