1-mavzu: Kimyoning asosiy qonunlari. Asosiy tushunchalar. Reja: Kimyo fanining qisqa tarixi. Fanning mаqsаd va vazifalari
moddalar, moddalarning xossalari va ularda bo'ladigan o’zgarishlar haqidagi
Download 458.15 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekistonda kimyo fani va sanoatining rivojlanishi.
moddalar, moddalarning xossalari va ularda bo'ladigan o’zgarishlar haqidagi
fandir. Insonlar bundan bir necha ming yil avvaldanoq rudalardan metallar ajratib olishda, metallarni qotishmalarini tayyorlash, shisha pishirish va shunga o'xshashlarda kimyoviy hodisalardan keng foydalanib kelganlar. Kimyo xalq xo‘jaligining barcha sohalarida keng qo‘llanilmoqda. Kimyo oldida turgan vazifalar, ayni paytda ilmiy-texnika taraqqiyoti va jamiyatimizning tinimsiz o`sib borayotgan ehtiyojini to`liq qondirish, moddalar to`g`risida to`plangan bilimlarni hamda yutuqlarni insonlarning turmush faoliyatlarini yaxshilashga tadbiq qilish bilan uzviy bog`liq. Bularga eng avvalo; -kundalik amaliy faoliyatimizda keng foydalaniladigan moddalar va materiallarni nabiiy xomashyolardan olish uchun chiqindisiz va ekologik zararsiz texnologiya yaratish (metallar, qotishmalar, yoqilg`ilar, o`g`itlar va boshqalar) joriy qilish; -xossalari oldindan ma`lum bo`lgan sun`iy moddalarni yaratish (plastmassalar, dorivor preparatlar); -kimyoviy jarayonlar energiyalaridan foydalanish (minatyur va uzoq muddatli tok manbalarini yaratish). Umuman olganda kimyoning eng asosiy vazifasi, insoniyat uchun kerakli materilalarni tabiiy xomashyolardan olish uchun zarur – metallar, keramika, bog`lovchi moddalar, chinni, shisha, o`g`itlar, farmatsevtik materiallar, kauchuk, plastmassa, sun`iy tola, yoqilg`ilar, kompozitsion materiallar, oziq-ovqat mahsulotlari va ko`pgina boshqa materiallar olishga qaratilgandir. O’zbekistonda kimyo fani va sanoatining rivojlanishi. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston milliy universiteti)ning kimyo fakultetini tashkil etilishi bilan bog‘liq. Hozirgi kunda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi kimyoga doir ilmiy-tekshirish institutlarida va Respublikamizdagi ko‘p sondagi oliy o‘quv yurtlarining kimyo va kimyoviy texnologiya kafedralarida olimlar, mutaxassislar kimyo fani va sanoatining eng muhim muammolarini tadqiq qilish bilan shug‘ullanmoqdalar. Respublikamizning kimyo fani va sanoati rivojiga hissa qo‘shgan va qo‘shayotgan akademiklar O.S.Sodiqov, S.Yu.Yunusov, K.S.Ahmedov, M.N.Nabiev, X.U.Usmonov, M.Asqarov, Z.Salimov va boshqa yirik kimyogar olimlarning ilmiy ishlari xorij davlatlarida ham mashhurdir. O`zbekiston Respublikasi kimyo fani va kimyo sanoatining rivojlanishi uchun hamma sharoitlarga ega. Yirik xomashyo zahiralari mavjud; bularga tabiiy gaz, gaz kondensati, fosforit, sil`vinit, osh tuzi, marmar, ohaktosh, neft va boshqalar kiradi. Bunday xom ashyolar bo‘lganligi uchun mamlakatimiz yirik kimyo sanoatlariga ega. Kimyo korxonalari kompaniyalarida 40 mingdan ortiq yuqori malakali ishchilar ishlaydi. Bugungi kunda izlab topilgan neft` konlarining soni 160 dan oshib ketdi. Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-g`arbiy Xisor, Surxondaryo, Farg`ona kabi mintaqalarda neft va gazning yirik zahiralari mavjudligi aniqlandi. O`zbekiston – kimyoviy ma`danlarga, gaz, neft, oltin, mis, rux kabi metallarga boy bo`lgan diyordir. Xom ashyoning ko‘pligi yetakchi kimyo sanoati korxonalarini–Olmaliq ―Ammofos‖ ishlab chiqarish birlashmasi, Chirchiq elektrokimyo ishlab chiqarish birlashmasi, Navoiy ―Azot‖ ishlab chiqarish birlashmasi, Farg‘ona sun‘iy tola zavodi, Namangan kimyo zavodi, Toshkent lok-bo`yoq materiallari va plastmassalarni ishlab chiqaradigan va qator boshqa kimyo korxonalarini vujudga keltirish imkonini yaratdi. Hozirda kimyo sanoati rivojlangan hududlar — Olmaliq, Chirchiq, Farg‘ona, Qo‘qon, Navoiy kabi yirik kimyo sanoati markazlari ishlab turibdi. Bundan tashqari, Respublikamizning oily o`quv yurtlarida muhandis- texnik xodimlar, kimyogarlar va ishchi kadrlar tayyorlash bo`yich tinimsiz ishlar olib borilmoqda. Har yili yirik kimyo korxonalariga, oquv muassasalariga minglab yoqori malakali kadrlar tayyorlab bermoqda. Xozirgi vaqtda kimyo va kimyoviy ishlab chiqarish xalq xo‘jaligida g‘oyat muxim axamiyat kasb etmoqda. U tabiatda bo‘lmaydigan maxsulotlarni sintez qilishga, ulardan turli-tuman mashina va asboblar yaratish uchun, turar joy binolari qurish va xalq iste‗moli mollari ishlab chiqarish uchun foydalanishga imkon bermoqda. Tabiatdan faqat xom ashyo, ruda, toshko‘mir, neft, gaz va boshqalargina olinmoqda. Tabiiy xom ashyoni kimyoviy yo‘l bilan qayta ishlab xalq xo‘jaligi uchun zarur mineral o`g`itlar, pestitsidlar, metallar, metallarning qotishmalari, plastmassalar, bo`yoqlar, dorivor moddalar va boshqalar tayyorlanadi. Kimyo sanoati sintetik kauchuk, sintetik tola, sun‗iy yoqilg‘i, dori- darmonlar va boshqa juda ko‘p moddalarni ishlab chiqaradi. Ko‘plab miqdorlarda asosiy kimyo sanoatining maxsulotlari - kislotalar, ishqorlar, tuzlar ishlab chiqariladi. Kimyoning imkoniyatlari bitmas-tuganmasdir. Faqat neftning o‘zidan 20 mingdan ortiq, toshko‘mirdan esa bundan ham ortiq organik moddalar olish mumkin. Kimyo fani tabiiy maxsulotlarni tejab ishlatish, uzluksiz ishlab chiqarishni ta`minlash, ishlab chiqarishning qo‘shimcha maxsulotlari va chiqindilaridan foydalanish masalalari bilan ham shug‘ullanishi lozim. Download 458.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling