1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning mazmuni va ahamiyati
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таҳлил ва аудит 1 маъруза 1 3 мавзулар 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3. Yalpi mahsuloti hajmining omilli tahlili
SQ
j CH j — EQ,CH0 = (27423 • 0,320) - (27423 • 0,369) = = 8775 - 10119 = -1347 tonna. Agar hisobot yilida paxta tolasi chiqimi koeffitsiyenti kamay- masdan bazis yili darajasida saqlanib qolganda, hisobot yilida qayta ishlangan paxta xomashyosidan olingan paxta tolasi 8775 torrna o'miga 10119 tormani tashkil qilgan bo‘lar edi. Demak, paxta tolasi miqdorini ko‘paytirishning asosiy rezervi, paxta chiqimi koeffitsiyentini oshirish hisoblanadi, ammo zavod hisobot yilida ushbu imkoniyatdan foydalangan emas. 3.3. Yalpi mahsuloti hajmining omilli tahlili Mahsulot ishlab chiqarish va sotish o‘zaro bog‘langan iqtisodiy ko‘rsatkichlardir. Ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotining hajmi sanoat korxo- nasining faoliyatini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Sanoat mahsuloti hajmining o'zgarishi qo‘llangan iqtisodiy ko‘rsatkichlaming o‘zgarishiga sababchi boiadi, jumladan, mah- sulotni sotish hajmi, mahsulot tannarxi darajasi, foyda summasi, 25 rentabellik darajasi, korxonaning to‘lov qobiliyati moliyaviy barqa- rorligi va boshqa sanoat mahsulotini ishlab chiqarish darajasiga bog'liq bo‘ladi. Ishlab chiqarish hajmi yalpi va sof mahsulotlar orqali ta’riflanadi, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi tovar va tayyor mahsulot ЬИап, sotilgan mahsulotlar hajmi esa jo‘natilgan tovar mahsulotlari hajmi bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari natura, shartli natura va qiymat ko‘rsatkichlari orqali ifodalanadi. Ishlab chiqarishning umumiy hajmi yalpi mahsulot orqali ifodalanadi. Yalpi mahsulot hajmi resurslar va ulardan foyda- lanish darajasiga bog‘liq bo'ladi, ushbu bog‘liqlikni omillaming ta’sirini tahlil qilgan paytda ko‘rib chiqamiz. Mahsulotning umu miy hajmi sof ulgurji narxlarda baholanadi, ya’ni qo‘shiIgan qiy mat solig‘i, aksiz va maxsus soliqlar chegirilib tashlangandan keyin- gi ulgurji narxlar bo‘yicha baholanadi va maxsus hisobotda aks ettiriladi. Yalpi mahsulotning tahlili ham taqqoslashdan boshlanadi. Hisobot yilidagi yalpi mahsulotning haqiqiy hajmi uning rejadagi hajmiga yoki bazis yilidagi hajmiga soMshtirish orqali uning o‘zga- rishi (ko‘paygan yoki kamayganligi) aniqlanadi: Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling