1-mavzu: 2soat


Download 440 Kb.
bet4/13
Sana04.02.2023
Hajmi440 Kb.
#1160159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
kreativ fikrlash 1-mavzu (1)

Abu Ali Ibn Sino(980-1037)ham bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. Ibn Sino bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy – ro’zg’or tutish masalalari xususida ham so’z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila, ota–onaning asosiy maqsadi va vazifasidir. O’z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo’lgan ota– ona tarbiyachi bo’lishi mumkin.
Ahloqiy tarbiyada eng muhim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g’ururiga tegmagan holda, yakkama – yakka suhbatda bo’lish, unga nasihat qilishdir.Ibn Sino bolada ahloqiy xususiyatlarni mehnat, jismoniy, aqliy tarbiya bilan o’zviy birlikda shakllantirishni, uni inson qilib kamol toptirishda asosiy omil, deb biladi.
Abu Ali ibn Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan bilimlarga yetishishga da’vat etgan. U bolalarni maktabda o’qitish zarurligini qayd etar ekan, ta’lim-tarbiyada quyidagi tamoyillarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi:


- bolalarga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib


qo’ymaslik;
- ta’limda yengildan og’irga borish orqali bilim berish;
- olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo’lishi;
- jamoa bo’lib maktabda o’qitishga e’tibor berish;
- bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini
hisobga olish;
- o’qitishni jismoniy mashqlar bilan qo’shib olib borish.
Ibn Snno o’zining Tadbiri manzil‖ asarining ―Bolani maktabda o’qitish va tarbiyalash‖ bo’limida to’xtalib, ta’lim va tarbiya jarayonini ochib beradi. Bolalarga bilim berish pedagogning asosiy burchidir. SHunga ko’ra, Ibn Sino pedagog qanday bo’lishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, shunday yo’l- yo’riqlar beradi:
- bolalar bilan muomalada bosiq va jiddiy bo’lish;
- berilayotgan bilimni bolalar qanday o’zlashtirib olayotganiga
e’tibor berish;
- ta’limda turli usullardan foydalanish;
- fanga qiziqtira olish;
- berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olish;
- bilimlarni bolalarning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda
berish;
- har bir so’zning bolalar hissiyotini uyg’otish darajasida bo’lishiga
erishish zarur.
Ibn Sino insonning shakllanishida uning atrofini o’rab olgan ijtimoiy
muhit alohida rol o’ynashini, ana shu muhit insonning atrof dunyoni bilishinigina emas, balki uning hulqida yaxshi yoki yomon jihatlarning tarkib topishiga ham ta’sir etishini, shuning uchun ham bolalarni tarbiyalashda ehtiyotkor bo’lish, uni yomon ijtimoiy muhitdan uzoqroq saqlash zarurligini uqtiradi.


Ibn Sino inson kamolotida aqliy, axloqiy tarbiya bilai bir qatorda


jismoniy tarbiyaning muhim ahamiyatini ham nazariy, ham amaliy jihatdan
isbotlaydi. Bolaga hali u tug’ilmasdan turib g’amxo’rlik qilish, go’daklik
davridan boshlab tarbiyani boshlash zarurligini ta’kidlaydi.
Ibn Sinoning ta’lim-tarbiyaviy qarashlarida insonning aqliy, axloqiy,
estetik, jismoniy rivojlanishi uning kamolga yetishida asosiy mezon
sifatida talqin qilinadi.

Download 440 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling