1-mavzu: 2soat


Download 440 Kb.
bet7/13
Sana04.02.2023
Hajmi440 Kb.
#1160159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
kreativ fikrlash 1-mavzu (1)

Alisher Navoiy (1441-1501) o’zining badiiy asarlarida komil inson obrazlarini yaratib, ta’lim-tarbnya to’g’risidagi fikrlarini ifodalagan bo’lsa, ma’rifiy asarlarida komil insonni shakllantirishning mazmuni, yo’llari, usullarini bayon etadi. Alisher Navoiy o’z davrining ilg’or, ma’rifatparvar allomasi snfatida islomdagi ta’lim-tarbiya aqidalari, o’zidan ilgari o’tgan mutafakkirlarning karashlarini an’anaviy tarzda davom ettirdi. Ayniqsa, inson kamolotida ilm-fanning o’rni, aql-idrokning ahamiyati, aqliy tarbiyaning moxiyatini yoritib berdi.
Alisher Navoiy bilim olishda barcha fanlarni o’rganishni targ’ib etadi. U bilimni uzluksiz o’rganish zarur, deydi. Buyuk alloma bilim olish tamoyillarini o’z davrida to’g’ri ifodalab, hatto ta’lim tizimini o’z davrida maktab, madrasalarda o’qish, olim, hunarmand, san’atkorlarga shogird tushib yoki mustaqil holda bilim olish imkoniyatlaridan foydalanishni tavsiya etadi.
Alisher Navoiy har bir inson aqlli, ahloqli, bilimdon, oqil, dono, sofdil, saxovatli, sabr-qanoatli, adolatli, muruvvatli, kamtar, mard va jasur bo’lmog’i lozim, deb ta’kidlardi.
Navoiy bunday fazilatlarga ega bo’lgan barkamol insonning faqat badiiy obrazini yaratib qolmay, uni tarbiyalash usullarini ham bayon etdi va ma’rifat, ilm-fan taraqqiyotida ―Nazmul-javohir‖, ―Xayratul-abror‖, ―Mahbubul-qulub‖dek shoh asarlari bilan munosib o’ringa ega bo’ldi.
Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo’lib o’sishiga ishonadi. ―Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar hosil qilishga yordam beradi. U odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa kishilarning bir–birlariga bo’lgan ruxiy ma’naviy ta’sirlari natijasida tarkib topadi‖, deb voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri tarbiya ekanligi uqtiradi.


Buyuk shoir va olim, fors–tojik mumtoz adabiyotning ulug’ namoyondasi Nuriddin Abduraxmon Jomiy (1414-1492) o’zidan keyin turli fan, adabiyot, jumladan pedagogikaga doir o’lmas me’ros qoldiradi. U o’z asarlarida, ayniqsa, nasriy yo’lda yozilgan ―Bahoriston‖ asarida ta’lim–tarbiya masalalari xususida fikr bildirdi. Jomiyo’z asarlarida yoshlarni ilmlarini egallashga da’vat etadi. U o’z pedagogik qarashlarida kishilarni adolat, xushmuomalalik va dono so’z bilan zulmkorlarga ta’sir etishga da’vat etadi.A.Jomiy ―Muallim bilimli, aqlli, adolatli, o’zida butun yuksak fazilatlarni mujassamlashtirgan bo’lishi kerak. O’zini nomunosib tutgan odam hech vaqt bolalarga bilim va odob bera olmaydi‖, deb ta’kidlagan.


G’arb mutafakkirlaridan Yan Amos Komenskiy(1592-1670)o’z davrining ilg’or g’oyalariga tayangan holda ―Hammani hamma narsaga o’rgatish‖ to’g’risida da’vat bilan chiqdi. Uning ―Buyuk didaktika‖ degan katta risolasi nazariy pedagogikaning ilk asarlaridan hisoblanadi. Ya.A.Komenskiy bolalarda kamtarlik, mo’min-qobillik, shafqatlilik, pokizalik, xushmuomalalik, mehnatsevarlik xislatlarini tarbiyalashni axloqiy tarbiyaning asosi deb biladi. Ya.A.Komenskiy intizomning ahamiyati juda kattaligini ko’rsatdi. Buning isboti uchun u chexlarning ―Intizomsiz maktab bamisoli suvsiz tegirmondir‖, deb maqomini keltiradi. Uning eng katta xizmati shundaki, u o’rta asrdagi kaltak vositasi bilan o’rnatiladigan intizomga qarshi chiqdi, bolalarga insoniy muomala qilishni talab qildi.
―Yaxshi yo’lga qo’yilgan maktab qonunlari‖nomli asarida ta’lim oluvchilar xatti-harakatlariga taalluqli qimmatli qoidalar bayon etilgan.Komenskiyning pedagogika sohasidagi merosi ta’lim-tarbiyada ahamiyati juda kattadir. Uning ko’p tillarga tarjima qilingan darsliklari ko’pgina mamlakatlarda, shuningdek, XVII-XVIII asrlarda Rossiyada ham keng tarqaldi va 150 yildan ko’proq davr davomida eng yaxshi darslik sifatida xizmat qilib keldi. Uning asrlari, qimmatli fikrlari hozir ham o’z qimmatini yo’qotgani yo’q.


Komenskiy barcha asarlarida, jumladan ―Buyuk didaktika‖ asarida tarbiya tabiat bilan uyg’un bo’lishi kerak, degan fikrni ilgari suradi. U tarbiyaning tabiatga uyg’un bo’lish tamoyilini birinchi bo’lib yaratdi. Bu tamoyil XVIII- XIX asr pedagoglari tomonidan ham qayta-qayta takrorlandi.Komenskiy inson tabiatning bir qismidir, shuning uchun ham u tabiatga bo’ysunadi, deb hisobladi. U ―Buyuk didaktika‖ asarida bayon qilgan fikrlarning barchasi pedagogik tajribalari, orttirgan bilimlari bilan qimmatlidir. Bu asar din bilan sug’orilgan bo’lsa-da, unda tarbiyaning umumiy qonuniyatlarini isbotlab berishdagi fikrlari va ko’rsatmalari diqqatga sazovordir.U o’z asarlarida bolaga tarbiya berishda inson tabiatiga (tug’ma belgilariga) e’tibor berishligini ko’rsatadi.


Komenskiy hamma maktablar uchun umumiy bo’lgan bir tizim bo’lishi, bolalarning qaysi toifaga mansubligidan, ota-onalarining kimligidan qat’iy nazar ona tilidagi maktablar hamma bolalar uchun umumiy va majburiydir, deb ta’kidlaydi.Komenskiy boshlang’ich umumiy ta’lim g’oyasini ilgari surdi.
Komenskiy fikricha, tarbiyaning uch bosqichi va uch vazifasi mavjud:
1. O’zini va tevarak atrofidagi olamni bilish (aqliy tarbiya).
2. O’z-o’zini boshqarish (axloqiy tarbiya).
3. Xudoni tanishga intilish (diniy tarbiya).
Komenskiy tarbiyaga yuksak baho berdi. Inson tarbiya tufayligina insonga aylanadi, u har qanday bolani ham odam qilishi mumkin, deydi.Komenskiy birinchi bo’lib ko’rsatmalilik tamoyilini asoslab berdi. U mumkin bo’lgan narsalarning o’zini, mumkin bo’lmaganlarda esa rasmlardan foydalanish kerak, deb ko’rsatadi. O’sha davrgacha to’plangan ko’rsatmalik tamoyili asosidagi bilimlarni umumlashtirdi, guruhlashtirdi va kengaytirdi, amalda keng qo’lladi.
Komenskiy o’qitilayotgan materialni ta’lim oluvchilarning mustahkam, asosli ravishda o’zlashtirishlariga katta e’tibor berdi. SHuningdek, ovoz chiqarib takrorlashning ahamiyati kattaligini, ta’lim oluvchilarning


qobiliyatini o’stirishi, nutqining rivojlanishi va rovon bo’lishi, ta’lim oluvchilarning bilish qobiliyatini imkon boricha kuchliroq o’stirishga harakat qildi.


Komenskiy maktabda o’quv yili va uni o’quv choraklariga bo’lish to’g’risidagi tushunchani, ta’tilni kiritdi, o’quv kunini qanday tashkil etish belgilab berdi, o’quv mashg’ulotlarining sinf-dars tizimini nazariy jihatdan ishlab chiqdi va buni amalda qo’lladi.
SHveytsariyalik pedagog Iogann Genrix Pestalotstsi (1746-1827) pedagogning kasbiy sifatlariga baho berish bilan birga, asosan, uning bolalarni sevishi, yuksak axloqi, bilimdonligi, iqtidori, qobiliyati kabilarga to’xtalib o’tadi.
Atoqli nemis pedagogi Fridrix Vilьgelьm Adolьf Disterveg (1790-1866) pedagogning ta’limdagi roliga baho berib, u o’z faoliyatini chuqur bilib, pedagogik mahoratini oshirib borishi ta’lim oluvchilarni qalbdan yoqtirishi natijasida yuzaga keladi deb uqtiradi. Pedagogta’lim oluvchining individual xususiyatlarini, qobiliyatini, faoliyatini mukammal bilishi uchun muayyan darajada psixologik bilimlarga ham ega bo’lishi kerakligini ta’kidlab o’tgan.
Taniqli rus pedagogi Konstantin Dmitrievich Ushinskiy (18241870) pedagogni kasbiy faoliyatiga yuksak baho berib, uning mashaqqatli mehnatini ta’riflab shunday deydi: ―Hali yetilmagan va fikri xayoli tarqoq bo’lgan o’ttiz yoki qirqta ta’lim oluvchining ongini butun dars davomida mashg’ul qilib turish uchun pedagog o’z so’zlari va bergan masalalari to’g’risida ko’p bosh qotirishi, serdiqqat bo’lishi kerak. Mana shu sababdan bilimi bo’lgan har bir kishi pedagog bo’lishga layoqatli bo’lavermaydi. Jamiyat tomonidan hamma vaqt ham yetarlicha ta’rif qilinmaydigan bu vazifani insof bilan ado qilmoq uchun zarur matonat va mahorat talab qilinadi‖.
Buyuk rus adibi Lev Nikolaevich Tolstoy (1828-1910) pedagog faoliyati va fazilatini quyidagicha ta’kidlaydi: ―...agar o’qituvchi faqat ishiga havas qo’ygan bo’lsa, u yaxshi o’qituvchi bo’ladi. Agar o’qituvchi bolaga faqat otasi va onasi kabi havas qo’ygan bo’lsa, u oldingi o’qituvchidan yaxshiroq bo’ladi. Bordi-


yu, ikkala xislatni ham mujassamlashtirsa, u holda u mukammal va mahoratli o’qituvchi bo’ladi‖.




Download 440 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling