Pedagogik texnika – nopedagogik OTM pedagoglarini pedagogik mahorat va pedagogik texnika asoslari bilan tanishtirish orqali ularda ta’lim jarayonini sifatli, samarali tashkil etish ko’nikma, malakalarini rivojlantirish masalalarini o’rganadi.
Pedagogik kvalimetriya – ta’lim sifatini izchil nazorat qilish va samarali boshqarishga oid muammolarni tadqiq etadi.
Pedagogik jarayonlarning tizimli tahlili – pedagoglarda ta’lim va tarbiya jarayonlarining mohiyatini yaxlit tizim sifatida anglash, turli, shu jumlaan, muammoli vaziyatlarni yaxlit, izchil tahlil qilish malakalarini rivojlantirish muammolarini tadqiq etadi.
Pedagogik prognostika va pedagogikaning istiqbolli yo’nalishlari – mavjud sharoitda pedagogik turkum fanlarni sifatli o’qitish, ta’lim va tarbiya jarayonlarining samaradorligini oshirish muammolarini aniqlash, ularni bartaraf etish yo’llarini izlash, istiqbolli yo’nalishlarini belgilash masalalarini tahlil etadi.
Pedagogik jarayonni boshqarishda qarorlar qabul qilish – pedagoglar tomonidan ta’lim va tarbiya jarayonlarining izchil, tizimli, samarali boshqarilishini ta’minlash, mavjud pedagogik vaziyatlarda tizimli tahlil asosida oqilona qarorlar qabul qilinishiga erishish masalalarini o’rganadi.
Falsafa – tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi.
Estetika asoslari – nafis san’atni, badiiy ijodiyotni, tabiat va turmushdagi go’zallikning mohiyati, shakllarini, inson va ijtimoiy borliq o’rtasidagi qadriyatlar munosabatini o’rganadi.
Psixologiya – inson faoliyati, shaxs xatti-harakatlarida borliqning aks etishini, ruhiy jarayonlar, hodisalar va xislatlarning mohiyatini yoritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |