1-mavzu: Kimyoning asosiy qonunlari. Asosiy tushunchalar. Reja: Kimyo fanining qisqa tarixi. Fanning mаqsаd va vazifalari


Moddalar massasining saqlanish qonuni


Download 458.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana17.12.2022
Hajmi458.15 Kb.
#1026589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-mavzu

1.2. Moddalar massasining saqlanish qonuni. M.V.Lomonosov reaksiya 
uchun olingan modda va reaksiya natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlarning 
og‘irligini o‘lchash yo‘li bilan kimyoviy reaksiyalarning borishini o‘rgandi. 
Natijada u birinchi marta 1748 yilda moddalar massasining saqlanish qonunini 
ta‘rifladi. 1756 yilda metallarni og‘zi kavsharlab berkitilgan idish (retorta)da 
qizdirish yo‘li bilan bu qonunni to‘g‘riligini tajribada isbotladi. 
Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning massasi, reaksiya natijasida hosil 
bo’ladigan moddalarning massasiga teng bo’ladi. 
1789 yilda Lomonosov ishidan bexabar holatda, fransuz kimyogari 
A.L.Lavuaze ham moddalar massalari saqlanish qonunini e‘lon qildi: 
Kimyoviy reaksiya paytida faqatgina reaksiyada ishtirok etayotgan 
moddalar massalarigina o’zgarmay qolmasdan, ular tarkibiga kiruvchi 
elementlar massalari ham o’zgarmasdan qoladi. 
1905 yilda Albert Eynshteyn (nemis olimi) jism massasi (m) bilan uning 
energiyasi (E) orasidagi bog‘lanishni ko‘rsatib, moddalar massasining saqlanish 
qonuniga faqat oddiy kimyoviy jarayonlar bo‘ysunishini, yadroviy reaksiyalar esa 


bunday qonuniyatdan chetlanishini ko‘rsatdi. Ya‘ni, katta miqdorda energiya 
ajralib chiqishi bilan sodir bo`ladigan jarayonlar moddalar massasining saqlanish 
qonuniga emas, balki materiyaning saqlanish qonuniga bo`ysinadi.

E=

m•c
2
bundan, 

m=E/c

kelib chiqadi. Bu yerda: 

E-energiya o‘zgarishi; 

m-massa 
o‘zgarishi; c-yorug‘lik tezligi (vakumda 300 000 km

sek ga teng).
Energiya o‘zgarishi kichik qiymatli bo‘lganda massa o`zgarishi 0 ga 
yaqinlashadi, ya‘ni o‘zgarmaydi. Yadro reaksiyalarida esa energiya o‘zgarishi juda 
yuqori qiymatli bo‘lganligi uchun massa o‘zgarishi sezilarli bo‘lishini ko‘rish 
mumkin. Eynshteynning bu tenglamasi makrojismlar uchun ham, mikrozarrachalar 
(masalan, elektronlar, protonlar) uchun ham taalluqlidir. 

Download 458.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling